Iqtisodiy talimot doc


 Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
21.4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyoti to`g`risidagi g`oyalar 
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ularning soni 
sobiq SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo`linishi va boshqalar 
tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a'zosidir. Bu tashkilot 
tuzilganidan buyon (1945 yil 24 oktabr) o`ziga xos yakun yasaldi va 
quyidagilar e'tirof etildi: BMT a'zolari soni 51 tadan 188 ga o`sdi, dunyo 
aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga yetdi (o`sish 
3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH 
dollaridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, ya'ni 4 martadan ko`proq o`sdi. 
1995 yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


372 
rivojlanish masalalari bo`yicha xalqaro konferensiya bo`ldi, unda 150 dan 
ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. 
Butros G’oliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo`yicha Nobel 
mukofoti laureati Kofi Annan) o`z nutqida so`nggi yillarda kambag`allar 
va boylar o`rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan 
hozirgi o`n yillikda 60:1 ga yetdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1 
Sayyoramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og`ir iqtisodiy ahvolda kun 
kechirmoqda, ochig`ini aytganda esa och-yalang`ochdir. Bunday 
differensiatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari
dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog`liqni saqlash (SPID 
va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj 
olmoqda. 
O`zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo munosabatlarining nafi 
hammaga ayon bo`lishiga qaramay, davlatlar o`rtasidagi munosabatlar 
odatda garmoniya asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida 
rivojlanmoqda. Boy va kambag`al mamlakatlar o`rtasida savdodan 
tushadigan daromadlarni taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib 
bormoqda. 4-jadvalda jahondagi mamlakatlarda daromadlar taqsimoti 
keltirilgan (Jahon banki ma'lumotlari). 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə