Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


Jadval 2.1  Ekologik muammolarning turlari



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

Jadval 2.1 
Ekologik muammolarning turlari
Namoyon boʻlish darajasi 
Tabiiy muhit xususiyatlarini 
oʻzgartirish darajasi % 
kuchsiz 
10 gacha 
oʻrta 
10-50 
kuchli 
>50 


34 
XX asrning 60-70 yillaridan boshlab insonning atrof-muhitga salbiy taʼsiri 
global ahamiyat kasb eta boshladi. XX asr davomida jahon aholisi soni 4-
martaga, jahon ishlab chiqarish hajmi esa 18-martaga oshdi. Global 
miqyosdagi ekologik muammoga aylanib ulgurgan muammolar tarkibiga 
iqlim oʻzgarishi, suv havzalarining ifloslanishi, ozon qatlamining 
yemirilishi, chuchuk suv havzalarining ifloslanishi, atmosfera havosining 
ifloslanishi va kislotali yomgʻirlar, ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk 
suv yetishmovchiligi va dunyo okeanining ifloslanishi, yerlarning 
degradatsiyaga uchrashi va choʻllanish, oʻrmonlarning kamayishi, biologik 
xilma-xillikni qisqarib borishi kabi muammolarni kiritishimiz mumkin.
Global ekologik muammolar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib 
turadi:
- planetar xarakterga ega ekanligi: global ekologik muammolar butun 
insoniyatni bevosita yoki bilvosita qamrab oladi;
- barcha mamlakatlar javobgar ekanligi: global ekologik 
muammolarning paydo boʻlishi biron-bir mamlakatlar aybi bilan bogʻliq 
holda yuzaga kelgan;
- global ekologik muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikning 
zarurligi;
- global ekologik muammolarning hal etish uchun kechiktirib 
boʻlmaydigan choralar qabul qilish zaruriyati.
Global iqlim oʻzgarishi XXI asrning asosiy muammolaridan 
hisoblanadi. Insoniyatning tabiatga nisbatan xoʻjasizlarcha munosabatda 
boʻlishi, iqtisodiyotda neft, gaz va koʻmirdan haddan tashqari koʻp 
foydalanishi natijasida atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari 
miqdori ortib bormoqda. Ushbu gazlar atmosferada toʻplanib, sayyoraning 
qizigan sirti taratadigan ortiqcha issiqlikning kosmosga tarqalishiga yoʻl 
qoʻymaydi va atmosferaning isishiga sabab boʻladi. Quyidagilar iqlim 
oʻzgarishiga olib kelayotgan issiqxona gazlari sirasiga kiradi: suv bugʻlari, 
karbonat angidrid 
(CO
2
), 
metan 
(CH
4
), 
azot 
oksidi 
(N
2
O), 
gidroftoruglerodlar 
(GFU), 
perftoruglerodlar 
(PFU), 
oltingugurt 
geksaftoridi (SF
6
).
Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy 
oqibatlari nimalarda aks 
etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib, ulkan 
obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urgʻu berib 
kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki 
bu muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab boʻla oladimi?
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada 
oʻzgardiki, insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global 


35 
isish, dengiz va yer ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada 
kamayib borishiyu, yer yuzining turli mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv 
toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi 
barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning tabiatga 
aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi.
Bizda muammolar bor, lekin ularga yechimlar-chi? Nahotki hozirgi 
dunyoning global ekologik holati hech kimni zarrachalik qiziqtirmasa. Biz 
oʻzimizdan keyingi avlodga qanday kelajakni meros qilib qoldirmoqdamiz. 
Har safar bunday ogʻriqli savollar bizni qachongacha qiynab keladi. 
Nahotki, dunyoning hozirgi qiyofasi kundan kunga bundan-da yomonlashib 
boraveradiyu, biz insonlar shunchaki bir oddiy hodisadek qarab 
turaveramiz. Mamlakat rahbarlariniyu
, hukumat vakillarini, butun 
insoniyatni boylik orttirish, iqtisodiy oʻsish, siyosiy hukmronlik, 
mamlakatlar oʻrtasida ulkan obroʻga ega boʻlishdan boshqa hech narsa 
qiziqtirmasa. Ming afsuslar boʻlsinki, albatta biz bunga koʻnikib, yashab 
kelmoqdamiz.
“Koʻpchilik foydalanishga yaroqli suvimiz tugashini bilmaydi, 2030-
yilga kelib suvga boʻlgan talab va mavjud boʻlgan suv taʼminoti oʻrtasida 
40 % tafovut boʻladi. Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yoʻgʻi 15 
yil bor xolos, deydi Jahon iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina 
Guli. Taʼkidlash joizki, 750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan 
oʻtkazilgan soʻrovda toza ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo 
aholisi uchun chinakamiga global xavf deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi 
muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan muammolarning eng oldi 
qatoridan oʻrin olib ulgurgan. Foydalanish uchun suv yetarli boʻlmagan, 
kunni toza ichimlik suvini izlash uchun sarflaydiganlarga ham oson emas. 
Bu tuygʻularni suvni isrof qilayotganlar qayoqdan ham bilsin.
Ekologik muammolarning hal etish yoʻllaridan muhimi ekologik 
qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni ogʻirlashtirish vaqti 
keldi. Ekologik-huquqiy javobgarlik: bu belgilab qoʻyilgan tabiatni 
muhofaza qilish va ekologik qonun talablari hamda meʼyorlarini buzganligi, 
tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, muhofaza qilish qoida-talablarini 
buzish, atrof tabiiy muhitni, tabiatni ifloslantirish, tabiiy resurslardan 
noqonuniy va xoʻjasizlarcha foydalanish oqibatida vujudga kelib, u 
subyektlarni yuridik javobgarlikka tortilishida namoyon boʻladi. Shu 
oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy: Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida 
ekologiya qonun talablarini buzganlik uchun qanday turdagi javobgarlik 
nazarda tutilgan va ushbu turdagi javobgarlik turlari bugungi kundagi 
zamon talabiga qanchalik darajada mos kelmoqda yoxud bu javobgarlik 


36 
koʻlami butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan global 
ekologik vaziyatni yumshatishga yordam berishi mumkinmi yoki yoʻq. 
Masalaga huquqiy jihatdan yondashadigan boʻlsak, ekologik qonun talablari 
buzilganda 
amaldagi 
qonunlarimizga 
muvofiq 
ekologik-huquqiy 
javobgarlikning quyidagi javobgarlik turlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir:
Intizomiy javobgarlik;
Maʼmuriy javobgarlik;
Fuqarolik javobgarlik;
Jinoiy-huquqiy javobgarlik;
Ekologik qonun talablarini bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik, Oʻzbekiston Respublikasi 
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning VIII bobi “Ekologiya, 
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi 
huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” deb nomlangan boʻlib, 
xususan? ushbu kodeksning 79-moddasida quyidagicha javobgarlik 
masalasi nazarda tutilgan: “Daraxtlar, butalarni, boshqa oʻrmon oʻsimliklari 
va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish 
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday 
huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil 
davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash 
miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga 
esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab boʻladi”.
Lekin ekologik barqarorlikka erishgan va statistik maʼlumotlarga 
koʻra dunyoning eng toza mamlakatlar roʻyxatidan 3-oʻrinni egallab 
kelayotgan Norvegiya davlatining aynan yuqorida keltirib oʻtilgan 
javobgarlik masalasi boʻyicha qonunchilik tajribasini oʻrganadigan boʻlsak, 
quyidagi normani uchratish mumkin: “Oʻrmon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 
qonunning 8-moddasida agar oʻrmonlarni kesish ushbu Qonunga zid 
ravishda rejalashtirilgan yoki amalga oshirilgan boʻlsa, mol-mulk ishlab 
chiqarish bazasini sezilarli darajada kamaytiradi yoki atrof muhitga salbiy 
taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qadriyatlar boʻlsa, munitsipalitet kesishdan bosh 
tortishi yoki qanday boʻlishi shartlarini belgilashi mumkin. Vazirlik 
tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xaridor va sotuvchi 
buni taʼminlashi kerak deb belgilangan boʻlib, agar aynan shu qoida 
buziladigan boʻlsa, xuddi shu qonuning 26-moddasiga koʻra, qasddan yoki 
beparvolik bilan buzgan yoki buzilishida ishtirokchi boʻlgan shaxs 6, 7, 8, 


37 
11, 12, 13, 14 yoki 15 boʻlimlari qoidalari, ularga muvofiq chiqarilgan 
qoidalarga muvofiq jarima yoki bir yildan oshmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-boʻlimi “Ekologiya sohasidagi 
jinoyatlar” deb nomlangan boʻlib, yuqoridagi qonunbuzarlik holati uchun 
198-moddada jinoiy javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: Olovga 
ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlish natijasida ekinzor, oʻrmon yoki 
boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish koʻp 
miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, 
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki 
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq 
tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarni 
qonunga xilof ravishda kesish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab 
boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh 
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz 
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq 
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ekinzor, oʻrmon yoki 
boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast yetkazish, ularni payhon qilish, 
nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, bazaviy 
hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy 
jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir 
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi. Yuqorida qonunchilikdan keltirilgan 
misollar natijasida anglash mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi jinoiy, 
maʼmuriy qonunchiligida ekologik qonun talablarini buzganlik uchun 
javobgarlik masalasi qatʼiy xarakterda emasligi bilan namoyon boʻladi.
Ekologik muammolarning hal etish yoʻllaridan
yana muhim jihat 
ekologik xavfsizlik doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash. Shu 
oʻrinda taʼkidlash joizki, sayyoramizda xalqaro ekologik hamkorlikning 
zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:
1.
Yer sayyorasi va uning oʻziga xos tabiatini insonga maʼlum boʻlgan 
olamda yagona ekanligi;
2.
Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud boʻlib inson va 
jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;
3.
Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat 
ekanligi;


38 
4.
Tabiatdagi salbiy oʻzgarishlar va atrof-muhitga antropogen taʼsir 
koʻlami jihatidan butun sayyoraga tazyiq koʻrsatuvchi jarayonlar 
ekanligi;
5.
Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga koʻp 
hollarda bir yoki bir nechta davlatlarning imkoniyatlari yetarli 
emasligi;
6.
Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik 
vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yoʻli ekanligi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ekologik muammolarni global 
darajada hal etishda quyidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi: 
- planetar miqyosda fikrlashning yangi modelini shakllantirish – insonni 
gumanizm tamoyillari asosida tarbiyalash va ularni inson faoliyati qanday 
global ekologik muammolarga olib kelishi mumkinligi 
haqida 
ogohlantirish;
- global ekologik muammolar sababini oʻrganish;
- ekologik muammolarni monitoringini olib borish va prognozlashtirish 
tizimini yaratish. Faqat shu yoʻl bilan har bir mamlakat toʻgʻrisida obyektiv 
maʼlumotlar olish, ularni tahlil etish va muammolarning yanada keng 
tarqalishining oldini olish mumkin;
- global ekologik muammolarni hal etishda barcha mamlakatlarning 
intilishlarini muvofiqlashtirish va kuchlarni bir joyga jamlash.
- resurslarning yagona fondini yaratish, muntazam ravishda axborot va 
bilimlar bilan almashinish. 
Global iqlim oʻzgarishlari bilan bogʻliq muammolarni hal etishda BMT 
yetakchi mavqega ega. BMT tomonidan 1972-yil Stokgolmda oʻtkazilgan 
atrof-muhit masalalari 
boʻyicha Konferensiyada qabul qilingan 
Deklaratsiya atrof-muhit bilan bogʻliq muammolarga eʼtibor qaratilgan 
dastlabki xalqaro hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatda atrof-muhitga taʼsir 
koʻrsatadigan iqtisodiy faoliyat tartibga solinishi kerakligi taʼkidlangan. 
Deklaratsiyada kelajakda xalqaro va milliy siyosatlarni ishlab chiqishda 
asos boʻluvchi 26 tamoyil belgilangan. Ushbu tamoyillarga koʻra har 
qanday iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda hozirgi va kelgusi avlodlar 
manfaatlari hisobga olinishi zarur. Har bir insonda erkin, teng va munosib 
turmush sharoitiga ega boʻlish huquqi mavjud.
Qazib olinadigan resurslarni isteʼmol qilishni tartibga solish bilan 
birgalikda, inson ekologik tizimni zararlantiradigan darajada toksik 
moddalarni atrof-muhitga chiqarilishining oldini olishi zarur. Iqtisodiy 
faoliyatning oqibatlarini tartibga solishga qaratilgan barcha qarorlar 
xalqaro miqyosda qabul qilinishi va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 


39 
rivojlanish 
imkoniyatlarini 
oshirishga 
qaratilgan boʻlishi lozim. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarga atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari 
boʻyicha texnik yordam bilan birgalikda moliyaviy jihatdan ham yordam 
koʻrsatish zarur. Bunday chora-tadbirlarning natijalari nafaqat milliy va 
xalqaro darajalarda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə