Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari


rasm. Iqtisodiy doiraviy aylanish modeli



Yüklə 83,89 Kb.
səhifə9/10
tarix27.12.2023
ölçüsü83,89 Kb.
#161681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy ehtiyoj, ne\'mat va resurs tushunchalari-fayllar.org

rasm. Iqtisodiy doiraviy aylanish modeli

Iqtisodiy doiraviy aylanish modelida iqtisodiyot ikki sektorga bo'linadi: uy xo'jaliklari va firmalar. Uy xo'jaliklari o'z resurslarini (ishchi kuchi, kapital, xomashyo, yer va boshqa) firmalarga sotib daromad oladilar hamda bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o'zlarining tovar va xizmatlarini sotib, undan tushgan daromadni uy xo'jaliklaridan resurslar sotib olishga ishlatadilar.


Ko'rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste'mol qilish kerak, nima ishlab chiqarish kerak degan masalani uy xo'jaliklari hal qiladi. Uy xo'jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo'lishi kerak. Firmalar, o'z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo'jaliklari iste'mol qilish uchun rejalashtirgan ne'matlarni olishlari kerak, ya'ni ular iste'mol qilish boyicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak boladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste'mol ne'matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xojaliklari sektori ortasidagi ozaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi boyicha ozaro munosabatda bolsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi boyicha ozaro munosabatda bolsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Har bir bozor ozining ikkita qaror qabul qiluvchi subektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne'matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta'minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xojaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bolib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning ozida jamiyatdagi noyob ne'matlarni taqsimlash muammosini yechish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste'mol qilishni cheklash togrisida signal bolsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash togrisida muhim axborot bolib xizmat qiladi.
Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta'minlaydi, ne'matlarni ratsional iste'mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx yer, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bogliq xarajatlarga transaksion xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar qarorlarini vaqt bo yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne'matlar bozorining (fyuchers) vujudga kelishi bilan bogliqdir. Kelajakdagi ne'matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari to g risida tasavvurga ega bolishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi togrisida axborot beradi. Iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko ra, ozlarining joriy xojalik rejalarini qayta ko rib chiqadilar va ozlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.

Yüklə 83,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə