Iqtisodiy talimot doc


O`TISH DAVRI IQTISODIY NAZARIYALARI



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

O`TISH DAVRI IQTISODIY NAZARIYALARI 
Yangi uyni qurmay, eskisini buzma.
Xalq maqoli. 
22-BOB. O`ZBEKISTONDA MILLIY BOZOR IQTISODIYOTI 
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TAVSIFI 
Iqtisodiyot faqat unga xos bo`lgan ichki qonuniyatlar asosida rivo-
jlanmog`i darkor. Bizning vazifamiz ularni yaxshi tushunib yetishdan va 
o`z xalqimiz manfaatlari yo`lida mohirona qo`llashdan iboratdir. 
I.Karimov 
22.1. Ma'muriy - buyruqbozlik iqtisodiyoti 
oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati 
 
Islohotlar boshlangunga qadar vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni 
har tomonlama tahlil qilmay chuqur iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy inqirozga 
olib kelgan sabablarni, xo`jalik tizimidan qat'iyan voz kechish lozim 
bo`lgan illatlarni aniqlamay turib, jamiyatning sifat jihatdan yangi holatiga 
o`tib bo`lmaydi. 
I.Karimov 
Insoniyat XXI asrga kelib, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining 
mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham 
berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O`zbekiston 
Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va soxta mafkuraning 
oqibatlari quyidagilarda o`z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik 
I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan: 
1.Bir yoqlama rivojlangan, mo`rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan 
markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat. 
2.Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foy-
dalanishga hamda paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim. 
3.Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy dara-
jadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va butlovchi 
qismlar, shuningdek yoqilg`i ta'minotida markazga qaramlik. 
4.Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go`sht-sut mahsulot-
lari)va boshqa xalq iste'moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


385 
5.Paxta xomashyosi mahsulotlarining suv tekinga tashib ketilishi, 
oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar 
jahon bozorida o`ta xaridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni 
ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan O`zbekiston xazinasiga 
tushmaslik. 
6.Iqtisodiy o`sish sur'atlari samaradorligi ko`rsatkichlarining salbiy 
darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi. 
7.Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning 
cheklanganligi. 
8.qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush 
darajalaridagi farqning ortib borishi. 
9.O`zbekiston aholisi turmush darajasi ko`rsatkichlarining sobiq 
SSSRdagi eng oxirgi o`rinlardan biriga tushib qolganligi. 
10.Ekologik muammolarning keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan 
ayovsiz foydalanish, yerlar sho`rlanishining ortishi, cho`l zonalarining 
kengayishi. 
Yuqorida keltirilgan xulosalarni isbotlovchi dallillar jumlasiga quy-
idagilar kiradi: 
1. 1991 yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo`g`i 3,5% i 
pirovard iste'mol uchun respublikada qayta ishlangan. 
2. 1990 yilda respublikada mavjud korxonalarning 38% sobiq itti-
foq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo`g`i 8% korxonalar respublika 
mulkchiligi tasarrufida bo`lgan. 
3. 1988 yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga 
maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan. 
4. "1930 yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami 
daromadi tirikchilik o`tkazish uchun zarur bo`lgan eng quyi darajadan ham 
past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga 
yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi". 
5. Ma'lum sabablarga ko`ra, respublika hozirgi xalq xo`jaligi va 
aholi juda qattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlarning 65% gacha bo`lgan qis-
mini tashqaridan keltirishi majbur edi. Yoqilg`i, stanoklar, asbob 
uskunalar, yog`och-taxta va yog`och materiallari to`g`risida gapirmasak 
ham bo`ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Keltrilgan ma'lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga 
o`tish zaruriyati to`g`risida I.Karimov shunday degan:
...Bozorga o`tish muqarrar. Bu - davr amri, obyektiv reallikdir. 
Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllanti-
rish, odamlar faoliyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


386 
uslubi va vositasidir (Karimov I.A. O`zbekistoning o`z istiqlol va tarqqiyot 
yo`li. T.,O`zbekiston, 1992, 44-bet). 
Bozorga o`tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib 
chiqadi. 
Tashqi omillar: 
1.Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyo-
qarashda chuqur sifat o`zgarishlarni amalga oshirish. 
2.Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlarning kuchayishi. 
3.Yagona xalqaro me'yorlar, qoidalar va andozalarga o`tilishi bilan 
yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlarning shakllanishi. 
4.Sotsialistik deb atalgan lagerning parchalanishi va ma'muriy- 
buyruqbozlik tizimining barham topishi. 
5.Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o`sish sur'atlari bo`yicha 
G’arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli.
Ichki omillar: 
1.Mustabid tizim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqi-
batlari. 
2.Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va 
shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi. 
3.Xarajatlarni tejashdan manfaatdorlikning yo`qligi, piravardida 
esa, resurslarni samarasiz taqsimlanishning kuchayishi. 
4.Mehnat unumdorligini oshirishdan rag`batlantirishning pasayishi 
va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi. 
5.Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg`unlik. 
6.Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik 
munosabati sifatida pinxoniy iqtisodiyotning kuchayishi. 
7.Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta'minlash samara-
dorligining pastligi. 
8.Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va 
xo`jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining 
cheklanganligi. Natijada, quyi bo`g`inlarda - xaridor va sotuvchi, iste'mol-
chi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog`liqlikni ta'minlashga 
ma'muriy rejalashtirishning salbiy ta'siri. 
9.Korxonalararo raqobatning yo`qligi tufayli samaradorlikka moyil-
likning pastligi. 
10.Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning ku-
chayishi. 
11.Sotsialistik xo`jalik yuritishda fondlarning markazlashgan 
taqsimotiga asoslanganligi tufayli ko`proq resurslar taqchilligi namoyon 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


387 
bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida esa, sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiy-
inchiligidan muhimroq hisoblanadi. 
12.Korxonalarning pul mablag`lari bilan ta'minlashda yagona dav-
lat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mab-
lag`lari oborotidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining 
mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog`lanmaganligi. 
13.Davlat budjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo`g`indagi 
xo`jaliklar daromadiga bog`liq bo`lib, uning to`planishi va taqsimlanishi 
to`liq markazlashtirilgan. Korxonalarning byujdetdan moliyalashtirilishi 
zahiralardan samarali foydalanishni rag`batlantirmagan. 
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining eng muhim ayanchli oqibatlari-
dan biri - mute shaxs "sovet kishisi" ning shakllanishi hisoblanadi. Mazkur 
shaxs tafakkuri mafkuraviy qarashlar, g`oyaviy kurashlar, chalg`ituvchi 
dalillar tuzog`iga asir qilindi. Taraqqiyotparvar insoniyat erishgan yutu-
qlardan bebahra qoldi. 
Sobiq tizim o`z iqtisodiy g`oyalarida ish kuchining qayerlardadir 
tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o`zidagi inson resurslariga 
e'tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlarni arang qondirish darajasida qolib 
ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999 yilga kelib, Prezidentimiz 
I.Karimov bu haqda ta'kidlaganidek: "Shunday ulkan salohiyatga ega 
bo`lgan mamlakatni kamsitadigan og`ir ahvolga solib qo`yib, u qonuniy 
haqli ravishda o`ziga qarashli bo`lgan mablag`ni markazdan dotatsiya sifa-
tida so`rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga, 
noinsoniy g`oya hukmron bo`lgan mustabid tizim o`zining bor mafkuraviy 
kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib 
odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy 
tuyg`ularini qo`pol ravishda kamsitar edi. O`z ona tilini, milliy an'ana va 
madaniyatini, o`z tarixini bilmaslik, ko`plab odamlarning shaxsiy fojiasiga 
aylanib qolgan edi. Milliy o`zlikni anglashga bo`lgan tabiiy intilish jo-
hilona inkor etilardi.... 
...Biz eski tizim o`z o`rnini osonlikcha bo`shatib bermasligini, un-
ing zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o`z ta'siri iskanjasidan 
chiqarmasligini yetarli darajada o`zimizga tassavvur qilishimiz va hisobga 
olishimiz zarur edi".
Yuqoridagilarni va boshqalarni hisobga olgan holda, O`zbekiston 
mustaqillik davrida ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosa-
batlariga o`tishni zarur deb topdi. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


388 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə