Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari


Resurslar va ne'matlarni taqsimlashning bozor mexanizmi



Yüklə 83,89 Kb.
səhifə8/10
tarix27.12.2023
ölçüsü83,89 Kb.
#161681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy ehtiyoj, ne\'mat va resurs tushunchalari-fayllar.org

Resurslar va ne'matlarni taqsimlashning bozor mexanizmi.


Iqtisodiy doiraviy aylanish mоdеli
Bozor - bu xaridorlar va sotuvchilar ozaro munosabatga kirishadigan mexanizm bolib, unda kelishuvlar orqali resurslar, tovarlar va xizmatlar bilan ayriboshlash amalga oshiriladi.


Bozor - bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlarni uchrashadigan joyi, ular ortasida kelishilgan narx boyicha tovar almashuvi sodir boladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma'lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor togrisida axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar otkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bogliq. Bunday xarajatlar transaksion xarajatlar bo lgani uchun ham, bozorni transaksiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u darornadlarni samarali faoliyat ko'rsatayotgan sub'ektlar, ya'ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali foydalanayotgan xo'jalik sub'ektlari hisobiga qayta taqsimlaydi.
Bozorlar o'zining hududiy masshtabiga ko ra mahalliy, milliy va xalqaro bozorlarga bo'linadi. Oldi-sotdi ob'ekti bolib resurslar (ishchi kuchi, kapital, xomashyo, yer, tadbirkorlik qobiliyati, axborot), iste'mol tovarlari va xizmatlar hisoblanadi. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.
Bozorning samarali faoliyat ko'rsatishi transaksion xarajatlar bilan bogliq. Transaksion xarajatlar - bu ozaro tovar ayriboshlash sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bolib R. Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y.). Transaksion xarajatlar o'z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o zaro kelishuv va uchrashuvlar o'tkazish bilan bog liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bogliq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar.
Bozor iqtisodiyotida har bir individ o'z shaxsiy manfaatini ko'zlab harakat qiladi. Bunda firmalar va resurs egalari bo'lgan uy xo'jaliklari eng kamxarajat evaziga o'zlarining daromadlarini (foydasini) maksimallashtirishga urinsa, iste'molchilar tovarlar va xizmatlarga sarflagan har bir so'm xarajatidan olinadigan naflilikni maksimallashtirishga intiladi.
Bozor iqtisodiyotining tarafdorlari bu mexanizmni resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish barqarorligini va aholi bandligini hamda iqtisodiy o'sishni ta'minlashning eng samarali vositasi deb baholaydi. Shu tufayli bozor faoliyatiga davlatning har qanday aralashuvi uning samaradorligiga putur etkazadi degan fikrni ilgari surishadi. Ammo, buyuk iqtisodchi Adam Smitning fikricha bozorning har bir ishtirokchisi o'z shaxsiy manfaatlarini qondirish yo'lida tinmay harakat qilib, o'zi bilmagan holda jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qiladi (go'yo “ko'rinmas qo'l” orqali).
Erkin bozor iqtisodiyotida: ishlab chiqarish va iste'mol xususidagi barcha qarorlar firma va uy xo'jaliklari tomonidan qabul qilinadi; bozor resurslarni narx mexanizmi orqali tarmoqlar va firmalar o'rtasida taqsimlaydi; resurslar, tovarlar va xizmatlar narxlari bozor tomonidan talab va taklif nisbati asosida o'rnatiladi.
Bozor iqtisodiyoti quyidagi tamoyillar va institutlarga asoslanadi:
  1. Xususiy mulkchilik.


  2. Tadbirkorlik va tanlov erkinligi.


  3. Shaxsiy manfaatlar - iqtisodiy hatti-harakatning bosh omili.


  4. Raqobatni ragbatlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash.


  5. Narxlar bozorni tartibga soluvchi asosiy meхanizm.


  6. Iqtisodiyotga davlat aralashuvining minimal darajagacha cheklanganligi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida individual tanlov, shaхsiy manfaatni qondirishga urinish, ratsional (oqilona) hatti-harakat, foyda olishga intilish va moslashuvchanlik (hamkorlik) iqtisodiy mushohada mafkurasi negizini tashgkil etadi.


Har qanday iqtisodiy tizimda bozorlar narх orqali resurslarni taqsimlashda markaziy va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bozor tizimida noyob ne'matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida yechiladi:

  • optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyat va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish;


  • muqobil xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish variantlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.


Iqtisodiy sub'ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko ra oz maqsadlariga erishishi uchun xojalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy sub'ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma'lum natijalarni olish uchun xarajatlarni minimallashtiradi.


Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub'ektlarni ikkiga bolib qaraydi - iste'molchilar (uy xojaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste'molchining maqsadi - mumkin darajada ozining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bolsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirishdan iboratdir.

Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:


  1. ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;


  2. iste'molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste'mol qiladi) muvofiqlashtirish;


  3. ishlab chiqarish va iste'mol qilish bo yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.


Bu muammo ishlab chiqarish omillari (resurslar), iste'mol tovarlari va xizmatlar oqimining doiraviy aylanish modeli orqali tahlil qilinadi (2.6- rasm). Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, umuammoning ikkinchi darajali tomonlarini e'tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi ozgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen ozgaruvchilar tashqi ozgaruvchilar bo'lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen ozgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi.








    1. Yüklə 83,89 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə