Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


 Ekologiya iqtisodiyotining asosiy qonuniyatlari va prinsiplarining



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

1.3. Ekologiya iqtisodiyotining asosiy qonuniyatlari va prinsiplarining 
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotida namoyon boʻlishi 
Iqtisodiyotda, shu jumladan Atrof-muhit va tabiiy resurslar 
iqtisodiyotida ijtimoiy hayotning boshqa barcha sohalaridagi va tabiatdagi 
kabi tashqi tomondan tasodifiy va tartibsiz koʻrinadigan jarayonlar va 
hodisalar qonuniy rivojlanish zarurati orqali oʻziga yoʻl ochadi. Shu 
sababdan jamiyatdagi ekologik-iqtisodiy jarayonlarni ularga xos boʻlgan 
ichki ekologik-iqtisodiy qonunlar yoki kishilarning ekologik-ijtimoiy 
harakatlari qonunlari boshqaradi. Har qanday qonun u yoki boshqa hodisa 
va jarayonning mohiyatini, uni insonning bilim darajasini aks ettiradi. 
Ekologiya iqtisodiyoti qonunlari obyektiv borliqda tabiat va jamiyat 
oʻrtasidagi ekologik-iqtisodiy munosabatlarga taalluqli turli hodisalar, 
jarayonlar oʻrtasida kishi ongi va ixtiyoridan tashqari hamisha mavjud 
boʻlgan zaruriy bogʻlanish va munosabatlarni bildiradi.
Qonuniyat tushunchasi - obyektiv hodisalar va ularning qonunlarini 
anglatadi. Ushbu qonuniyatlarni bilib olishda uning quyidagi falsafiy 
taʼrifiga asoslanishi kerak: 
qonuniyatlar 
– barqaror, mustahkam, koʻp 
marta takrorlanadigan hodisalar va jarayonlar boʻlib, ular ushbu hodisa va 
jarayonlarga xos boʻlgan ichki, muhim zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy, 
umumiy, oʻzaro sifat va miqdor aloqalarini (munosabatlarni) ifodalaydi. 
Shunga muvofiq ekologiya iqtisodiyoti qonuniyatlari ham tasodifiy emas, 
balki tipik, doimiy ekologik iqtisodiy jarayonlarni va hodisalarni va ularning 
ichki mohiyatini ifodalaydi. Bunda ekologiya iqtisodiyoti qonuniyatlarini 
ekologiya qonuniyatlari bilan aralashtirib yubormaslik kerak.


15 
Ekologiya hamda Ekologiya iqtisodiyotining qonuniyatlari oʻrtasida 
quyidagi muhim prinsipial farqlar mavjud:
1) Tabiat qonuniyatlari - bu tabiatga xos qonuniyatlar, ekologiya 
iqtisodiyoti qonuniyatlari - ekologik-iqtisodiy rivojlanish va insonlarning 
ekologik-iqtisodiy rivojlanish faoliyatining qonuniyatlaridir. Ekologiya 
qonuniyatlari jonli tabiat tizimlarining ularning yashashi va rivojlanishini 
cheklaydigan omillarni, jarayonlarni ifodalaydi (masalan, minimumlik 
qonuniyati, tolerantlik qonuniyati, ekologiyaning asosiy qonuni va 
boshqalar);
2) Tabiat qonuniyatlari abadiy, ekologiya iqtisodiyoti qonuniyatlari 
tarixiy xarakterga ega;
3) Tabiat qonuniyatlarini kashf qilinishi birmuncha silliq kechadi
ekologiya iqtisodiyoti qonuniyatlari jamiyatning oʻz hayotini oʻtab 
boʻlayotgan kuchlari tomonidan qattiq qarshilikka uchraydi.
Ekologiya iqtisodiyotining 
umumiy
qonuniyatlari barcha tarixiy 
davrlarga xos boʻlib, ekologik-iqtisodiy rivojlanishning olgʻa qarab 
borishini ifodalaydi. Masalan:
tabiiy muhit holatining jamiyat rivojlanishi surʼatlari va xarakteriga 
optimal mos boʻlish qonuniyati;
tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning umumiy 
qonuniyati;
tabiat muhofazasi mehnatni tejash qonuniyati;
tabiiy resurslarga ehtiyojning oshib borishi qonuniyati va boshqalar.
Ekologiya iqtisodiyotining 

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə