Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari



Yüklə 83,89 Kb.
səhifə10/10
tarix27.12.2023
ölçüsü83,89 Kb.
#161681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy ehtiyoj, ne\'mat va resurs tushunchalari-fayllar.org

Qisqa xulosalar
Bizning ehtiyojlarimizni qondirish uchun talab etiladigan aksariyat iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish zarur bo ladi. Buning uchun esa ma'lum miqdordagi iqtisodiy resurslar, ya'ni yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv malakasi, kapital, xomashyo va materiallar, axborot talab etiladi.
Jamiyatning butun iqtisodiy tizimi asosan ikkita fundamental muammo ustiga qurilgan bo'lib, uni iqtisodchilar iqtisodiyotning bosh muammosi deb ataydilar: jamiyat va uning a'zolari bo'lmish indivudial shaxslar, firmalar va tashkilotlarning moddiy ehtiyojlari cheksiz; moddiy ehtiyojlarni qondirish vositalari, ya'ni tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan yoki taqchil (noyob). Bunday holat jamiyat a'zolarining o'z ehtiyojlarini toliq qondirishga bo'lgan imkoniyatlarini doimo va muqarrar ravishda cheklab turadi.
Jamiyat a'zolarining moddiy ehtiyojlari cheksiz va resurslarimiz cheklangan ekan, hech qachon cheksiz ehtiyojlarimizni to liq qondirish mumkin emas. Shunday ekan, iqtisodchilar jamiyat ixtiyorida mavjud cheklangan (taqchil) resurslardan optimal foydalangan holda chеksiz ehtiyojlаrni mаksimаl dаrаjаdа qоndirish ustidа bоsh qоtirishlаrigа to`g`ri kеlаdi. Buning uchun mаvjud rеsurslаrdаn оqilоnа vа sаmаrаli fоydаlаnish yo`llаrini izlаb tоpish zаrur bo`lаdi.

Iqtisodiy tanlov tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda cheklangan resurslardan foydalanishning muqobil variantlari ichidan cheksiz ehtiyojlarni maksimal qondirishga imkon beruvchi eng optimal variantni tanlashni anglatadi. Iqtisodiy tanlov firmalarni belgilangan maqsadga erishish uchun xo'jalik yuritishning ratsional usullarini tanlashga, eng kam xarajatlar evaziga maksimal hajmda mahsulot ishlab chiqarish va maksimal foyda olishga undaydi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy subektlarni ikkiga bo'lib qaraydi - iste'molchilar (uy xo'jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste'molchining maqsadi - mumkin darajada ozining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bolsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat korsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.

Iqtisodiy doiraviy aylanish modelida iqtisodiyot ikki sektorga bo'linadi: uy xo'jaliklari va firmalar. Uy xo'jaliklari o'z resurslarini (ishchi kuchi, kapital, xomashyo, yer va boshqa) firmalarga sotib daromad oladilar hamda bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o'zlarining tovar va xizmatlarini sotib, undan tushgan daromadni uy xo'jaliklaridan resurslar sotib olishga ishlatadilar. Ehtiyoj va ne'mat tushunchalari nimani anglatadi?






1 Ю.В. Тарануха. Микроэкономика ( в структурно-логических схемах). М.: Дело и сервис, 2002. – стр. 6 аsоsidа таyyorlаngаn.





http://fayllar.org

Yüklə 83,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə