Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining qonuniyatlari



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining qonuniyatlari.
Tabiiy ekologik resurslarni takror ishlab chiqarish iqtisodiyot qonuniyatlari 
va ekologik-iqtisodiy sohaning insonning (boshqa faoliyat turlaridan farq 
qiladigan) mustaqil faoliyat turlaridan farq qiladigan mustaqil faoliyat turi 
ekanligi bilan uzviy bogʻliqdir. Shu sababdan ekologiya iqtisodiyoti 
qonuniyatlari oʻz mohiyatiga koʻra, tabiat va jamiyat oʻzaro 
munosabatlarining ekologik-iqtisodiy tizimi sifatida namoyon boʻladi. Shu 
nuqtayi nazardan jamiyat katta tabiatning ajralmas tarkibiy qismi, tabiat esa 
jamiyatning tabiiy asosi hisoblanadi. Jamiyatning tabiat bilan oʻzaro yaxlit 
katta tabiat ichida sodir boʻladigan jarayondir. Jamiyatning tabiatga 
nisbatan nisbiy mustaqilligi jamiyatda tabiat qonuniyatlarining taʼsirini 


17 
bekor qila olmaydi. Shu sababdan har qanday yaxlitlikning tarkibiy qismlari 
yaxlitlik qonuniyatlariga boʻysungani singari jamiyat ham tabiatning 
umumiy qonuniyatlariga boʻysunadi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining qonuniyatlari 
jamiyatning ekologik-iqtisodiy rivojlanishi qonunlari tizimi majmuasi 
boʻlib, ular turli guruhdagi qonunlarni oʻz ichiga oladi. Qonuniyatlar esa 
quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1) atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining umumiy 
qonuniyatlari.
2) atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy 
qonuniyatlari.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlari 
barcha tarixiy davrlarga xos boʻlib, ular ekologik-iqtisodiy rivojlanishning 
olgʻa borishi jarayonini ifodalaydi. Masalan, jamiyat bilan tabiat 
rivojlanishining oʻzaro mos boʻlish qonuniyatlari, tabiiy resurslardan 
ratsional foydalanish va tabiat muhofazasining umumiy qonuniyatlari shular 
jumlasiga kiradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy qonuniyatlari 
konkret mamlakat va mintaqalarda namoyon boʻladi. Ularning mazmuni va 
natijalari mintaqaviy ekologik-iqtisodiy munosabatlar, tabiat va jamiyat 
birligining 
mintaqaviy 
xususiyatlari 
bilan 
belgilanadi. 
Xususiy 
qonuniyatlarga 
tabiiy-ekologik 
resurslarning 
mintaqaviy 
ijtimoiy 
foydaliligini 
maksimallashtirish 
qonuniyati, 
tabiiy 
resurslarning 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyatlari kiradi.
Tabiat va jamiyat yaxlit tizim hisoblanadi. Uning ayrim jarayonlari, 
hodisalari bir-birlari bilan uzviy bogʻliq va biri boshqasini taqozo etadi. 
Tabiat oʻzaro aloqa va oʻzaro taʼsirida boʻlgan son-sanoqsiz konkret 
shakllarni oʻz ichiga oladi. Tabiatning barcha darajalarida namoyon 
boʻladigan eng asosiy qonuniyati moddiy tizim va uni oʻrab turadigan tashqi 
sharoitning birligi qonuni hisoblanadi. Buni jamiyatga nisbatan qoʻllaganda, 
jamiyatning tabiiy muhit bilan birligi qonuniyati mavjudligi aniq boʻlib 
qoladi. Shunga muvofiq tabiat va jamiyat rivojlanishining oʻzaro mos 
boʻlishi qonuniyati namoyon boʻladi.
Dunyoning moddiy birligi, shuningdek, oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi 
hodisalar va jarayonlarning albatta mos boʻlishi qonuniyati harakatida ham 
namoyon boʻladi. Har qanday hodisa va jarayonlar oʻzgarib borib, u bilan 
oʻzaro taʼsirda boʻladigan boshqa hodisalar va jarayonlarning unga mos 
holda oʻzgarishini taqozo etadi. Ular oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir qancha kuchli 
(intensiv) boʻlsa, biror hodisa va jarayonlardagi oʻzgarishlar ular bilan 


18 
oʻzaro taʼsirida boʻladigan hodisa va jarayonlarni shuncha koʻp darajada 
oʻzgartiradi. Ushbu qonuniyat tabiatning va unga mos xolda ekologiya 
iqtisodiyotining umumiy qonuni boʻlib, u ham jamiyatning, ham tabiatning 
rivojlanishida oʻz ifodasini topadi. Bu qonuniyat jamiyat oʻz 
rivojlanishining tabiiy sharoitlarini buzsa, uni asrash qoidalariga rioya 
qilmasa, ularni izdan chiqarsa va oʻz harakatlarida tabiiy muhitga mos 
kelishini toʻxtatsa, unda jamiyat ushbu mos boʻlishni tiklashga majbur 
boʻladi. Aks holda jamiyat halok boʻladi.
Mos boʻlish qonuni doimiy harakatda boʻladi va shu jarayonga taʼsir 
koʻrsatadi, va bu turli darajalarda, barqarorlikning doimiy ravishda buzilishi 
sharoitlarida namoyon boʻladi. Materiya harakati mutlaq boʻlgani holda 
barqarorlik, muvozanat doimo nisbiy boʻladi. Umumiy rivojlanish nisbiy 
muvozanatni buzish orqali oʻziga yoʻl ochadi.
Odamning tabiatga munosabati tabiatdan faol foydalanishi va tabiatni 
muhofaza qilish boʻyicha mehnat faoliyati orqali ifodalanadi. Ishlab 
chiqarish munosabatlari esa mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. 
Tabiatga munosabat mehnat jarayonida odamlarning tabiat bilan oʻzaro 
taʼsirini qamrab oladi va turli texnologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ishlab 
chiqarish munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega boʻladi va 
ijtimoiy shaklda namoyon boʻladi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik 
ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar oʻzaro qoʻshilib ijtimoiy ishlab 
chiqarishning mohiyatini aks ettiradi.
Tabiiy ekologik resurslardan ratsional foydalanish va tabiat 
muhofazasining umumiy qonuniyati asosida dialektika qonunlari yotadi va 
u tabiiy sharoit va resurslarning modda va ekologik-iqtisodiy tomonlarini 
oʻzida aks ettiradi. Ushbu qonuniyatning asosini energiyaning saqlanish va 
aylanish qonuni belgilab beradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy qonuniyatlari 
quyidagi shaklda namoyon boʻladi:
1) tabiiy ekologik resurslarning mintaqaviy ijtimoiy foydaligini 
maksimallashtirish qonuniyati;
2) tabiiy resurslarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuniyati.
Tabiiy ekologik resurslarning mintaqaviy ijtimoiy foydaligini 
maksimallashtirish qonuniyati – ijtimoiy maqsadga muvofiq mehnat sarfi va 
tabiiy resurslarga ijtimoiy ehtiyoj bilan uzviy bogʻliqdir. Tabiatdan 
foydalanishning ijtimoiy foydaliligi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda tabiiy 
resurslarni takror ishlab chiqarish samaradorligi nuqtayi nazaridan 
baholanadi. Tabiatdan foydalanishning ijtimoiy foydaliligi ijtimoiy 
mehnatni maksimal imkon boricha tejashga qaratilib, jamiyatning energiya 


19 
resurs ehtiyojlarini maksimal imkon boricha qondirishda ifodalanadi. Uni 
quyidagi formulada ifodalash mumkin:
F
i
= S

/ S

Bunda: F

– tabiatdan foydalanishning ijtimoiy foydaligi;
S

- hozirgi darajada resurs ehtiyojlarini qondirishning tabiatdan 
foydalanishdagi haqiqiy samaradorligi


- energiya-resurs ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishda 
tabiatdan foydalanishning normativ samaradorligi.
Tabiiy 
resurslarni 
kengaytirilgan 
takror 
ishlab 
chiqarish 
qonuniyatining namoyon boʻlishi tabiiy resurs ehtiyojlar bilan uzviy bogʻliq 
boʻlib, xilma-xil tabiat mahsulotlarini takror ishlab chiqarishni talab qiladi 
va quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshirish mumkin:
1). Undiruvchi tarmoqlar oʻsish surʼatlari moddiy ishlab chiqarishning 
oʻsish surʼatlaridan past boʻlishi kerak;
2). Ishlab beruvchi tarmoqlarning oʻsish surʼatlari xomashyodan 
ratsional foydalanishga bogʻliq holda undiruvchi tarmoqlarning oʻsish 
surʼatlaridan yuqori boʻlishi kerak;
3). Chiqindisiz, kam chiqindili ishlab chiqarishning shuningdek, tabiat 
muhofazasi tadbirlarining oʻsish surʼatlari ifloslantiruvchi tarmoqlar oʻsish 
surʼatlaridan yuqori boʻlishi kerak;
4). Tabiatni tiklovchi tarmoqlarning oʻsish surʼatlari undiruvchi 
tarmoqlarning oʻsish surʼatlaridan past boʻlmasligi kerak;
5). Tabiat muhofazasiga kapital qoʻyilmalarning oʻsish surʼatlari 
moddiy ishlab chiqarishga kapital qoʻyilmalarning oʻsish surʼatlaridan 
yuqori boʻlishi kerak.
Ushbu shartlarga amal qilish mamlakat va uning hududlarining 
tabiatdan foydalanishdagi ekologik-iqtisodiy manfaatlarini toʻla hisobga 
olishga imkon beradi.
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining umumiy va xususiy 
qonuniyatlariga mos holda tabiat va jamiyatning optimal mosligi
qonuniyati quyidagi prinsiplarda namoyon boʻladi:
-
Tabiat va jamiyatning optimal mosligi prinsipi;
-
Tabiiy muhitning tabiiy muvozanatni qoʻllab-quvvatlash prinsipi; 
-
Inson faoliyatining ekologik tozaligi prinsipi;
-
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
mintaqaviydir;
-
Kompleks yondashuv prinsipi;
-
Tabiatni muhofaza qilish va foydalanish prinsipi;


20 
Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyotining xususiy qonuniyatlari 
quyidagi xususiy prinsiplar orqali amalga oshiriladi:
1) Ilmiylik;
2)
Optimallik;
3)
Mintaqaviylik;
4)
Komplekslik;
5)
Toʻlovlilik;

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə