Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


 Barqaror rivojlanishni taʼminlashda “yashil” iqtisodiyotning oʻrni



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

2.2. Barqaror rivojlanishni taʼminlashda “yashil” iqtisodiyotning oʻrni
Jamiyatda asta-sekinlik bilan tabiiy resurslarni rekreatsiya va ilmiy 
tadqiqot maqsadlari uchun asrab qolish zaruriyati toʻgʻrisidagi gʻoyalar, 
kelajak avlod oldida ekologik masʼuliyatga asoslangan ilmiy konsepsiyalar 
shakllanishiga olib keldi. Ushbu gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etilishi 
barqaror rivojlanishni taʼminlanishiga xizmat qiladi. Barqaror rivojlanish 
deganda, aholi ehtiyojlarini toʻla qondirish maqsadida kelajak avlod 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini esa xavf ostiga qoʻymaslikka 
asoslangan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanishni “ijtimoiy”-
“iqtisodiy” — “ekologik” uchlik tizimi oʻzaro bogʻliq rivojlanishga 
asoslangan sinergetik samara hisobidan taraqqiy etadigan jarayon sifatida 
tasavvur etish mumkin. Barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi iqtisodiy 
yondashuv cheklangan resurslardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi. 


30 
Ijtimoiy yondashuv global miqyosda ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-
xillikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan boʻladi. Ekologik yondashuv esa har 
qanday ekologik tizimlarning normal faoliyat yuritishni taʼminlashga 
xizmat qilishi zarur boʻladi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga nisbatan iqtisodiy yondashuvga 
Ye.R.Lindal va J.R.Xikslar
5
asos solishgan. Xiks-Lindal yalpi 
daromadlarning maksimal oqimi nazariyasiga muvofiq daromad yalpi 
kapitalni saqlab qolgan holda yaratilishi zarur. Bunda cheklangan resurslar 
va ekologik texnologiyalardan foydalanish, ekologik mahsulotlar yaratish, 
chiqindilarni boshqarish nazarda tutiladi. Natijada iqtisodiy barqarorlikning 
quyidagi ikki turi paydo boʻladi:
- kuchsiz-vaqt boʻyicha kamaymaydigan tabiiy va jamgʻarilgan 
kapital iqtisodiy barqarorlik;
- kuchli-tabiiy kapitalning qaytmasligiga asoslangan iqtisodiy 
barqarorlik;
Barqaror rivojlanishning ijtimoiy tarkibi insonga qaratilgan boʻlib, 
ijtimoiy 
va 
madaniy tizimlarning 
barqarorligiga 
taʼminlashga 
yoʻnaltirilgandir. Ijtimoiy barqarorlikning muhim jihati neʼmatlarni adolatli 
taqsimlash hisoblanadi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga muvofiq inson 
taraqqiyot obyekti emas, balki uning subyekti sanaladi. Barqaror rivojlanish 
konsepsiyasi inson tanlovini kengaytirish asosiy gʻoya ekanligiga tayangan 
holda insonning oʻz hayot faoliyatini shakllantirish, qaror qabul qilish, 
ularni amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish jarayonida toʻlaqonli 
qatnashishi lozimligini nazarda tutadi. Ekologiya nuqtayi nazaridan 
barqaror rivojlanish jismoniy va biologik tabiat tizimining yaxlitligini 
taʼminlash zarur. Bunda global biosferaning barqarorligini taʼminlab 
beruvchi ekotizim muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy resurslarning 
degradatsiyalashuvi, atrof-muhitning ifloslanishi va biologik xilma-
xillikning yoʻqolib borishi ekologiya tizimining qayta tiklanish qobiliyati, 
imkoniyatlarining qisqarishiga olib keladi.
Barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy, 
ijtimoiy va ekologik komponentlarni oʻzaro muvofiqlashtirish murakkab 
vaziyat hisoblanadi. Ushbu jarayonda uch konsepsiyaning oʻzaro taʼsir 
mexanizmlari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va ijtimoiy komponentlar 
jamiyat oldidagi bir avlod mobaynida adolatga erishish va aholining 
kambagʻal guruhlariga maqsadli yordam koʻrsatish kabi yangi vazifalarni 
qoʻymoqda.
5
https://www.researchgate.net/ 


31 
Iqtisodiy va ekologik komponentlar atrof-muhitga tashqi taʼsir 
qiymatini baholash zarurligi bilan bogʻliq yangi gʻoyalarning paydo 
boʻlishiga olib keldi. Ijtimoiy va ekologik komponentlar esa avlodlar ichida 
va oʻrtasida tenglikni taʼminlash kabi masalalarning dolzarbligini 
oshirmoqda.
BMT Bosh Assambliyasining 1989-yil dekabr oyidagi 44/428-sonli 
rezolyutsiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish 
maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chaqirish toʻgʻrisida qaror 
qabul qilindi va u alohida mavzu tariqasida kun tartibiga kiritildi
6
. Barqaror 
rivojlanish konsepsiyasi davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining 
xususiyat, mohiyat va tarkibiy jihatdan bir meʼyorda rivojlantiruvchi 
qarashlar tizimidir. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqarish va 
isteʼmol qilish, aholining oʻsishi va ijtimoiy himoyasi oʻrtasidagi 
muvozanatni rivojlangan va rivojlanish yoʻlida turgan barcha davlatlarda 
saqlashni hisobga oladi.
Barqaror rivojlanishni taʼminlash borasida xalqaro amaliy faoliyat 
BMT tashabbusi bilan ilgari surilgan. 2000-yilda BMTning Bosh 
Assambleyasi tomonidan Ming yillik rivojlanish maqsadlari qabul qilindi va 
2015-yil qoʻyilgan maqsadlarga erishishni hisoblash yili sifatida belgilab 
olindi. Oxirgi oʻttiz yilda BMT har yili 200 dan ortiq davlatni global iqlim 
sammitiga yigʻadi. Conference of the Parties (COP27). Bu 1992-yilda 197 
davlat tarafidan BMT iqlimni oʻzgarish konvensiyasiga qoʻl qoʻyish bilan 
boshlangan. Bu konvensiyani asosiy maqsadi — yerning iqlim tizimiga 
xavfli antropogen taʼsirni oldini olishga bagʻishlangan. Birinchi COP 1995-
yilda Ispaniyada boʻlib oʻtgan, keyin Yaponiyada Kioto protokoli va 
Fransiyada Parij kelishuviga qoʻl qoʻyilgan. 2021-yilda bu sammit 
Shotlandiyaning 
Glazgo 
shahrida 
va 
2022-yilda 
Misr 
Arab 
Respublikasining Sharm al-Shayx shahrida boʻlib oʻtdi va u yerda Glazgo 
iqlim pakti (Glasgov Climate Pact) va “Yoʻqotish va zarar” muammosi 
(rivojlangan mamlakatlar tomonidan iqlim inqirozidan eng koʻp zarar 
koʻrgan, inqirozga eng kam hissa qoʻshgan eng qashshoq mamlakatlarga 
tovon toʻlash) qabul qilindi. Bunda Xalqaro metereologiya tashkiloti 
ekspertlarini tavsiyasi boʻyicha yer sharida havo temperaturasini 1,5 
gradusdan oshirmaslikka va uning salbiy oqibatlariga baho berilgan.
7
Barqaror rivojlanish maqsadlari har bir inson uchun farovon turmush 
tarzini yaratishga xizmat qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, 
ekologik 
6
https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/ 
7
Sharm ash-Shayxda BMT doiraviy konventsiyasi ishtirokchi-mamlakatlari konferensiyasining 27-
sessiyasi materiallari. 


32 
koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu maqsadlar BMTga aʼzo barcha 
davlatlar tomonidan 2015-2030-yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga 
kiritilgan. Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi 17 ta global maqsadlarni 
va ular bilan bogʻliq 169 ta vazifalarni oʻz ichiga olgan:
1.
Qashshoqlikni yoʻqotish;
2.
Ochlikni tugatish;
3.
Sogʻlik va farovonlik;
4.
Sifatli taʼlim;
5.
Gender tengligi;
6.
Toza suv va sanitariya;
7.
Arzon va toza energiya;
8.
Munosib ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy oʻsish;
9.
Sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma;
10.
Tengsizlikni kamaytirish;
11.
Barqaror shaharlar va qulay yashash joylarini yaratish;
12.
Masʼuliyatli isteʼmol va ishlab chiqarish;
13.
Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish;
14.
Dengiz ekotizimlarini asrash;
15.
Quruqlik ekotizimlarini asrash;
16.
Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv;
17.
Barqaror rivojlanish yoʻlida hamkorlik.
Mamlakatimizda ham ushbu maqsadlardan 16 tasi milliylashtirish va 
amalga oshirish vazifasini oʻz oldiga qoʻygan.
Barqaror rivojlanish doirasida barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, 
toza texnologiyalarga oʻtish (energiya tejamkor, suv tejovchi, kam chiqitli), 
“yashil iqtisodiyotni” ni shakllantirish muammolari xalqaro iqtisodiy
ekologik konferensiya va forumlarda muhokama etib kelinmoqda. Xususan, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2030-yillar davrida 
Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi 
toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2-dekabr 2022-yilda 2030-yilgacha Oʻzbekiston 
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan islohotlar 
samaradorligini oshirish boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”
8
gi qarorlarni 
amaliyotga tatbiq etilishi ushbu muhokamalarning negizini tashkil etadi. 
Shuningdek, respublikaning ekologik siyosati tabiatning alohida 
elementlarini 
muhofaza 
qilishdan 
ekologik 
tizimlarni 
umumiy 
muhofazasiga oʻtishni amalga oshirishga, inson yashash muhitining maqbul 
koʻrsatkichlarini kafolatlashga va oʻzaro aloqani iqtisodiyot tarmoqlarini 
8
https://lex.uz/uz/docs/6303230 


33 
“yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asosan rivojlantirish mexanizmlari bilan 
uygʻunlashtirishga yoʻnaltirilgan.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə