Iqtisodiy ehtiyoj, ne'mat va resurs tushunchalari


Muzlatgich rasm. Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i



Yüklə 83,89 Kb.
səhifə7/10
tarix27.12.2023
ölçüsü83,89 Kb.
#161681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiy ehtiyoj, ne\'mat va resurs tushunchalari-fayllar.org

Muzlatgich




  1. rasm. Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i

Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i ustidagi har bir nuqta (А, B, C, D va E) firmaning mavjud resurslari doirasida maksimal ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini ko'rsatadi. Agar ishlab chiqarish hajmi F nuqta ustida bo'lsa, demak firma mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to'liq foydalanmayapti yoki resurslardan samarasiz foydalanyapti. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idan tashqari yotgan K nuqta firmaning hozirgi resurs salohiyati darajasidan tashqarida yotganligi bois unga erishish imkoni yo'q. Ammo kelgusida firmaning resurs salohiyati oshganda unga erishish mumkin bo'ladi.


Biz yuqorida firmaning resurslari hajmi va texnologiyalar darajasi o'zgarmas bo'lgan holatda ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ini qaradik. Resurslar taklifining oshishi, texnik taraqqiyot ta'sirida texnologiyalarning takomillashuvi firma va jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi. Uzoq muddatli oraliqda firma resurs salohiyatining oshishi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ida o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Firma resurs salohiyatining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshishiga olib kelish tufayli ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi parallel ongga (2.4-a-rasm) yoki bir tomonlama sirilishi mumkin (2.4-b-rasm).



b)



  1. rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idagi o'zgarishlar

Agar firma toliq bandlik va toliq ishlab chiqarish darajasida faoliyat korsatsa, u ishlab chiqarish variantlaridan qaysi birini tanlashi maqsadga muvofiq? Bu savolga aniq bir javob berish mushkul, chunki jamiyat yoki firmaning rivojlanish darajasi, undagi qadriyatlar va turmush tarzi, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullari, texnologiyalarning rivojlanishi darajasi hamda talabdan kelib chiqib, har bir firma bu savolga ozicha javob topishga harakat qiladi. Nima bolganda ham bu savolga javob topishda optimallik va samaradorlik shartlaridan kelib chiqish kerak.





    1. Yüklə 83,89 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə