Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


-rasm. Dunyo mamlakatlarida Parij kelishuvi talablarini bajarish



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

2.2-rasm. Dunyo mamlakatlarida Parij kelishuvi talablarini bajarish 
maqsadida undirilayotgan uglerod soliqlari miqdori
Ikkinchidan, uglerod soliqlari davlat byudjeti daromadlarining muhim 
manbaiga aylanishi mumkin. Ayrim hisob-kitoblarga koʻra bir tonna SO
2
uchun 35 dollar soliq toʻlash mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1-2%ini 
tashkil etadi. 


46 
 
 
2.3-rasm. Dunyo mamlakatlarining oshirilgan uglerod soliqlari 
undirish evaziga SO
2
 miqdorining qisqarishi. 
Uchinchidan, uglerod soliqlari atrof-muhit holatining yaxshilanishiga, 
jumladan, qazib chiqariladigan yoqilgʻini yoqish oqibatida havoning 
ifloslanishi tufayli erta oʻlishning sezilarli darajada pasayishiga olib kelishi 
mumkin. Tonnasidan 35 dollar miqdoridagi uglerod soligʻi 2030-yilga 
qadar yiliga Xitoyda 300 000, Hindistonda esa 170 000 kishining erta 
oʻlishdan saqlab qolishi mumkin. “G-20 guruhi” 207 mamlakatlaridan 
Xitoy, Hindiston va AQSH hissasiga issiqxona gazlarini qisqartirish 
imkoniyatlarining 80%i toʻgʻri keladi. Ushbu mamlakatlar oʻrtasida 
kelishuvlarga erishish bu sohada katta yutuq sanaladi. Hindiston iqtisodiyoti 
tarixiy omillarga koʻra koʻmirga bevosita bogʻliq, Xitoyda esa 2020-yildan 
issiqxona gazlari savdosi boʻyicha milliy tizim amal qilmoqda. Milliy 
darajada ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi 
quyidagi chora-tadbirlarga asoslanadi: “G-20 guruhi” – rivojlangan va 
rivojlanayotgan yirik mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklari 
forumi. Avstraliya, Argentina, AQSH, Braziliya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Janubiy Koreya, JAR, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, 
Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya 
va Yevropa Ittifoqidan iborat
10
.
- tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish va 
moliyalashtirish;
10
Finance & Development, december 2019, Vol. 56, No. 4. 
https://www.imf.org/external/pubs/ft/fandd/2019/12/climate-change-and-the-age-of-adaptation-
georgieva.htm 


47 
- tabiatni muhofaza qilish faoliyatini imtiyozli kreditlash va soliqqa 
tortish; — tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilarni boshqarish, atrof-
muhitni ifloslantiruvchi issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish miqdorini 
cheklash boʻyicha limitlar belgilash;
- tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-muhitni ifloslantiruvchi 
issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish uchun soliqlar va boshqa 
toʻlovlarni undirish;
- atrof-muhitga zarar yetkazuvchi turli chiqindilarni joylashtirganlik 
uchun toʻlovlar undirish;
- atrof-muhitga va aholi sogʻligʻiga yetkazilgan zararni belgilangan 
tartibda qoplash va boshqalar.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə