Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


Tabiat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirish



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

Tabiat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirish. 
Atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishning asosiy 
manbai Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 
viloyatlar, tumanlar va mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv organlarining 
byudjeti hisoblanadi. Shuningdek, ularga respublika va hududiy ekologik 
fondlar, korxonalarining mablagʻlari kiradi. Mamlakat byudjet tizimida 
tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi sohasi faol rol oʻynay 
boshladilar. Barcha darajadagi byudjetlarning daromad qismiga tabiiy 
resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun tegishli 
soliqlar, toʻlovlar va ajratmalar oʻtkaziladi. Daromad qismida toʻplangan 
mablagʻlar respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiq tabiat 
muhofazasi faoliyatini maqsadli moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi kerak.
Ekologik jamgʻarmalar (tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari) 
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining turli-tuman mablagʻlar (pul bilan)
taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, tabiatrni muhofaza 
qilish va iqlim o’garishi vazirligi va uning joylardagi idoralari huzurida 
tashkil etilgan. Shunga muvofiq ekologik fondning ekologik fondlarning 
respublika jamgʻarmasi va mahalliy jamgʻarmalari, atrof-muhit sugʻurta
jamgʻarmalari korxonalarning ekologik jamgʻarmalaridan tarkib topgan.


56 
Tabiatni muhofaza qilish milliy jamgʻarmasi hisobiga tushadigan 
daromad mahalliy jamgʻarmalar daromadlarining 25 foizi, korxonalarda 
ishtirok etishdan tushgan daromad, koʻngilli hissalar va noshirlik faoliyati 
daromadidan iborat. Soʻngi yillarda sohadagi islohotlar natijasida, atrof-
muhit inspektorlarining harakati natijasida solingan va undirilgan atrof-
muhitga zarar yetkazganlik uchun jarima va daʼvo mablagʻlaridan 50 foizni 
oladi. Amalda mahalliy jamgʻarmalardan oʻtkazmalar Tabiatni muhofaza 
qilish milliy jamgʻarmasining jami mablagʻini tashkil qiladi.
Shuningdek, xalqaro ekologik jamgʻarmalarning ham mavqeyi juda 
yuqoridir. Global ekologik fond (GEF) global iqlim oʻzgarishi, biologik 
xilma-xillikni saqlash, xalqaro suvlarni muhofaza qilish va ozon qatlamini 
himoya 
qilish sohasidagi 
ekologik 
muammolarni 
hal qilishni 
moliyalashtiradigan eng yirik tuzilmadir. Jamgʻarma global ahamiyatga ega 
boʻlgan ekologiyaning tarkibiy qismlari atmosfera, okean va dengizlar, koʻl 
va daryolarning, biologik xilma-xillik va global ifloslanishiga qarshi 
kurashish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun 
yetarli resurslarga ega boʻlmagan mamlakatlarga mablagʻlar ajratadi.
GEF hukumatlararo tuzilma sifatida yaratilgan va faoliyat yuritadi. 
Loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va boshqarish uchun javobgarlik 
uchta xalqaro tashkilotlarga yuklatilgan. Jahon banki, Birlashgan millatlar 
tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Birlashgan millatlar tashkilotining Atrof-
muhit dasturi shular jumlasidandir. Toʻrt sohada qoʻshimcha xarajatlarni 
moliyalashtirishga yordam beradigan resurslar mavjud: iqlim oʻzgarishining 
oldini olish uchun issiqxona gazlarini kamaytirish, biologik xilma-xillikni 
saqlash, xalqaro suvlarni va ozon qatlamini himoya qilish. Ushbu 
mablagʻlar tadqiqot, texnik yordam, loyihalarni tayyorlash va kapital 
qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi. Global ekologik fond (GEF) 
mustaqil moliyaviy tashkilot boʻlib, BMTning Taraqqiyot dasturi, Atrof-
muhit dasturlari hamda jahon banki tomonidan amalga oshiriladi. 
Jamgʻarmaning loyihalarini ekologik jihatdan jozibador qilish uchun 
qoʻshimcha xarajatlarini moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratadi. Tashkilot 
1991-yilda tashkil etilgan boʻlib, atrof muhit holati yaxshilashga qaratilgan 
loyihalarning moliyalashtirishning eng yirik manbai hisoblanadi. 
Shuningdek, atrof-muhit muhofazasi sohasida xususiy sektor bilan 
hamkorlikda 181 mamlakat hukumatlarini birlashtiradi.
Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi (WWF) shtab kvartirasi 
Shvetsariyada joylashgan va beshta qitʼada milliy tashkilotlarga ega boʻlgan 
tabiatni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro tashkilotdir. Butunjahon yovvoyi 
tabiatni asrash fondi ekologik muammolar va Yerdagi hayot uchun muhim 


57 
boʻlgan atrof-muhit muhofazasi muammolarini oʻrganish bilan 
shugʻullanadi. WWF ning maqsadi atrof-muhit uchun xavf-xatarlar 
toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, shuningdek butun dunyo boʻylab yovvoyi 
tabiatni saqlash uchun maksimal darajada maʼnaviy va moliyaviy 
yordamni tashkil etish va bu yordamni ilmiy asoslab berilgan ustuvorliklar 
asosida harakatga aylantirishdir. Rivojlanayotgan yoxud zarur moliyaviy 
resurslar yetarli boʻlmagan mamlakatlarga global muammolarni hal etish 
uchun yordam tariqasida beriladi.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə