Innovatsiyalar boshqarmasi


Ma’lumotlar resurslarini boshqarish



Yüklə 303,1 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü303,1 Kb.
#160177
1   2   3   4   5   6
Majmua malumotlar

Ma’lumotlar resurslarini boshqarish


Har qanday samarali axborot tizimi uning qanday sohaga yoki yo‘nalishga bag‘ishlanganidan qat‘iy nazar, foydalanuvchilarni aniq, o‘z vaqtida olinadigan hamda bajarilayotgan ishlarga mos ma‘lumotlar to‘plami bilan ta‘minlab berishi lozim. Bunday ma‘lumotlar komp‘yuterda mavjud bo‘lgan xilma-xil turdagi fayllar va qurilmalarda yig‘iladi. Komp‘yuterning amaliy dasturiy tizimi ma‘lumotlarini bitlar, baytlar, maydonlar, yozuvlar, fayllar, fayllar va ma‘lumotlar bazalari ko‘rinishida tashkil qiladi hamda saqlaydi. Keyinchalik foydalanishda tushunarli bo‘lishi uchun bu tushunchalarga qisqacha izoh berib o‘tamiz:
Maydon – simvollarning so‘zlar, so‘z guruhlari, sonlar ko‘rinishida ifodalanishi bo‘lib, ma‘lumot bazalarida ular jadval ustunlariga mos keladi;
YOzuv – bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan maydonlar to‘plami bo‘lib, ular jadvallar sifatida ifodalangan ma‘lumot bazasi jadvalining qatorlariga mos keladi;
Fayl – bir xil turga mansub yozuvlar guruhi bo‘lib, ular ma‘lum bir nom berilgan ma‘lumotlar to‘plamiga mos keladi;
Attribut – ma‘lumotlar bazasining ma‘lum bir ob‘ektini aniqlab beradigan ma‘lumot bo‘lagi.
Kalit maydonlari – yozuvdagi biror bir ma‘lumotni o‘ziga xos tarzda aniqlab beradigan bir ma‘lumot yozuvlari yangilanishi, tarqatilishi yoki uzatilishi mumkin.
Kalit maydon ikkita jadvalning o‘zaro bog‘lanishini aniqlab beradigan va bu ikkala jadval uchun umumiy bo‘lgan maydondir.
Quyida ma‘lumot bo‘laklarining ierarxiyasini sxematik ravishda ko‘rish mumkin:
Quyidagi yozuvda TALABNOMA deb nomlangan ob‘ekt va uning attributlari keltirilgan. TALABNOMA ni tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar uning raqami, sanasi, mahsulot nomeri, mahsulotning soni va uning miqdoridir. Talabnoma raqami kalit maydoni bo‘lib xizmat qiladi, chunki har bir talabnoma o‘z unikal identifikatsion (aniqlanish) raqamiga ega. Demak, ob‘ektning talabnoma raqami (ya‘ni kalit maydoni) orqali u ma‘lumot bazasining boshqa ob‘ektlari bilan bog‘lanishi, ularga ma‘lumotlar uzatishi mumkin va o‘zaro turli xil ma‘lumotlar almashinish imkoniyatiga ega. Ma‘lumot bazasini tuzish va u bilan ishlay boshlashdan avval albatta kalit maydonlarini aniqlab olish zarur, chunki bu ish ob‘ektlarning o‘zaro aloqasini ta‘minlab beradi.

Ierarxiya (Misol sifatida)










Fanlar fayli







Moliyaviy fayl







Talabalar fayl







Ma‘lumot bazasi
Nomi Fani Sana Bahosi




Fayl







Aliyev Obid Tarix 2003 В+
Karimov Said Hisob 2003 А
Omonov Anvar Moliya 2003 С







Yozuv







Omonov Anvar Moliya 2003 В+ Омонов Анвар (номи)



Maydon
01001010 (ASCII dagi kod)

Bayt

0

Bit




Rasm.1 Ma‘lumot bo‘laklari ierarxiya sxemasi.
Talabnoma

2-rasm. Talabnoma sxemasi
Fayllarni ketma-ket usulda tashkil qilish deb ma‘lumotlar saqlanishini shunday usulda tashkil qilishga aytiladiki, bunda ular qanday ko‘rinishda yozilgan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda o‘qiladi.
Fayllarni bevosita yoki tasodifiy tartibda tashkil etishda ma‘lumotlar faylda shunday tartibda joylashtiriladiki, bunda ular ma‘lumotlarning fizik jihatdan qanday joylashtirilganligiga qaramay, istalgan ketma-ketlikda o‘qilishi mumkin. Bevosita usulda yozuvlarni o‘qish uchun ularning kalit maydonlari matematik usulda yozuvlarning xotira qurilmasidagi fizik adreslariga aylantiriladi.

3 - rasm. YOzuv adresi.
Ushbu aylantirish algoritm yozuvlarning kalit maydoni kattaligini to‘g‘ridanto‘g‘ri ularning xotira qurilmasidagi fizik adreslariga o‘tkazib beradi. Buning qanday amalga oshirilishi yuqorida sxematik ravishda ko‘rsatilgan.
YOzuvlarni indeksli usulda o‘qish usulida ularni indeks maydonini qo‘llagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qish mumkin bo‘ladi. Bunda masalan 230 ga teng kalit maydonli yozuvni topish uchun ushbu yozuv saqlanayotgan tsilindr topilishi kerak bo‘ladi (quyidagi rasmga qarang). Eng avvalo uning qaysi tsilindrda saqlanayotganligini bilish uchun maxsus tsilindrlar indeksi deb nomlangan faylga murojaat qilamiz. Undagi ma‘lumotlardan qidirilayotgan yozuvimiz 2 – tsilindrda ekanligi ma‘lum bo‘ladi, chunki birinchi tsilindrdagi eng katta kalit maydonining kattaligi 200 va 2-tsilindrdagi eng katta kalit maydoni kattaligi esa 392 ga teng. Keyingi qadamimiz ikkinchi tsilindrdagi ma‘lumotlar orqali amalga oshadi, ya‘ni eng katta kalit maydoni 230 kattalikka ega bo‘lgan kalit maydoni yozuvning 2-qatorda saqlanayotganligini ko‘rsatadi, negaki undagi eng katta kalit kattaligi 238 ga teng, undan oldingisida esa 208 ga teng. Demak, tsilindr topilganidan so‘ng, undagi tegishli qator (yoki yo‘lak)ni tegishli algoritmlar asosida topish uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi (quyidagi rasmga qarang, unda qidirilayotgan yozuvning 2-qator (yoki dorojka) da ekanligini ko‘rishimiz mumkin). Bu usulda ma‘lumotlarni axtarish jarayoni tsilindr indeksi va qator nomerlari (dorojkalar) indekslari orqali amalga oshirilgani uchun ham uni yozuvlarni indeksli usulda o‘qish usuli deb nomlanadi. Agarda quyidagi rasmni diqqat bilan ko‘rib chiqsangiz, ma‘lumotlar qanday o‘qilishi ancha tushunarli bo‘ladi.


Yüklə 303,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə