Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix28.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#134565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
май-4-12

 
Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotning metodologik asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida 


byudjetlararo munosbatlarni 
tartibga solish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini ko‘paytirish yo‘nalishlari bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy xujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
fundamental asarlari xizmat qiladi.
Ilmiy izlanish jarayonida tadqiqot olib borishning guruhlash, tizimli qiyosiy taxlil va tizimli 
yondashuv, korrelyatsion, regression, ekspert va taqqoslama tahlil, bashoratlash, ma’lumotlarga 
statistik ishlov berish, guruhlash va shu kabi zamonaviy usullardan foydalanildi. 
Tahlil va natijalar muhokamasi.
2020-
yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy 
kengashlarining 
byudjet 
sohasidagi 
vakolatlarini 
kengaytirish, 
byudjet 
mablag‘larini 
taqsimlovchilarning mas’uliyat
ini yanada oshirish, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish va 
mablag‘laridan foydalanishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini ta’minlashga 
qaratilgan yangi byudjet tizimi joriy etildi. I
lk bor, “2020
-
yil uchun O‘zbekiston Respu
blikasining Davlat 
byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan mahalliy byudjetlar xarajatlari xalq 
deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga bevosita 
bog‘liq bo‘lgan hamda to‘liq 
mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladigan daromad turlari kengaytirildi. Shu bilan bir qatorda
Mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk 
solig‘i va 
yer soli
g‘ini yig‘ish ko‘rsatkichlarini oshirish orqali yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish 
uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
26.12.2022-yildagi PQ-458-son 
“M
ahalla byudjeti tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy 
imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi
1
.
Mahallalar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-
mulk solig‘i va 
yyer soli
g‘ini (keyingi 
o‘rinlarda —
mol-mulk va yyer soli
g‘i) aholining soliq to‘lash savodxonligini oshirish orqali undirishga 
ko‘maklashish va har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun 2023
-yil 1-yanvardan 
boshlab, Respublikaning 14 ta hudu
dida “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy 
etildi (1-jadval). 
Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda, birinchi navbatda, mahalliy byudjet 
daromadlarining shakllanish mexanizmi, mahalliy byudjet daromadlari tarkibi va ulushini tahlil qilish, 
hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora
-
tadbirlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va murakkab masa
la bo‘lib 
hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan 
1
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 26.12.2022 yildagi PQ-458-son 
“M
ahalla byudjeti tizimini joriy etish orqali mahallalarning 
moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida” Qarori, 
https://lex.uz/docs/6326672 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə