Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

Ilmiylik prinsipi
tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi ham 
tabiatning, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur bilish, fan va 
texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslanib masalani yechimini nazarda 
tutadi.
Optimallik prinsipi
tabiatdan samarali foydalanishning taʼminlashni, 
tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarishning yang maqbul variantlarini 
tanlashni, xoʻjalik faoliyati ekologik-iqtisodiy manfaatlarni hisobga olinishi 
kerak.
Mintaqaviylik prinsipi
maʼlum hududlarda ularning tabiiy-ekologik 
va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, mintaqa rivojlanishi istiqbollarini hisobga 
olib, tabiatdan foydalanish va uni muhofazasini tashkil etishga asoslanadi.
Komplekslilik prinsipi
birlamchi tabiiy xomashyodan ratsional 
foydalanish va uni chuqur qayta ishlashni talab qiladi. Hududiy ishlab 
chiqarish komplekslarining shakllanishi va korxonalarning rivojlanishi 
chiqindisiz va kam chiqindili ishlab chiqarishga asoslanishi kerak.
Toʻlovlilik prinsipi
tabiiy resurslardan foydalanishni toʻlovlar asosida 
amalga oshirishni. Ularni tejashni, xoʻjalik yuritish sharoitlarini 
tenglashtirishni, tabiatdan yuqori samarada foydalanishni ragʻbatlantirishga 
asoslanadi.
1.4. Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti fanining ahamiyati, 
maqsadi va vazifalari
Hozirgi vaqtda yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonlari jamiyat 
rivojlanishining barcha sohalarida kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida, 
insonni atrof-muhit va tabiiy resurslar toʻgʻrisidagi taʼlim berish 
ahamiyatini oshirmoqda. Eng avvalo, insonlarda tabiat oldidagi 
masʼuliyatini his etishni shakllantirish muhimdir. Hozirgi avlod tabiat va 
jamiyat oʻzaro aloqalarining yangi bosqichi Barqaror rivojlanish 
maqsadlariga oʻtishni taʼminlashga masʼuldir. Mamlakatimizning yangi 
rivojlanish bosqichida barcha sohalar kabi atrof-muhitni muhofaza qilish, 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarning inson 
salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan 


21 
ishlar barqaror rivojlanish kafolati boʻlmoqda. Albatta, bu islohotlarning 
huquqiy asoslari Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida soʻngi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi 
prezidentining “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining 
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, 
04.10.2019-yil 
PQ-4477-sonli 
hamda Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” 
iqtisodiyotiga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish 
boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori 02.12.2022-yil PQ-436-son, 
qabul qilindi. Shuningdek, Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun va Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida qoʻyilgan vazifalar va talablarga muvofiq jamiyatning
ekologik madaniyatini, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish 
maqsadlarida uzluksiz taʼlim-tarbiyani ommaviy va kompleks tizimi izchil 
amalga oshirilayotir. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 
“Oʻzbekiston Respublikasida ekologik 
taʼlimni 
rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi.
Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib 
borayotganligi inobatga olinib, soʻnggi yillarda muhim ustuvor vazifalar 
bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik 
taʼlim-tarbiya, ekologik maʼrifat masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. 
Ekologik taʼlimning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof 
muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik 
madaniyatini oshirish, ushbu oʻta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining 
barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qoʻshishi zarurligi bilan 
belgilanadi. Biroq, ekologik taʼlimni amalga oshirish jarayonining tizimli 
tahlili ekologik taʼlimni tashkil etishda bu boradagi islohotlarni toʻliq 
roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qiluvchi jiddiy muammo va kamchiliklar 
saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda.
Uzoq yillar mobaynida tabiatga yetkazilgan taʼsir oqibatida tabiiy 
muvozanatga putur yetkazib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib esa, 
insoniyat va uning ertangi taqdirini aynan shunday masalalarni hal etishni 
taqozo qilmoqda. Aholining ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-
muhitga oqilona munosabatda boʻlish, tabiiy resurslarni kelgusi avlodlar 
uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish antropogen taʼsirlarning oldini 
olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik taʼlim-tarbiyaning ahamiyati 
ham nihoyatda yuqori. Zero, ekologik taʼlim-tarbiya tabiat va jamiyat 
oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda 
muhim ahamiyatga egadir.


22 
Shuning uchun “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” kursini 
oʻrganish jarayonida olinadigan bilimlar iqtisodiyot yoʻnalishidagi 
mutaxassislarni fundamental tayyorlashning zaruriy shartidir. Ushbu fanni 
oʻrganish hozirgi ekologik-iqtisodiy siyosiy muammolarni toʻgʻri 
tushunishga, 
istiqbolda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning 
muvozanatlashgan yechimini topishni taʼminlaydigan barqaror ekologik 
rivojlanishning milliy strategiyasi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishga, 
shuningdek ularni amalga oshirish sohasida amaliy koʻnikmalar olishga 
imkon beradi.
Ushbu fanni oʻrganishda B.Kommoner tavsiya etgan quyidagi tabiat 
iqtisodiyoti qonunini har tomonlama hisobga olish kerak: hammasi 
hammasi bilan bogʻlangan; hammasi qayoqqadir gʻoyib boʻladi; hech narsa 
bekor inʼom qilinmaydi; tabiat yaxshiroq biladi.
“Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” kursining maqsadi 
talabalarga tabiat va iqtisodiyot oʻrtasidagi aloqalarning asosiy 
qonuniyatlarini va prinsiplarini bilish, barqaror rivojlanishni taʼminlash 
maqsadida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni takror ishlab 
chiqarish, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammoli masalalar mamlakatda 
amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, xususan, iqtisodiy oʻsish va 
kambagʻallikni qisqartirish, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini 
taʼminlashga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Shundan kelib chiqib, 
ushbu yoʻnalishda mamlakatda iqlim oʻzgarishi taʼsirini kamaytirish va 
unga moslashish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini jadallashtirish, 
“yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsish modelini qoʻllash, atrof-muhitni 
muhofaza qilishning murakkab, koʻp omilli, fanlararo muammolarini tadqiq 
etishga, xalq xoʻjaligida yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va ularni 
amaliyotda qoʻllash yoʻnalishlarini belgilashdan iboratdir.
“Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” kursining asosiy vazifalari 
quyidagilarni oʻrganish kiradi:
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xoʻjalik faoliyatining 
atrof-muhitga taʼsirini;
- mamlakat aholisiga sogʻlom muhit yaratish;
- tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy resurslarning 
kamayishi natijasida yetkaziladigan iqtisodiy zararni kamaytirish;
- ekologik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ekotizim xizmatlari va 
bozorini shakllarini rivojlantirish;
- tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solishning
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va rivojlantirish;
- tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish;


23 
- milliy iqtisodiyotning tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan 
barqarorligini tahlil qilish;
- milliy iqtisodiyot, xususan, sanoatning “yashil” va kam uglerodli 
rivojlanishini taʼminlash;
- innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb 
qilish va boshqalar.
Bu vazifalarning yechimini topishda, eng avvalo ularni keltirib 
chiqaradigan sabablar va kuzatilayotgan koʻngilsiz oqibatlarini murakkab 
tizimi aniqlanishi kerak. Bunda asosiy eʼtibor tabiiy resurslarni tiklash, 
ekspluatatsiya qilish va qayta ishlash. Birinchi navbatda quyidagilar 
oʻrganiladi:
- ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishining ijtimoiy ishlab chiqarishni 
identifikatsiyalashning asosiy richagi sifatida ekologik-iqtisodiy oqibati;
- investitsiya va struktura siyosatining atrof-muhit holatiga va tabiiy 
resurslarni takror ishlab chiqarish holatiga taʼsiri;
- ekologik-iqtisodiy boshqaruv va tabiat muhofazasi yoʻnalishidagi 
xoʻjalik yuritish tizimi;
- tabiatdan foydalanish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish va 
muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə