Innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 131,5 Kb.
səhifə1/10
tarix26.10.2023
ölçüsü131,5 Kb.
#131878
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ta\'lim tarbiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI



KELISHILGAN”
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori:____________K.D.Kuliyev_
Roʻyxatga olindi:
№ BD________________
2023 yil “__”________




TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori
___________Sh.Sh.Negmatova
2023 yil “__”__________



Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish
FAN DASTURI



Bilim sohasi:

100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

110 000 – Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:

60110200 –Maktabgacha ta’lim



Samarqand-2023

Fan/modul kod
MTTE110

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
1-2

ECTS – Kreditlar
10

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O’zbek

Haftadagi dars soatlari
4



1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami
yuklama (soat)

Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish

120

180

300

2.



I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsaad — fanning umumiy asoslari, maktabgacha ta’limni tashkil etishning zamonaviy usullari, nazariyasi va amaliyoti, Uziga xos xususiyatlari, ta’limiy va
tarbiyaviy jixatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirish tamoyillari unga kuyilgan talablar, bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish muammolari, ularda o‘z fikrini erkin bayon qilish, yoshga doir zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bolalarni ma’naviy, jismoniy,aqliy, axloqiy, iqtisodiy, huquqiy va ekologik ta’limini amalga
oshirishning metod va vositalarni o‘rgatish. MTT rahbar va pedagoglar faoliyatini va ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilantanishtirish.
Fanning asosiy vazifalari- maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan o‘rni va tamoyillari, boshqa fanlar bilan uzviyligi; maktabgacha ta’limdagi nazariy va amaliy bilimlarni egallash, ilmiy tadkikot metodlaridan foydalanish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatni rejalashtirish va tashkil qilish metodikasini, maktabgacha talim tashkiloti ishining mazmuni va metodlarini, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish, maktabgacha ta’limning uzviyligi va uzluksizligi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada tarbiya jarayonini tashkil etish malakalari kabi bilimlarni shakllantirish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari.
Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fani haqida umumiy tushuncha. Maktagacha
pedagogika fanining predmeti va asosiy vazifalari . Maktagacha pedagogika fanining barkamol insonni tarbiyasidagi o‘rni. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi ta’limotlari. Maktabgacha pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari.


2-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tarixi.
Maktabgacha pedagogikaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari. Maktab va maktabgacha ta’limning tashkil topishi, O‘zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi dunyodagi maktabgacha ta’lim. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimiga yangicha yondashuv. Maktabgacha ta’limga doir farmon, qaror va farmoishlarni sohaga keng tadbiq etish usullari. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish haqida. O‘zbekistondagi maktfbgacha ta’lim tizimidagi me’yoriy asoslari. O‘zbekiston Respublikasining ”Maktabgacha ta’lim va tarrbiya to‘g‘risidagi qonuni”ni. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tuzilishi va turlari.



Yüklə 131,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə