Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


 Ekologik muammolar va ularni hal etish yoʻllari



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

2.3. Ekologik muammolar va ularni hal etish yoʻllari
Bundan roppa-rosa 10 yildan soʻng dunyo manzarasi qanday boʻlishi 
haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay 
tarzda oʻzgarishi mumkinligi haqida-chi? Hozirgi anʼanalarimiz qay 
darajada oʻzgarishi mumkin deb hisoblaysiz? Shunisi maʼlumki, yer 
sharining ekologik vaziyati oʻtgan asrga nisbatan misli koʻrilmagan 
darajada oʻzgarishga ulgurishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga 
qargʻishiga sabab boʻluvchi muammolarni ham vujudga keltirdi. Garchi 
ushbu 
hodisalar 
dunyo 
hamjamiyatini 
global 
ekologik 
muammolar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlish, tadqiqotlar olib 
borish va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlarni 
amalga oshirishga undab kelayotgan boʻlsa hamki, koʻpchilik mamlakatlar 
va millatlar bu muammolarning koʻlami shabadasini seza olishmayapti 
yoxud ular oʻzlarini mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda. Ekologik 
barqarorlikni taʼminlash, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi 
uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va 
samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib boʻlgan 
muammolarga yechim topish, ularni oqilona hal qilish kabi masalalarga qay 
darajada ahamiyat berib kelinmoqda. Afsuski, bu mavzuda shunchaki reja 
va konsepsiyalar ishlab chiqilib, konferensiya mavzusi sifatida qarab 
kelinmoqda.
Yashil iqtisodiyotga oʻtishdagi muhim muammolardan biri atrof-
muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish oqibatida 
yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning keskinlashib borayotganligi 
hisoblanadi. Ekologik muammo tabiiy muhit tarkibi va amal qilishning 
oʻzgarishi, texnogen yoki tabiiy ofatlar natijasida sodir boʻlishi mumkin. 
Ekologik muammolar tabiiy muhitga taʼsir qilish kuchiga qarab turli 
darajalarga ajratiladi. Ekologik muammoning taʼsir kuchi uning intensivligi 
va oʻzgarishlarning tarqalish maydoni hamda ayrim ekologik muammolarga 
xos belgilar boʻyicha aniqlanadi

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə