Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari


Ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulotning optimal tarkibi



Yüklə 83,89 Kb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü83,89 Kb.
#161681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy ehtiyoj, ne\'mat va resurs tushunchalari-fayllar.org

Ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulotning optimal tarkibi

Har bir jamiyat, firma yoki tadbirkor cheklangan iqtisodiy resurslarga ega va bu holat ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimiy ravishda cheklab turadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyat yoki firmaning muayyan teхnologik rivojlanish bosqichida mavjud resurslardan toliq va samarali foydalanib maksimal hajmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini aks ettiradi.


Resrslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham cheklab turadi. Shunday ekan jamiyat va firmalar mavjud resurs zaxiralarini qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yonaltirish xususida tanlov qilishga majbur boladi. Tahlilni soddalashtirish uchun firma faqat ikki xil mahsulot, masalan televizor va muzlatkich ishlab chiqaradi deb faraz qilaylik. Firma 100 mln. dollar kapitalga ega. Tabiiyki firma resurslar cheklanganligi sharoitida bir vaqtning ozida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshirishga erisha olmaydi. Firma oldida ishlab chiqarish hajmi xususida qaror qabul qilishning 5 xil varianti mavjud deylik (2.1-jadval).

2.1-jadval



Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvali


Mahsulot turlari


1


2


3


4


5


Tеlеvizor

100 000

75 000

50 000

25 000

0



Muzlatkich

0

18 000

28 000

34 000

40 000

Manba: shartli raqamlar

Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma lumotlardan korinib turibdiki, birinchi variantda firma barcha resurslarini televizor, beshinchi variantda esa muzlatkich ishlab chiqarishga yonaltirishi mumkin. Bunda ikkinchi xil mahsulot ishlab chiqarish hajmi nolga teng boladi. Birinchi variantda beshinchi variantga borgan sari televizor ishlab chiqarish hajmi qisqarib, muzlatkich ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Firma cheklangan resurslaridan kelib chiqqan holda televizor yoki muzlatkich ishlab chiqarishning besh xil varianti ichidan bittasini tanlashga majbur. Masalan, ikkinchi variantda 75 000 telivizor va 18 000 muzlatkich ishlab chiqarish imkoni bo'lsa, to'rtinchi variantda 25 000 televizor va 34 000 muzlatkich ishlab chiqarish mumkin.


Mazkur ma'lumotlarni grafik ko'rinishida tasvirlasak firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i hosil bo'ladi (2.4-rasm).


Yüklə 83,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə