Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari dars olib borish jarayoni



Yüklə 29,43 Kb.
səhifə3/3
tarix22.01.2023
ölçüsü29,43 Kb.
#99026
1   2   3
Insoniyat tarixida tarbiya va ta’limning rivojlanish bosqichlari

ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to’plami, o’quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma`lum darajasi bilan belgilanadi. Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan bilimlar muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. U individning ijtimoiylashishi, odamning sotsium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O’tgan asrda ta’lim mazmunini siyosiylashtirishga, urinishga qaratilgan harakatlarning yuzaga kelganligi uning mazmunini belgilashda ekstensiv vondashish (miqdoriv — sonini ko’pavtirish) yetakchi o’rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o’quv fanlari sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida, o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratilib, o’quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o’z yechimini topmadi.
Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual guruhli, sinf dars, ma’ruza, seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. O‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi individual; sinf dars; ma’ruza seminar. Ta’limni tashkil etish shakllari: An’anaviy ta’lim shakli, noan’anaviy ta’lim shakli va yordamchi ta’lim shakli.
Shuni unutmaslik kerakki, o’quv yurtlarida ta’lim ishlari faqat sinf-dars shaklida olib borilmasdan, balki amaliy mashg’ulotlar, tajriba ishlari shaklida ham olib boriladi. Bu mashg’ulotlar sinfdan va maktabdan tashqarida fakul’tativ mashg’ulotlar, to’garaklar, ekskursiyalar shaklida olib boriladi. Dars – ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bo’lishi, bilimlar mustahkam o’zlashtirilishi, o’quvchi-talabaning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan holdatashkil etilishi dars oldiga qator didaktik talablarni qo’yadi.
Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning o’ziga xos tashkiliy shakllari mavjud. Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud, bularga ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg’ulotlar, kafedra o’qituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, o’quv kurslari bo’yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar oliy ta’limning ko’p qirrali yo’nalishlari va shakllaridir.
Oliy ta’lim tizimida ma’ruza o’quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og’zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi. Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o’qituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llardan biri – o’qituvchi bilan talabalar o’rtasida do’stona, faol munosabatlarni tiklab olinishdan iborat.
Yüklə 29,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə