Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix28.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#134565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
май-4-12

Adabiyotlar sharhi.

 
Bugungi kunda byudjet tizimida mahalliy byudjetlarning o‘rnini kengaytirish, ularning daromad 
bazasini oshirish yo‘llari mamlakatimiz iqtisodchilari tomonidan keng o‘rganilmoqda. Xususan, 
Burxanov (
2020) 
mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlashda mahalliy soliqlarni 
biriktirish amaliyotini kuchaytirish lozimligini, shu bilan bir qatorda QQS stavkasini bosqichma-bosqich 
pasaytirib borish amaliyotini qo‘llashni taklif qiladi.
Meyliyev (2021) mahalliy byudjetlarning daromad 
bazasini oshirishda mahalliy davlat boshqaruvi idoralarining tashabbuskorligini qo‘llab
-quvvatlash 
lozimligini ta’kidlaydi.

Xayriddinov (2011) 


har bir mahalliy ma’muriy hududdagi soliq tizimi tomonidan 
undirilishi lozim 
bo‘lgan umumdavlat soliqlari bo‘yicha soliq summalarining ma’lum bir qismini bevosita mahalliy 
byudjetlarning ixtiyorlariga biriktirilgan daromadlar ko‘rinishida qat’iy hissada va doimiy asosda 
qoldirilishi oldindan belgilanib qo‘yilishi kerakligini ta’kidlaydi. Bunda asosiy urg‘u daromadlarni 
byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida qayta taqsimlashning asosiy kombinatsion variantlaridan biri bo‘lgan 
me’yoriy ajratmalar tizimini takomillashtirishga qaratilmoqda. Shuningdek, muallif bozor 
iqtisodiyotining talablaridan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar daromad bazalari barqarorligini 
ta’minlashda ularning biriktirilgan daromadlariga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. 
Islamqulov (2016) respublikamizda davlat byudjeti daromadlari barqarorligi, turli darajadagi 
byudjet daromadlari mutanosibligini ta’minlash maqsadida markaziy va mahalliy davlat 


www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
6
 
hokimiyatlarining moliya-byudjet, byudjet-soliq sohalarida vakolatlarini aniq belgilab olish lozimligini 
ta’kidlaydi. Bunda muallif byudjet tizimining bo‘g‘inlari o‘rtasida daromad vakolatlari va xarajat 
majburiyatlarini optimal taqsimlash tizimini mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash gorizontida 
amalga oshirishni ilgari suradi.
Usmonov (2014) esa byudjet daromadlarini reja
lashtirishning ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, 
hozirgi kunda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar bazasini etarli va sifatli 
darajada shakllantirish hamda bu boradagi huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va byudjet 
daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usuli, muddati hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq 
ko‘rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish lozimligini ilgari suradi. 
Toshmatov (2017)
, mahalliy byudjetga soliq tushumlarini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator 
tadbirlarni keltirib, unda soliqlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash tizimini mahalliy 
hokimiyatlarning soliq tushumlarini maksimallashtirishdan manfaatdorligini ta’minlash kontekstida 
takomillashtirish bo‘yicha fikr mulohazalarni berib o‘tadi. Shuningdek, hududiy soliq salohiyatni 
baholash va mahalliy soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish zarurligini ilgari suradi.
Yuqorida tilga olib o‘tilgan iqtisodchilar tomonidan mahalliy byudjetlarning mustaqilligini 
soliqlarni biriktiri
sh orqali oshirish oshirish yo‘llari o‘rganilgan bo‘lsada, hududlarning iqtisodiy 
rivojiga turtki bo‘luvchi omillar etarlicha o‘rganilmagan. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə