Interfaol ta’lim metodlari


Farzandingizga kitob tanlashda adashmang!!!



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə7/15
tarix11.03.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#102290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Interfaol ta’lim metodlari

Farzandingizga kitob tanlashda adashmang!!!
Ushbu qo‘llanma mualliflari Shuxrat Nurgaziyev va Ilyosxo‘ja Bekmirzayevlar tomonidan yangicha yondashuv asosida yaratilgan «Muhim so‘zlar» hamda «Raqamli tarix» o‘yini singari ta’limiy o‘yinlarni keyingi sinflar uchun mo‘ljallab chop etiladigan qo‘llanmalarimizda berib boramiz. Masalan: 7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligini mukammal o‘rganish bo‘yicha chop etiladigan qo‘llanmamizda «Egizaklar» o‘yini asosida shakllantirilgan topshiriqlarni Sizlarga taqdim etamiz. Odam qiziqish bilan o‘rgangan narsasini bir umr unutmaydi.
O‘zbekistonda ta’lim tizimida tarix fani bo’yicha ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu innovatsion loyiha siz va o’quvchilaringiz uchun manzur keladi degan umiddamiz.
Ushbu qo’llanma Xalq ta’limi a’lochisi Shuhrat Nurg’oziyev va Ilyosxo’ja Bekmirzayev tomonidan yaratilgan.
Ushbu «Ta’lim metodlari» bo’limi ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish, o’quv jarayonida treninglar, yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhlar va jamoada ishlashni tashkil qilgan holda ilg’or ta’lim metodlarini amaliyotga joriy qilish hamda pedagogik jarayonga yangicha yondashuv masalalariga bag’ishlangan. «Ta’lim metodlari» bo’limida o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. 

Hozirgi ta’lim metodlarining asosiy turlari



Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan ta’lim metodlari xilma- xil hamda ko’p sonli bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega, muayyan maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va boshqa sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, bu metodlarning xdr biri muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun mos bo’lib, uning o’rniga boshqa metodni qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki boshqa metod ushbu maqsad uchun mos emas ekanligi ma’lum.
Shu sababli ta’lim metodlarining kaysinisidan qaysi maqsad uchun foydalanish ko’zda tutilgan samarani berishini bilish muhim ahamiyatga ega. Lekin bu masala hozirgacha to’liq o’rganilgan emas. Bu masala avvalo ta’lim metodlarini ma’lum belgilariga ko’ra turlarga ajratib olish va ularning asosiy xarakteristikalarini aniqlashni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim metodlarini turlarga ajratish dolzarb masaladir. Buni hal qilish uchun zamonaviy ta’lim metodlarining turlarga ajratish uchun zarur bo’lgan asosiy belgilarini aniqlab olish lozim. Bu belgilar quyidagilar bo’lishi mumkin:
Bajaradigan vazifasiga, ko’zda tutiladigan natijaga, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga, pedagogik va psixologik yo’nalishlariga, ta’lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga, ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o’qitishga, nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga, o’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli va boshqa belgilar.

Shu belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. Bajaradigan vazifasiga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə