Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


-Bob. Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti kursining predmeti



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

1-Bob. Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti kursining predmeti, 
usullari va vazifalari 
1.1. Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining mazmuni, 
predmeti va obyekti
1.2. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining ilmiy-tadqiqot 
metodlari
1.3. Ekologiya iqtisodiyotining asosiy qonuniyatlari va prinsiplarining 
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotida namoyon boʻlishi
1.4. Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining ahamiyati, 
maqsadi va vazifalari
1.1.
 
Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining mazmuni
predmeti va obyekti 
Soʻngi yillarda respublikada ekologik xavfsizlikni taʼminlash, 
ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligiga zararli 
taʼsirini oldini olish, shuningdek hayot darajasi va sifatini oshirish uchun 
qulay sharoitlar yaratish maqsadida atrof-muhit sohasida texnika va 
texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal 
etishga yangi yondashuvlarni joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 
izchil amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda 
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 
sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni taʼminlash sohasida izchil ishlar 
olib borilmoqda. Atrof muhit muhofazasi nihoyatda muhim, yashash uchun 
tabiatni asrashimiz, tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan 
tejamkorlik bilan foydalanish lozim. Shuningdek, bugungi kunda yer 
sharidagi koʻplab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul tugab, ortga qaytarib 
boʻlmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi soni oʻsib borayotgan, 
iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof muhitni 
saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.
Jamiyat tabiat qonunlarini qancha chuqur bilsalar, ishlab chiqarishning 
rivojlanish darajasi qancha yuqori boʻlsa, bu qonunlar inson manfaatlari 
uchun shuncha koʻp xizmat qilishi va tabiiy resurslardan keng foydalanish 
mumkin boʻladi. Ishlab chiqarish rivojlangan sari xoʻjalik faoliyatiga jalb 
qilinadigan moddalar massasi koʻpayadi, natijada insoniyatning oʻzi 
yashayotgan sharoitga taʼsiri toʻxtovsiz oshib boradi. Bu jarayon tabiatda 
tobora chuqur oʻzgarishlarga sabab boʻladi, binobarin, uni oʻrganish zarur. 
Soʻngi yillarda tabiiy resurslarni isteʼmol qilish hajmi va surʼatining oʻsib 
borishi bilan bogʻliq holda insoniyatning tabiatga koʻrsatayotgan taʼsiri ham 
tobora kuchaymoqda. Ijtimoiy ishlab chiqarishda inson va tabiat oʻrtasidagi 



modda va energiya almashinuvi asosan texnika yordamida amalga 
oshiriladi. Binobarin, fan-texnika inqilobi insonning tabiatga boʻlgan 
taʼsirining orta borishida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Bu taʼsirning kuchayishi 
tabiatdagi ayrim komponentlar muvozanatigina emas, balki butun bir 
landshaftlar muvozanatining buzilishini kuchaytirmoqda. Tabiatdagi bu 
keskin oʻzgarishlar esa koʻpincha insonning hayot faoliyatiga salbiy taʼsir 
koʻrsatadi. Iqtisodiyotning rivojlanishi tabiiy resurslarni isteʼmol qilishning 
juda tezlik bilan oʻsib borishi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Yer 
yuzida koʻplab davlatlar ayniqsa, koʻplab iqtisodiyoti rivojlanib kelayotgan
mamlakatlarida tabiiy resurslardan foydalanish surʼatlari tabiatning oʻrnini 
toʻldirish, yaʼni tabiatning unga yetkazilgan zararini bartaraf etish 
imkoniyatlaridan bir necha baravar ortib ketdi. Aholining oʻsib borayotgan 
ehtiyojlari va dunyo iqtisodiyotining rivojlantirish tobora katta miqdordagi 
tabiiy resurslarni talab qiladi. Faqatgina tiklanadigan emas, balki bir qator 
tiklanmaydigan tabiiy resurslarning ham real tugallanishi xavfi vujudga 
keldi. Tiklanadigan resurslar toʻliq isteʼmol qilingach, tabiiyki ularning oʻz-
oʻzini tiklash imkoniyati yoʻqoladi. Binobarin, xom ashyo manbalari 
kamaymasligiga erishish uchun, bu resurslarning kengaytirilgan qayta 
tiklanishini taʼminlash lozim. Kengaytirilgan qayta tiklash tabiatni 
oʻzlashtirish orqali amalga oshiriladi. Tabiat bilan jamiyatning oʻzaro taʼsiri 
murakkab va ziddiyatli xarakterga ega boʻlib, fan texnika taraqqiyoti 
davrida inson bilan tabiat oʻrtasidagi munosabatlar tamomila yangi 
bosqichga oʻtdi. Ayniqsa, tabiatdan va uning boyliklaridan oqilona 
foydalanish hamda muhofaza qilish dolzarb muammoga aylanib qoldi. 
Tabiatdan foydalanish miqyosining kengayib borishi inson bilan tabiat 
orasidagi munosabatlarni kundan-kunga keskinlashtirib yubormoqda. Bu 
hol tabiiy landshaftlar xususiyatlarining tubdan oʻzgarishi, antropogen 
landshaftlarning vujudga kelishiga olib kelmoqda. Tabiat qancha chuqur 
oʻzgartirilsa va oʻzlashtirilsa, unda shuncha koʻp yangi tabiiy jarayonlar va 
hodisalar roʻy beradi, bu oʻzgarishlarning insonga boʻlgan taʼsiri ham 
shuncha koʻp ortib boradi. Tabiiy sharoitning inson taʼsiridagi, yaʼni 
antropogen oʻzgarishi kishilik jamiyatining tabiatga ham ekologik jihatdan, 
ham iqtisodiy jihatidan bogʻliqligini ifodalaydi. Fan-texnika inqilobi 
sharoitida tabiat sifat jihatidan juda tez oʻzgaradi va shunga muvofiq 
koʻpgina iqtisodiy rayonlar xoʻjalik faoliyatini qayta qurishga toʻgʻri keladi. 
Masalan, tuproq sifatining antropogen omil taʼsirida keskin oʻzgarishi faqat 
ekologik oqibatlarga emas, balki iqtisodiy muammolarni ham keltirib 
chiqaradi.



Atrof-muhit haqida soʻz ketar ekan bu tushuncha bevosita Ekologiya 
bilan bogʻliq. “Ekologiya” tushunchasini birinchi marta nemis naturalisti 
E.Gekkel
3
organizmlar turkumining bir-birlari va atrof abiotik muhit bilan 
oʻzaro taʼsirida yuzaga keladigan oʻz-oʻzini tartibga solish jarayonlari 
majmuining taʼrifini ifodalash uchun tavsiya etgan: “Ekologiya – bu “tabiat 
iqtisodiyoti”, bir vaqtning oʻzida tiriklikning muhitning organik va 
noorganik komponentlari bilan barcha munosabatlarni tadqiq etishdir”. Bir 
soʻz bilan aytganda ekologiya Darvin yashash uchun kurash sharoiti sifatida 
koʻrib chiqqan tabiatdagi barcha murakkab aloqalarni oʻrganadigan fandir”. 
Bu taʼrifda oʻzaro ekologik aloqalar tahliliga miqdoriy yondashuvning 
zaruratini nazarda tutadigan “Tabiat iqtisodiyoti” tushunchasini alohida 
koʻrsatib oʻtish lozim. Lekin Gekkel ekologiya tushunchasining nazariy 
mazmuni asosan fiziologiyaga taalluqlidir, yaʼni tirik organizmlar oʻzaro 
munosabatlarning fiziologik mexanizmini tahlil qiladi. Shunday qilib, 
Gekkel fikri boʻyicha, ekologiyaning sivilizatsiya muammolariga hech 
qanday aloqasi yoʻq. Shunday keyingi davrda ekologiyaning mazmuniga 
turli oʻzgartirish qoʻshimchalar qoʻshildi. Ular bu fan tarmogʻining 
kompetensiyasini kengaytirdi yoki toraytirdi, lekin asta-sekin u yoki bu 
darajada uning chegaralarini umumlashtirib ketdi. XIX asrning oxiriga kelib 
ekologiya tushunchasi fiziologiya, XX asrning birinchi choragida biologiya 
doirasidan chiqib, sotsiologiya, antropogeografiyaga tarqaldi. Shunday qilib 
ekologiyaning obyektiga odam qoʻshildi va uning atrof-muhiti oʻrtasidagi 
barcha munosabatlar kompleksini oʻrganish, ekologiya deb ataladigan 
boʻldi. Keyinchalik “Inson ekologiyasi”, “Muhandislik ekologiyasi”, 
“Iqtisodiy ekologiya”, “Ijtimoiy ekologiya”, shuningdek, uning tarmoqlari 
Urboekologiya, Sanoat ekologiyasi, Transport ekologiyasi, Kimyoviy 
ekologiya, Agroekologiya, Geoekologiya va boshqalar ajralib chiqdi, yaʼni 
ekologiyaning boshqa fan sohalariga va amaliyotiga kirib borishi bilimlar 
va faoliyatning ekologizatsiyasi sodir boʻldi. Jamiyat va tabiatning oʻzaro 
taʼsiri konsepsiyasi “Global ekologiya” nomini oladi va bu fan tabiat 
strukturasi, funksiyasi va uning jamiyat bilan oʻzaro aloqasini oʻrganadi. 
Hozirgi vaqtda Ekologiya qator fanlari sohalari tarmoqlariga boʻlingan 
boʻlib, ularning asosida ekologiya va ekologizatsiyalashtirishning 
fundamental gʻoyalari yotadi. Oʻrganish obyektining oʻlchami boʻyicha 
Ekologiya fani Putoekologiya (organizm va uning muhiti), Sinekologiya 
(ekotizimlar va uning muhiti), Demekologiya (populyatsiya va uning 
muhiti), Landshaft ekologiyasi (yirik geotizimlar va ularning muhiti), 
3
https://cyberleninka.ru/article/n/ernst-gekkel-osnovopolozhnik-nauki-ekologii 



Ekologiya huquqi va Global ekologiyaga (Yer biosferasi taʼlimoti) 
boʻlinadi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti oʻrganish predmetiga 
koʻra:
mikroorganizmlar, hayvonlar, odam, qishloq xoʻjaligi, sanoat, 
transport, muhandislik, rekreatsiya, madaniyat, nazariy ekologiya va 
boshqalarga;
muhit va komponentlar boʻyicha quruqlik ekologiyasi, chuchuk suv 
havzalari ekologiyasi, choʻllar ekologiyasi, togʻlar ekologiyasi, kimyoviy, 
fizikaviy ekologiya va boshqalarga;
tadqiqot predmetiga yondashuv boʻyicha Analitik (tahliliy) ekologiya 
(organizmlarning tabiiy muhit bilan oʻzaro munosabatlarining asosiy 
qonuniyatlarini oʻrganish) va Dinamik ekologiyaga (organizmlarning tabiiy 
muhit bilan oʻzaro munosabatlarining qonuniyatlarini oʻrganish);
vaqt omili nuqtai nazaridan Tarixiy ekologiya va Evolyutsiya 
ekologiyasi (arxeekologiya) ga ajratiladi.
Bundan tashqari hozirgi Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti 
tabiat va jamiyat oʻzaro taʼsirining umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan 
fan boʻlib, u jamiyatning atrof-muhitni muhofazaligiga va tabiiy-ekologik
resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishga yoʻnaltirilgan maxsus 
faoliyat sohasi ham hisoblanadi. Aynan shu yoʻnalishlar turli iyerarxiya 
darajalarida (mahalliy, mintaqaviy, milliy, global) ekologik-iqtisodiy 
munosabatlar va iqtisodiy nuqtayi nazardan Atrof-muhit va tabiiy resurslar 
iqtisodiyotida muhim oʻrinni egallaydi.
Shuni ham qayd etish kerakki, keyingi 30-35 yilda olimlar eʼtibori 
hozirgi ekologik vaziyat sharoitida insonni asrash, saqlash va rivojlantirish 
boʻyicha turli aspektlardagi tadqiqotlarga qaratilayotir. Natijada 
ekologiyada fanlararo ilmiy yoʻnalish Inson ekologiyasi shakllandi va 
rivojlandi. Inson ekologiyasi fanining kompleks ekologik – ijtimoiy -
iqtisodiy sohasi boʻlib, unda yashash muhiti tabiiy-ekologik, ijtimoiy, 
iqtisodiy sharoitlari insonning turli ehtiyojlarini qondirishda teng 
ahamiyatga ega boʻlgan muhim qismlar sifatida koʻrib chiqiladi va tadqiq 
qilinadi. Shunday qilib, hozirgi ekologiya jamiyat va uning yashash 
muhitini oʻrganish bilan hayvonlar va oʻsimliklar ekologiyasidan iborat 
boʻlgan anʼanaviy ekologiyadan tubdan farq qiladi. U koʻp hollarda inson 
ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, global ekologiya nomi bilan yuritiladi. 
XX-ning oxirida Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti, Iqtisodiy 
ekologiya va Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fanlari rivojlana boshlandi. 
Ekologiya va iqtisodiyotning tutashgan chegaralarida yangi ilmiy yoʻnalish 


10 
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti shakllanib va rivojlanib 
bormoqda. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti iqtisodiyot va atrof 
muhit xususiyatlarining bir-biriga mos boʻlishini ekologik-iqtisodiy nuqtai 
nazardan oʻrganadi. Shu sababdan Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining 
nazariyasi Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fani uchun ham asos 
boʻlib xizmat qiladi. Atrof -muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti atrof muhit 
muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanish ularni muhofaza qilishning 
iqtisodiy muammolarini oʻrganadigan fandir. Atrof-muhit va tabiiy resurslar 
iqtisodiyotining obyekti — ekologik-iqtisodiy tizimlar tabiatning, shu 
jumladan, tabiiy resurslarining holatini belgilab beradi. Tabiiy resurslar 
ekologik-iqtisodiy tizimlarning tarkibiy qismi boʻlganligi sababli, Atrof- 
muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti ham Iqtisodiy ekologiya tarkibiga 
kiradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti obyektiv shart-sharoitlari 
atrof-muhitga taʼsir qilish, uni oʻzgartirishning muhim omiliga aylangan 
xoʻjalik faoliyati bilan uzviy bogʻliqdir. Shu bilan bir qatorda iqtisodiyot 
rivojlanishiga atrof-muhit omilining taʼsirini hisobga olish ham gʻoyat 
muhimdir. Shu munosabat bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ekologik 
omillarni, tabiat va jamiyatning oʻzaro aloqalarini tartibga soladigan 
qonuniyatlarni hisobga olmasdan amalga oshirish kutilmagan iqtisodiy va 
ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu sharoitda jamiyat iqtisodiy 
rivojlanishi asosiy omillarning sabab-oqibat aloqalarini har tomonlama 
toʻgʻri hisobga olish kerak. Bunda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi 
insonlar va tabiat oʻrtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy - ekologik munosabatlarga 
asoslanadi. Bu munosabatlarning natijasi turli tip va miqyosdagi ekologik-
iqtisodiy tizimlar hisoblanadi.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə