Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

xususiy 
qonuniyatlari — maʼlum 
mamlakat va hududlarda maʼlum ijtimoiy-iqtisodiy davrlarning ekologik-
iqtisodiy munosabatlari va xoʻjalik yuritish shakllariga taalluqli boʻladi.
Bunday qonuniyatlarga:
tabiiy resurslarning ijtimoiy-ekologik foydaligini maksimallashtirish 
qonuniyati;
tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyati va 
boshqalar kiradi.
Ekologiya iqtisodiyoti qonuniyatlari oʻz-oʻzidan harakatga tushmaydi 
va ekologik-iqtisodiy jarayonlar avtomatik ravishda amalga oshirilmaydi. 
Buning uchun kishilarning harakati kerak, ular esa odamlarning ehtiyojlari 
va manfaatlari bilan harakatga keltiriladi. Kishilarning ekologik-iqtisodiy 
ehtiyojlari gʻoyat xilma-xildir. Tabiatdan foydalanuvchi xoʻjalik 
subyektlarining xilma-xilligini keltirib chiqaradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining amaliyotida ekologik-
iqtisodiy qonuniyatlarni bilish asosida va ekologik-iqtisodiy rivojlanish 


16 
maqsadlariga muvofiq va mavjud tabiiy resurslarni hisobga olib ekologik-
iqtisodiy 
prinsiplar
ishlab chiqiladi. Ularni ekologik-iqtisodiy siyosat 
prinsiplari deb atash ham mumkin. Ekologik-iqtisodiy 
prinsiplar
ekologiya 
iqtisodiyoti 
rivojlanishining 
hozirgi 
va 
rejalashtirilayotgan, 
bashoratlanayotgan davr uchun asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi. 
Prinsiplarning har biri jamiyat ekologik-iqtisodiy rivojlanishining obyektiv 
ehtiyojini ifodalashi kerak. Yaʼni oʻzining asosiy qonuniyatlarga ega 
boʻlishi, yirik ekologik-iqtisodiy muammosiga tegishli boʻlishi, milliy 
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning umumiy prinsiplariga zid kelmasligi va 
barqaror ekologik rivojlanishning strategik vazifalari instrumenti boʻlib 
xizmat 
qilishi 
kerak. 
Prinsiplar 
qonuniyatlardan 
oʻzlarining 
oʻzgaruvchanligi bilan farq qiladi. Chunki ular mamlakatda ekologik-
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosatning oʻzgarishiga, ayrim mintaqalar strategiya 
aspektlarining oʻzgarishiga, shuningdek, ilgari kashf qilinmagan yangi 
qonuniyatlarning ochilishiga bogʻliq holda oʻzgarishi mumkin. Shuning 
uchun ham prinsiplarning harakat muddatlari cheklangan boʻladi.
Davlat ekologik-iqtisodiy prinsiplarni shakllantira borib va ularga 
amal qilib, ekologik-iqtisodiy jarayonlarni zarur tomonga yoʻnaltiradi. Shu 
sababdan qonuniyatlar prinsiplardan obyektivligi, olib tashlash va bekor 
qilish mumkin emasligi bilan farq qiladi. 
Ekologiyaning asosiy qonunlari qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Minimumlik qonuni;
2. Tolerantlik qonuni;
3. Raqobat istisnosi qonuni;
4. Ekologiyaning asosiy qonuni;
5. Energiya ehromi qonuni;
6. Kommoner qonuni;
7. Zaruriy xilma-xillik qonuni;

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə