Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


 Tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samarasini hisoblash



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

3.4. Tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samarasini hisoblash


59 
Tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samarasini hisoblash ularni 
amalga oshirish xarajatlarini ushbu tadbirlar tufayli erishilgan iqtisodiy 
natijalar bilan taqqoslashga asoslanadi. Bu natija resurslarning buzilishi 
yoki yoʻqotilishi oqibatida sodir boʻlgan iqtisodiy ziyonni bartaraf etish 
yoki ularning oldini olishning oʻlchami (miqdori) bilan ifodalanadi.
Iqtisodiy natijalarning ularga erishish xarajatlaridan oshib ketishi 
tabiat muhofazasi tadbirlari iqtisodiy samaradorligidan dalolat beradi. 
Natijalar va xarajatlar oʻrtasidagi farq iqtisodiy samarani ifodalaydi. 
Umumiy (mutlaq) iqtisodiy samaradorlik S

yillik toʻliq samaraning 
tadbirlarini amalga oshirishning solishtirma xarajatlariga nisbati quyidagi 
formula bilan aniqlanadi:
c
𝑦
=

𝑋+𝐻
𝑐
∗𝐾
(1)
Bunda: C – yil davomida olingan samara;
X – yil davomida joriy xarajatlar;
H
c
 
– kapital qoʻyilmalarni yillik bir xil solishtirma oʻlchovga keltirishning 
normativ samaradorligi;
K – 
samarali belgilovchi kapital qoʻyilmalar.
Agar C samarasi bir necha yilga choʻzilib ketgan uzoq muddatli tadbirlarni 
oʻtkazish natijalari boʻlsa, unda xarajatlarni qoplash muddatidan oshib 
ketgan davr uchun t=1H integral samarasini ΣC hisoblash mumkin.Shunda 
xarajatlar quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
С
у
=
−ΣС
Σ(Х+К)
(2)
Birlamchi samara C
y
, yaʼni muhitga salbiy taʼsirini kamaytirishdan olingan 
samara (masalan, ifloslanishni kamaytirishdan) quyidagi formula boʻyicha 
hisoblanadi:
С
у
=
ΣС
Σ(Х+К)
(3)
Bunda: C
y
- muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishning kamayishi koʻrsatkichi 
(masalan, atmosfera yoki suvdan zararli moddalarning ruxsat etilgan 
konsentratsiyasi).
Ushbu birlamchi samara quyidagi formula bilan ifodalanishi mumkin:
С =
Я
Х+Нс∗К
(4)
Bunda: Я- shu joyda atrof-muhit holatining yaxshilanishini xarakterlovchi 
koʻrsatkich.
Tabiat muhofazasi tadbirlarining iqtisodiy samarasi quyidagicha 
aniqlanishi mumkin: umumiy samara sifatida tabiiy resurslarning iqtisodiy 
baholanishiga muvofiq qiymatida sof mahsulotning oʻsishi boʻyicha; 


60 
xoʻjalik hisobi samarasi sifatida – korxona daromadining oʻsishi yoki 
mahsulot tannarxining pasayishi boʻyicha.
Ziyonning kamayishi ∆Z olinadigan samara va korxona daromadining 
koʻpayishi ∆D quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
S = ∆ Z+∆ D (X+N
s
*K) (5)
Korxona uchun tabiat muhofazasi tadbirlariga qoʻshimcha kapital 
qoʻyilmalarining absalyut samaradorligi (
См
) quyidagilardan iborat boʻladi:
См =
∆Д
К
(6)
Tabiiy resurslarning nobudgarchiligini kamaytirish yoki bartaraf etishdan 
olinadigan xalq xoʻjaligi samarasi ushbu resursni tabiat muhofazasi 
tadbirlarini oʻtkazgunga qadar va oʻtkazgandan keyingi iqtisodiy 
baholashning farqlari sifatida yoki tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 
tabiiy resurslardan olingan sof mahsulotning oʻsishi sifatida hisoblab 
chiqiladi.
Tabiiy resurslarning nobudgarchiligi va ularning sifati pasayishini 
bartaraf qilishdan olinadigan xoʻjalik hisobi samarasi daromadning oʻsishi 
boʻyicha aniqlanadi. Tabiat muhofazasiga 
belgilangan 
kapital 
qoʻyilmalarining qiyosiy samarasi solishtirma xarajatlar asosida aniqlanadi. 
Ijtimoiy samara quyidagi koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi:
— sof mahsulotlar nobudgarchiligini bartaraf etishdan olingan samaraning
(S
sm
) muhitning ifloslanishi taʼsirida kasallanish oqibatidagi holati:
- S
sm
=I
kas
*M
k
(B
2
-B
1
) (7)
Bunda: I
kas
– ishlab chiqarishda kasallik yoki kasallarga qarash tufayli 
ajratilgan ishlovchilar soni;
M
k
– bir ish kuniga toʻgʻri keladigan sof mahsulot;
B
1
va B

– tadbirni amalga oshirishgacha va undan keyin bir ishlovchining 
mehnat hajmi- sermehnatligi, mehnat kuni;
Xomashyo, yoqilgʻi va materiallar sarfining kamayishidan olinadigan 
umumiy samaralar, xususan chiqindilar, oqova suvlar, gaz, chiqindilarning 
kamayishidan olinadigan samaralar sof mahsulotning oʻsishi boʻyicha, 
xoʻjalik samarasi esa daromadning oʻsishi boʻyicha hisoblanadi. Atrof-
muhit holatining yaxshilanishi taʼsirida jihozlardan yaxshi foydalanishdan 
olinadigan samaralar sof mahsulotning oʻsishi boʻyicha, xoʻjalik samarasi 
esa daromadning oʻsishi boʻyicha hisoblanadi.
S
xx 
=(X
1
- X
2
) + J*K
af
* (D
2
-D
1
) (8)
Bunda: D

va D
2
– Tabiat muhofazasi tadbirlarini oʻtkazishga qadar va 
undan keyin jihozlar xizmat qilishining muddati davomiyligi. 
Sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifati oshishi (kamayishi), havo va 
suvni tozalash xarajatlarining kamayishi (koʻpayishi), oʻrmonlarning kesilib 


61 
ketishini bartaraf etish, ularning tiklanishini taʼminlash umumiy va xoʻjalik 
hisobi samaradorligi ham yuqorida koʻrsatilgan usulda hisoblanadi.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə