Iqtisodiy tahlil o‗tkazish metodikasi quyidagi



Yüklə 23,96 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü23,96 Kb.
#143070
“Statistika” fanidan oraliq nazorat


3.5. Iqtisodiy tahlil bosqichlari
Iqtisodiy tahlil o‗tkazish metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarni o‗z ichiga
oladi:
1. Dastlabki baholash. Dastlabki baholashda axborotlar ishonchligini
baholashni, moliyaviy hisobotlarni o‗qish va uning muhim ko‗rsatkichlar tizimini
baholashni, aylanma mablag‗lar va uzoq muddatli aktivlar, o‗z va qarz mablag‗lari
bilan bog‗liq ko‗rsatkichlar tizimini mutlaq ifodasi bilan chuqur tahlil etish orqali
aniq xulosalarni shakllantirish nazarda tutiladi.
2. Ekspress-tahlil. Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash asosida
korxonaning joriy va istiqbolli to‗lovga qobilligini, ish va bozor aktivligini
o‗rganish asosida korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishni anglatadi.
107
Ekspress-tahlilning maqsadi xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy
holati, rivojlanish dinamikasini operativ, vizual baholashdan iborat. Ekspresstahlilni amalga oshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- rasmiy xususiyatlarga ko‗ra hisobotni ko‗rish;
- auditor xulosasi bilan tanishish;
- korxona hisob siyosati bilan tanishish;
- hisobotdagi ―og‗riqli‖(muammoli) bandlarni aniqlash va ularni dinamik
baholash;
- asosiy ko‗rsatkichlar bilan tanishish;
- tushuntirish xatini o‗qish;
- haqqoniy balans ma‘lumotlari asosida mulkiy va moliyaviy holatni
baholash;
- tahlil natijalari bo‗yicha xulosalarni shakllantirish.
Ekspress-tahlilda quyidagi muhim o‗zgarishlarga ahamiyat qaratiladi: davr
oxiriga balans jamining davr boshiga nisbatan o‗sishiga; aylanma aktivlarning
o‗sishi uzoq muddatli aktivlarning o‗sishidan yuqori bo‗lishiga; xususiy
kapitalning qarz kapitalidan ortiq bo‗lishiga; xususiy kapitalning o‗sishi qarz
kapitalining o‗sishidan yuqori bo‗lishiga; debitorlik va kreditorlik
majburiyatlarining o‗sishi bir xilda bo‗lishiga; aylanma aktivlarda o‗z mablag‗lari
hissasi yuqori bo‗lishiga; qoplanmagan zarar qatori bo‗lmasligiga va h.k.
3. Chuqurlashtirilgan iqtisodiy tahlil. Chuqurlashtirilgan iqtisodiy
tahlilning asosiy vazifasi – qaysi mahsulot turlari, qaysi xarajat turlari, qaysi
javobgarlik markazlari tufayli o‗zgarishlar yuzaga kelganligini va bu borada
rahbarlar qanday yo‗l tutishi lozimligiga qaratilgan.
Chuqurlashtirilgan iqtisodiy tahlilning asosiy maqsadi – xo‗jalik yurituvchi
subyektining joriy davrdagi natijalarini, ularning kelgusidagi kutilishlarini,
moliyaviy holatini keng qamrovli tavsiflashga, baholashga qaratilgan.
Chuqurlashtirilgan iqtisodiy tahlilning asosiy jihatlari quyidagilarga
qaratilgan:
- xo‗jalik subyektining iqtisodiy va moliyaviy holatini baholash;
108
- xo‗jalik subyektining iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil etish;
- mulkiy holatini baholash (analitik balansni tuzish, balansning vertikal
tahlili, balansning gorizontal tahlili, mulkiy holatdagi sifat o‗zgarishlari tahlili);
- moliyaviy holatni baholash (likvidlik va to‗lovga layoqatlilikni baholash,
moliyaviy barqarorlikni baholash);
- moliyaviy xo‗jalik faoliyati natijaviyligini baholash (ish aktivligi, foyda va
rentabellikni baholash, qimmatli qog‗ozlar bozoridagi holatini baholash)ni o‗z
ichiga oladi.
Iqtisodiy tahlilni quyidagi bosqichlardan iborat algoritmini belgilash
mumkin:
- tahlil uchun zarur bo‗lgan axborotlarni yig‗ish;
- axborotlarni qayta ishlash, ko‗rsatkichlarni tanlash va ularni tahliliyligini
ta‘minlash;
- moliyaviy hisobotlarning gorizontal, vertikal, trend tahlilini o‗tkazish;
- moliyaviy hisobotlar ko‗rsatkichlari asosida moliyaviy koeffitsiyentlarni
hisob-kitob qilish, ularning qiyosiy tahlilini qilish, o‗zgarishlarni omilli tahlilini
amalga oshirish;
- xo‗jalik subyektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalari, pul
oqimlarini tahliliy natijalarini chiqarish, ularni yaxshilashning, imkoniyatlarini
aniqlash;
- iqtisodiy tahlil bo‗yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash va amaliy choratadbirlarni belgilash.
Yüklə 23,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə