Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” fani qachon va qanday 
shakllandi va rivojlandi?
2. “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” nimani oʻrganadi?
3. “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” oʻrganishning
ahamiyatini tushuntiring.
4. “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” fani oldida turgan 
asosiy vazifalarga nimalar kiradi.
5. “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” fanining ilmiy-
tadqiqot metodlariga tavsif bering.
6. “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” fanining predmeti va 
obyekti nima?
7. “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” fanining tarkibiy 
qismlari nimalardan iborat.
8. Tabiiy ekologik resurslarning mintaqaviy ijtimoiy foydaligini 
maksimallashtirish qonuniyatini tushuntirib bering.


24 
9. “Ekologik-iqtisodiy munosabatlar” va “Iqtisodiy-ekologik tizimlar” 
tushunchalarining mazmun va mohiyatini tushuntirib bering.
10. Tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyati 
qanday yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.
 
 


25 
II Bob. BARQAROR RIVOJLANISH VA EKOLOGIK SIYOSAT
2.1. Mamlakatning barqaror rivojlanishidagi xavf va tahdidlar
2.2. Barqaror rivojlanishni taʼminlashda “yashil” iqtisodiyotning oʻrni
2.3. Ekologik muammolar va ularni hal hal etish yoʻllari
2.4. Ekologik siyosatining mohiyati, turlari va vazifalari
2.5. Yashil transformatsiya
2.1. Mamlakatning barqaror rivojlanishidagi xavf va tahdidlar
Tashqi xatarlar makroiqtisodiy barqarorlikka, mamlakatning oziq-
ovqat, energetika, texnologik, axborot va ekologik xavfsizligini 
taʼminlashga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekiston uchun ichki 
xavflar asosan aholining sezilarli darajada yuqori oʻsish surʼatlaridan kelib 
chiqadi. Soʻngi oʻttiz yil ichida aholi soni 14,2 million kishiga koʻpaydi va 
2023-yil 1-aprel holatiga koʻra, 36,2 million kishidan oshdi
4
. Faqat soʻngi 
uch yil ichida (2019-2021 yy.) aholi soni 2 million kishiga oshdi. 
Prognozlarga koʻra, 2030-yilga kelib Oʻzbekiston aholisi 40 million kishiga 
yetadi va bu Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisining deyarli yarmini 
tashkil qiladi.
Yuqori demografik salohiyat barcha milliy maqsadlarni amalga 
oshirishga taʼsir qiladi (kambagʻallikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligi, 
sogʻliqni saqlash, sifatli taʼlim, infratuzilmani rivojlantirish, shaharsozlik, 
ekologik barqarorlik) va bandlikka qoʻshimcha bosim koʻrsatadi. 
Suv resurslarining, shu jumladan iqlim oʻzgarishi natijasida kamayishi 
suv resurslarini boshqarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va 
qoʻshimcha suv manbalarini topish boʻyicha zarur choralarni talab qiladi. 
(BRM 6-maqsad). Yerlarning degradatsiyasi va choʻllanish tendensiyalari 
qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishi va ekologik barqarorlikka salbiy 
taʼsir qiladi (2-maqsad, 1-maqsad va 15-maqsadlar). Orol dengizining 
qurishi va mamlakatning Orolboʻyi hududining barqaror rivojlanishini 
taʼminlash bilan bogʻliq muammolarni (15-maqsad), shuningdek, zilzila, 
suv toshqini va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfini alohida taʼkidlash 
zarur.
Insoniyat oʻz tarixining yangi davriga kirib bormoqda. Bu davr 
jamiyat va tabiat oʻzaro munosabatlarining shubhasiz soʻngi bosqichidir. Bu 
munosabatlarning tarixi uch davrga boʻlinadi. “Dehqonchilik asri” XVIII 
asrning oxirigacha davom etib, bu davrda iqtisodiyot tabiat qonunlari 
maromiga boʻysunib rivojlangan. Soʻngra XX asr birinchi yarmining 
oxirigacha “Sanoat asri” davom etdi va u iqtisodiy faoliyatning tabiat 
qonunlari maromiga boʻysunmasligining ustunligi bilan xarakterlanadi. Bu 
4
Statistika Agentligi maʼlumotlari asosida berilgan 


26 
davrda tabiat ustidan hukmronlik qilish, tabiatni boshqaradigan 
qonunlaridan uzoqlashish xohishi ustun boʻldi.
Endilikda, insoniyat yangi “Noosfera” (Yangi ekologiya) davriga kirib 
keldi. Bunda tabiiy muhitning mustahkam emasligi va yetishmasligi 
insoniyat istiqbolining eng qiyin muammoga aylandi. Ikki jonli tizim — 
insonlar olami va tabiat olami oʻrtasidagi munosabatlar kurashida tarixiy 
burilish yuz bermoqda. Birinchi ikki “asrda” inson tabiatga, uning 
qudratiga, qoʻrquv bilan munosabatda boʻldi. Dastlab inson tabiat olamiga 
boʻysundi, soʻngra “Sanoat asri” da uning ustidan hukmronlik qilishga 
harakat qildi. Hozir soʻz odamni tabiatdan himoya qilish toʻgʻrisida emas, 
balki tabiatni odamdan himoya qilish, toʻgʻrisida boradi. Insoniyatning 
tabiatni vayron qilib, oʻzini ham vayron qilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Hozirgi industrial - isteʼmol nomini olgan jamiyatdan noosfera 
sivilizatsiyasiga oʻtish eng dolzarb muammoga aylandi. Hozirgi yemirilgan, 
ifloslangan atrof-muhitdan toza va aql bilan tashkil etilgan noosferaga oʻtish 
tabiatni asrashga, uning barqarorligini oshirishga va jamiyatning barqaror 
rivojlanishiga oʻtishiga xizmat qiladi. Shunday sharoitda iqtisodiyot 
oʻsishining imkoniyatlari va cheklovlari toʻgʻrisida koʻplab bahslar odam va 
tabiatning oʻzaro munosabatlarida asosiy boʻlishiga daʼvogar boʻlgan 
konsepsiya - barqaror rivojlanish konsepsiyasini yaratishga olib keldi. 
Bunda atrof muhit va rivojlanishga bagʻishlangan (1992-y., Rio-de-Janeyro, 
Braziliya) konferensiyada barqaror rivojlanish toʻgʻrisida qabul qilingan 
hujjatlari favqulotda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu yerda davlat 
boshliqlarining oliy darajada oʻtkazilgan uchrashuvida quyidagi muhim 
hujjatlar qabul qilindi:
1)
XXI asr kun tartibi;
2)
BMTning harakat dasturi;
3)
Atrof muhit va rivojlanish boʻyicha deklaratsiya;
4)
Oʻrmonlarga munosabat toʻgʻrisida bayonot;
5)
Issiqxona samarasini keltirib chiqaruvchi gazlar taʼsirida iqlimning 
oʻzgarishi doirasi toʻgʻrisida konvensiya;
6)
Biologik xilma-xillikni saqlash toʻgʻrisida konvensiya;
Bu tarixiy hujjatlar barqaror rivojlanishning barcha aspektlarini qamrab 
oladi va bu sohada rahbariy qoʻllanmalar hisoblanadi. Bu konferensiyadan 
5 yil oldin 1987-yilda BMTning atrof-muhit va rivojlanish boʻyicha Xalqaro 
komissiyasi “Bizning umumiy kelajagimiz” (Наще общее будущее) 
maʼruzasini tayyorladi va unda barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha 
asosiy yondashuvlar taʼriflangan. Maʼruzada koʻplab faktik materiallarni 
tahlil qilish va umumlashtirish asosida iqtisodiy oʻsishning oʻz cheklovlari 


27 
yoʻlidagi va aksincha iqtisodiyotning rivojlanishi keskinlashayotgan 
ekologik muammolarni hal etish uchun zarurligi asoslab berilgan.
Xalq farovonligining oʻsishi, iqtisodiyotning ekologik barqaror 
rivojlanishi atrof-muhitni muhofaza qilishning maqbul shart-sharoitini 
yaratadi. Barqaror rivojlanish shunday rivojlanishki, unda hozirgi vaqt 
ehtiyojlari taʼminlanadi, lekin kelajak avlodlarning oʻz ehtiyojlarini 
taʼminlashlari qobiliyati xavf ostiga qoldirilmaydi. BMT bosh assambliyasi 
atrof-muhit va rivojlanish boʻyicha xalqaro komissiyaning maʼruzasini 
tasdiqladi va uning asosiy xulosalari BMTning koʻplab hujjatlarida, shu 
jumladan, Rio konferensiyasi hujjatlariga asos qilib olingan.
BMTning 1992-yilda Rio-de-Janeyroda atrof-muhit va rivojlanishiga 
bagʻishlangan konferensiyasida qabul qilingan atrof-muhit va tabiiy 
resurslar iqtisodiyoti uchun bevosita ahamiyatga boʻlgan asosiy prinsiplar 
ifodalab berilgan. Ularga quyidagi prinsiplar kiradi:
- davlat atrof-muhit va rivojlanish masalalarida oʻz siyosatini 
oʻtkazishda uning nazoratida boʻlgan faoliyat boshqa mamlakatlar va 
rayonlar atrof muhitiga ziyon yetkazmasligi uchun javobgardir. Bunda gap 
atrof-muhitning transchegara ifloslanishi uchun iqtisodiy javobgarligi 
prinsipi toʻgʻrisida boradi;
- rivojlanish huquqi shunday amalga oshishi kerakki, unda hozirgi va 
kelajak avlodlarning atrof-muhitning rivojlanishi va saqlanishiga ehtiyojlari 
taʼminlashi kerak;
- barqaror rivojlanishga erishish uchun atrof-muhit muhofazasi 
rivojlanish jarayonining ajralmas tarkibiy qismi boʻlishi va undan ajralgan 
holda koʻrib chiqmasligi kerak. Bu prinsip iqtisodiyot va ekologiyaning
organik birligi va oʻzaro aloqalarini ifodalaydi;
- davlatlar yer ekotizimlarning sogʻlomligi va yaxlitligini saqlash
muhofaza qilish va tiklash maqsadlarida jahon sherikligi ruhida hamkorlik 
qilishlari kerak;
- davlatlar barqaror rivojlanishi va yuqori turmush darajasiga erishish 
uchun ishlab chiqarish va isteʼmolning barqaror rivojlanishiga imkon 
bermaydigan modelini kamaytirish va bartaraf etishi kerak (“ogohlantirish 
prinsipi”);
- davlatlar ilmiy va texnika bilimlar, texnologiyalarni ayirboshlash 
vositasida fan sohasida oʻzaro bir-birini tushunishini yaxshilash yoʻli bilan 
oʻzlarining barqaror rivojlanishga erishish qobiliyatini mustahkamlash 
maqsadlarida hamkorlik qilishlari kerak (“kooperatsiya prinsipi”);
- ekologik xarajatlarni toʻlash prinsipi yoki yetkazilgan ziyon 
konsepsiyasi shunda namoyon boʻladiki, atrof-muhit muhofazasiga 


28 
xarajatlarning internalizatsiyasiga erishish va iqtisodiy instrumentlardan 
foydalanib, ziyon yetkazish bilan bogʻliq sarflarni toʻlashga erishish;
- atrof-muhitga taʼsirini baholash prinsipi atrof-muhitga sezilarli 
salbiy taʼsir koʻrsatadigan oqibatlar ehtimolini baholash zaruriyatida 
namoyon boʻladi;
Rio konferensiyasining asosiy hujjati “XXI asr kun tartibi” 
rivojlanishni ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy nuqtayi nazardan barqaror 
qilish maqsadlarining harakat dasturi hisoblanadi. Uning matnida atrof-
muhit va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni oʻzaro bogʻlanmagan holda koʻrish 
mumkin emasligi koʻrsatilgan. Ikki maqsad - dunyoning barcha xalqlari 
uchun atrof-muhitning yuqori sifati va sogʻlom iqtisodiyot - birgalikda va 
yaxlitlikda koʻrib chiqilishi lozim.
Barqaror ekologik-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiy oʻsishni 
tezlashtirish, kambagʻallikni bartaraf etish, atrof-muhitni muhofaza qilishni 
muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Xususan, ekologik-iqtisodiy harakat 
rejalarini ishlab chiqish barqaror rivojlantirish indikatorlarga asoslanib 
tuziladi. Unda atrof-muhit, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning quyidagi 
koʻrsatkichlaridan foydalaniladi:
Atrof-muhit koʻrsatkichlari:
 
toza birlamchi mahsulotlar isteʼmoli va 
ularning oʻzgarishi; toza birlamchi mahsulotlar isteʼmolidagi yoʻqotishlar; 
xoʻjalik faoliyati taʼsirida buzilgan maydonlar va ularning mamlakat 
hududidagi hissasi; tabiiy resurslar isteʼmoli: yer, oʻrmon, oʻsimlik va 
hayvonot resurslari, mineral xomashyo, suv tendensiyalari; tabiiy resurslar 
zaxiralarining kamayishi surʼatlarining oʻzgarishi; tabiiy muhitning 
ifloslanishi: havo, suv, tuproq, oʻsimlik va hayvonot olami; ifloslantiruvchi 
moddalar chiqarmalar va ularning tabiiy muhitda toʻplanishi (gaz, suyuq, 
qattiq) tendensiyalari; atrof-muhitga xavfli va radioaktiv chiqindilarning 
chiqarilishi va ularni toʻplanishi tendensiyalari; biologik xilma-xillikning 
oʻzgarish surʼatlari; alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydoni 
oʻsishi; ozon qatlami oʻzgarishi; texnogen va tabiiy avariyalar soni, zarari 
tendensiyalari; tabiat muhofazasi tadbirlari xarajatlari. 
Iqtisodiyot koʻrsatkichlari

yalpi milliy mahsulot hajmi tendensiyalari, 
ichki yalpi mahsulotlarning material va energiya sigʻimi; xoʻjalik 
strukturasini oʻzgarishi; mehnat unumdorligi; chiqindilardan foydalanish, 
ularni qayta ishlash; xavfli va radioaktiv chiqindilarni ishlab chiqarishning 
kamayishi; mineral xomashyo zaxiralarining oʻsishi; tashqi savdoda tabiiy 
resurslar eksporti hissasi, shu jumladan, tabiiy biologik resurslar.
Ijtimoiy soha koʻrsatkichlariga: salomatlik holati, yashash sifati, 
ijtimoiy faollik, taʼlim sifati, demografik koʻrsatkichlar kiradi.


29 
Bularning barchasini inobatga olish atrof-muhitni kelajak avlodlar uchun 
saqlashga va yashashning ekologik sharoitini yomonlashtirmaslikka imkon 
beradi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi texnogen rivojlanishni barqaror 
rivojlanishga 
almashtirishni, 
iqtisodiy 
rivojlanishni 
atrof-muhit 
muhofazasini hisobga olib amalga oshirishni taqozo etadi.
Oʻzbekiston 192 mamlakat bilan bir qatorda BMTning: “2030-
yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish kun tartibi dasturi”ni amalga 
oshirishda oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmoqda. Ushbu “kun tartibi” ni 
izchil amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining “2030-yilgacha barqaror 
rivojlanish sohasida milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi (20.10.2018) hamda “2030-yilgacha boʻlgan davrda 
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga 
oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 
(21.02.2022) qarorlari qabul qilindi. “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ni 
mamlakat ehtiyojlariga moslashtirish uchun jiddiy qiziqish va intilishlar 
natijasi sifatida, 2017- 2021-yillar uchun Oʻzbekistonning harakatlar 
strategiyasi natijalari va hozirda amalga oshirilayotgan “2022-2026-yillarga 
moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ni koʻrsatish 
mumkin. 
Umuman olganda, potensial va real xavflar qabul qilingan barqaror 
rivojlanish maqsadlari va vazifalariga erishishga bevosita taʼsir qiladi, bu 
esa ularning oqibatlarining oldini olish va kamaytirish uchun aniq 
mexanizmlarini (maqsadli dasturlar, konsepsiyalar, strategiyalar) ishlab 
chiqishga, qoʻshimcha chora-tadbirlarni qabul qilishga va moliyaviy 
resurslarni jalb qilishga olib keladi. 

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə