Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

Ekologik-iqtisodiy tizimlar
- ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatdagi 
tabiiy jarayonlarning oʻzaro bogʻliq va oʻzaro shartlangan harakatini 
ifodalaydigan iqtisodiyot va tabiat integratsiyasidir.
Atrof muhit va tabiatdan foydalanish nuqtai nazaridan tabiat va 
jamiyat oʻrtasidagi modda almashishning vositachiligi, tartibga solinishi va 
nazorati ishlab chiqarish munosabatlarining oʻziga xos tarkibiy elementi 
ekologik-iqtisodiy 
munosabatlar 
hisoblanadi. 
Ekologik-iqtisodiy 
munosabatlar insonlar oʻrtasidagi tabiatdan foydalanish, ekologik tizimlarni 
tiklash va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta 
ishlash, ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan 
munosabatlardir. Shunday qilib, Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti 
atrof muhitga tasir koʻrsatadi prinsipiga amal qilib va ishlab chiqarishning 


11 
ekologik xarajatlari, ifloslanishdan iqtisodiy ziyonni hisobga olib, ekologik-
iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etadi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti
 predmeti
tabiat va jamiyat 
oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy va 
ularni optimizatsiyalash xoʻjalik faoliyatining iqtisodiy oqibatlari, tabiatdan 
oqilona foydalanish va tabiatni asrash, muhofaza qilishni tartibga solish 
yoʻllarini oʻrganish hisoblanadi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti faqat ekologik-iqtisodiy 
munosabatlarni oʻrganibgina qolmay, balki atrof muhit muhofazasi va 
tabiatdan foydalanish sohasida yuzaga keladigan muammolarni hal 
etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, yashil iqtisodiyotni 
rivojlantirish va ekologik barqaror rivojlanishning milliy konsepsiyalarini 
amalga oshirish va uni mexanizmlarini taʼminlashdan iborat. Shunday 
rivojlanish amaliyotda shakllangan iqtisodiy oʻsishning ekstensiv 
konsepsiyasidan voz kechishni va barqaror rivojlanishga oʻtishni taqozo 
etadi. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining obyekti turli 
miqyos va darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlardir (global, mamlakat
mintaqa, rayon, korxona, tabiiy-hududiy komplekslar va boshqalar).

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə