Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


 Yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonini moliyalashtirish



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

3.2. Yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonini moliyalashtirish
Yashil iqtisodiyotga bagʻishlangan ilk ilmiy tadqiqotlar XX asrning 
70-yillarida boshlangan. 1972-yilda Stokgolmda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish va ekologiya muammolariga bagʻishlangan xalqaro 
konferensiyada atrof-muhitni saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan 26 
ta tamoyil ishlab chiqildi. Iqtisodiy adabiyotlarda “yashil iqtisodiyot” 
tushunchasi ilk marotaba 1989-yilda qoʻllanilganiga qaramay uning 
mohiyati hozirga qadar turlicha talqin etiladi. Ayrim manbalarda yashil 


53 
iqtisodiyot 
mamlakat 
tabiatini 
yaxshilashga 
koʻmaklashuvchi 
iqtisodiyotning yangi tarmoqlari sifatida tadqiq qilinsa, baʼzi tadqiqotlarda 
yashil iqtisodiyot tabiatga yordam beruvchi va foyda keltiruvchi yangi 
texnologiyalar, ekotizimlar sifatida oʻrganiladi deb taʼkidlasalar, boshqalar 
esa yashil iqtisodiyot bu ekologik toza mahsulotlar yaratishga yoʻnaltirilgan 
rivojlanishning yangi bosqichi boʻlib, uning asosini sof yoki yashil 
texnologiyalar tashkil etadi deyiladi. Yashil iqtisodiyot tushunchasining 
keng tarqalgan, nisbatan toʻliq taʼrifi UNEP tomonidan ishlab chiqilgan 
boʻlib, yashil iqtisodiyot - bu insonlar farovonligi va ijtimoiy tengligining 
yaxshilanishi, ekologik risklar va ekologik taqchillikni sezilarli darajada 
kamaytirishga olib keluvchi iqtisodiyotdir.
Yashil iqtisodiyotga oʻtishning dolzarbligi quyidagi omillar bilan 
belgilanadi:
- atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar tugashining salbiy 
oqibatlarini 
kamaytirish 
maqsadida 
iqtisodiyotga 
innovatsion 
texnologiyalarni qoʻllash zarurligi;
- uglevodorod xomashyosi va uning pirovard mahsulot qiymatidagi 
ulushiga bogʻliqligini qisqartirish asosida iqtisodiyot raqobatbardoshligini 
oshirish;
- yuqori texnologiyali tarmoqlarni yangilash imkonini beruvchi yashil 
innovatsiyalarni qoʻllash;
- past uglerodli iqtisodiyotga oʻtish jarayonida uglevodorodga 
bogʻliqlikni qisqartirish;
- barqaror rivojlanishga erishish uchun bozor mexanizmidan 
foydalanish.
Yashil iqtisodiyotga oʻtishdagi muhim masalalardan biri ushbu 
jarayonni moliyalashtirish hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda yashil yoki 
ekologik moliya atamasining umum qabul qilingan taʼrifi mavjud emas. 
Yashil moliyalar - ekologik toza, energiya samaradorligi yuqori va past 
uglerodli loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar va 
boshqa moliyaviy dastaklar yigʻindisi tushuniladi. Aksariyat holatlarda 
ekologik investitsiyalar va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq investitsiya 
tushunchalari yashil moliya tushunchasini sinonimi sifatida foydalaniladi.
Yashil moliya atamasini ilk bor taniqli iqtisodchi olim R.Sandor 
tomonidan 1992-yilda Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida ishlab 
chiqilgan maxsus oʻquv dasturida qoʻllanilgan. 2002-yilda Stenford 
universiteti professori Gletchen Deyl tomonidan nashr etilgan “Yangi tabiat 
iqtisodiyoti” nomli kitobida tabiiy resurslar muhofazasini moliyalashtirish 
masalalari koʻrib chiqilgan.


54 
Yashil moliyalashtirish barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga 
yoʻnaltirilgan moliyaviy qoʻyilmalar, loyihalar va investitsiyalarni 
ifodalovchi keng tushuncha boʻlib, ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish 
orqali barqaror iqtisodiy rivojlanish darajasini yanada oshirishni nazarda 
tutadi. Shuningdek, yashil moliyalashtirish atrof-muhitga sanoat 
chiqindilarini chiqarish hajmini qisqartirish, suv resurslari ifloslanishini 
oldini olish va bioxilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan loyihalarni 
moliyalashtirish bilan birgalikda iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish va 
unga moslashish jarayonlariga sarflanayotgan investitsiyalarni oʻz ichiga 
oladi
11
. Shuningdek, baʼzi adabiyotlarda yashil moliyalashtirish quyidagi 
guruhlarga ajratib talqin qilingan:
1) atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq texnologik jarayonlar, 
loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish;
2) moliyaviy mahsulotlar (dastaklar) va xizmatlar (kreditlar, 
obligatsiyalar, aksiyalar va boshqalar);
Demak yashil moliyalashtirish atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi 
barcha omillarni hisobga oluvchi va ekologik barqarorlikni taʼminlashni 
nazarda tutuvchi investitsiyalash va kreditlashni barcha shakllarini qamrab 
oladi. Yashil moliyalashtirish manbalari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- davlat byudjeti mablagʻlari;
- xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari;
- xususiy sektor mablagʻlari (ichki va tashqi).
Yashil moliyalashtirishning yoʻnalishlarini quyidagi yirik guruhlarga 
ajratiladi:

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə