Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


Ekologik siyosatni amalga oshirish usullari



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

Ekologik siyosatni amalga oshirish usullari
Usullar 
Mazmuni 
Huquqiy 
Jamiyat va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga 
solishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab 
chiqish va takomillashtirish 
Maʼmuriy 
Ekologik 
qonunchilik 
ijrosini 
taʼminlash, 
standartlashtirish, 
atrof-muhit 
monitoringi, 
litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ekologiyaga taʼsirini 
baholash, maqsadli ekologik dasturlar, ekologik audit
Iqtisodiy 
Atrof-muhitni boshqarish, toʻlovlar, jarimalar, soliqqa 
tortish va moliyaviy imtiyozlar 
Siyosiy 
Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan siyosiy va 
boshqa tashkilotlar faoliyati 
Texnik-texnologik 
Atrof-muhitni muhofaza qilishda texnik va texnologik 
vositalar va yechimlardan foydalanish 
Taʼlim va tarbiya 
Aholining 
tabiatga 
munosabatini 
atrof-muhit 
muhofazasiga nisbatan masʼuliyatini shakllantirishga 
koʻmaklashish
Ekologik siyosat muayyan usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Ushbu usullar sohaning huquqiy-institutsional asoslarini shakllantirishdan 
tortib iqtisodiy tartibga solish, atrof muhitni muhofaza qilishda texnologik 
yechimlarni qoʻllash va aholining tabiatga munosabatini yaxshilashni 
targʻib etishgacha boʻlgan usullarni qamrab oladi.
Ekologik siyosatni amalga oshirishda yuqorida qayd etib oʻtilgan 
usullarning optimal mutanosibligiga erishish muhimdir. Baʼzi usullarning 
ustuvorligi atrof-muhit va jamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin.
Ekologik siyosatning subyektlari. Davlat ekologik siyosatini amalga 
oshirishda muhim rol oʻynaydi. Davlat ekologik qonunchilik ijrosini nazorat 
qilish, ekologik faoliyatni amalga oshirish qoidalarini belgilash, ekologik 
siyosat subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalarni 
bajaradi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar atrof-muhitni muhofaza qilishda faol 
ishtirok etishlari zarur. Amaldagi qonunchilik korxonalarga ishlab chiqarish 
jarayonining atrof-muhitga taʼsirini hisobga olish, tahlil qilish va yuzaga 
kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish majburiyatini 
yuklaydi. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ekologik siyosatni amalga oshirishda 


41 
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot 
ishlarini muntazam olib borish zaruriyati mavjud. Ilmiy-tadqiqot 
natijalarining barqaror rivojlanishini taʼminlash va atrof-muhitni muhofaza 
qilishda muhim vosita boʻlib qolmoqda.
Samarali ekologik siyosat 
yuritishda jamoat tashkilotlarining oʻrni katta. Ular ekologik siyosat 
sohasida muhim qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ekologik 
qonunchilikning bajarilishini monitoring qilish, ekologik taʼlim va aholi 
oʻrtasida tashviqot ishlarini olib borishda muhim rol oʻynashadi. XXI asr 
boshlarida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarga qarshi 
kurash masalalari ayrim siyosiy partiyalarning mafkuraviy dasturiga aylanib 
ulgurdi. Dunyoda ekologiya yoʻnalishidagi qariyb yuzga yaqin siyosiy 
Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə