«iqtisodiyot» kafedrasi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix02.02.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#83382
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Korxonaning operatsion faoliyati tahlili tayyor 2

6-

 

jadval                                                                               

“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda operatsion faoliyatdan

 

olinadigan boshqa turdagi daromadlar hisobga olinadigan suschyotlar 

 

Schyot№ 


Schyot nomi 

9310 


―Asosiy vositalarni chiqib ketishidan foyda‖; 

9320 


― Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda‖; 

9330 


― Undirilgan jarima, peniya va ustamalar‖; 

9340 


― O‘tgan yillar foydalari‖; 

9350 


― Operativ ijaradan daromadlar‖; 

9360 


― Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar‖; 

9370 


― Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari‖; 

9380 


― Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam‖; 

9390 


― Boshqa operatsion daromadlar‖. 

Bu  schyotlar  transit  bo‘lib  passiv  schyotlariga  mansub.  Xo‘jalik  yurituvchi 

subektning  boshqa  operatsiyalaridan  tushgan  daromadlar,  masalan  1000000  so‘m 

deb  hisoblasak, ushbu  schyotlarning kreditida  aks  ettiriladi  va hisob davri  oxirida 




38 

 

quydagi pravodkalar bilan hisoblab chiqariladi: 



D-t  9300―Asosiy  faoliyatning  boshqa  daromadlarini  hisobga  oluvchi 

schyotlar‖-1000000 so‘m 

K-t 9910 ―Yakuniy moliyaviy natija‖-1000000 so‘m. 

 

Operatsion  faoliyatdan  boshqa  daromadlar  –bularga  korxonaning  asosiy 



vositalari  va boshqa  aktivlarini sotishdan olingan  foyda, undirilgan  jarimalar, voz 

kechiladigan  kiriditorlik  qarzlari, bepul  kelib  tushgan  aktivlar, invintarizatsiyadan 

aniqlangan  ortiqchalar,  tovar  moddiy  boyliklarni  qayta  baxolashdan  olingan 

daromadlar va boshqalar kiradi.

31

 

Asosiy  vositalarni  tugatishdan  daromadlar  tugatilgan  asosiy  vositalarni 



qoldiq  qiymatidan  ularning  tugatilishidan  olingan  tushum  ortiqcha  bo‘lganida 

vujudga  keladi.  Asosiy  vositalarni  tugatishdan  moliyaviy  natija  (foyda) 

aniqlanganda, masalan 500000 so‘m, u quydagicha pravodka beriladi: 

D-t 9210 ―Asosiy vositalarning chiqib ketishi‖-500000 so‘m 

K-t 9310 ―Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda‖-500000 so‘m. 

Agar  asosiy  vositalarning  qoldiq  qiymati  ularni  tugatishdan  olingan 

tushumdan  ko‘p  bo‘lsa,  zarar  hosil  bo‘ladi,  masalan  750000  so‘m,  u  quydagi 

pravodka bilan rasmiylashtiriladi : 

D-t 9430 ―boshqa operatsion xarajatlar‖-750000 so‘m 

K-t 9210 ―Asosiy vositalarning chiqib ketishi‖ -750000 so‘m. 

Tekinga  kelib  tushgan  asosiy  vositalar  hamda  nomoddiy  aktivlarni 

invintarizatsiya  natijasida  aniqlangan,  masalan  1000000  so‘m  ortiqcha  chiqsa 

kirimga olishda ular daromad deb hisoblanib quydagicha pravodka beriladi: 

D-t 0100 ―Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar‖-1000000 so‘m 

K-t 9390 ― Boshqa operatsion daromadlar‖-1000000 so‘m. 

Inventarizatsiya  natijasida  nomoddiy  aktiv  aniqlansa  quydagcha  pravodka 

beriladi: 

D-t 0400 ―Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar‖-1000000 so‘m 

K-t 9390 ― Boshqa operatsion daromadlar‖-1000000 so‘m. 

Ushbu tushumlar daromad hisoblanib, soliq solish obektini tashkil etadi




39 

 

Xulosa 

Iqtisodiyotni moderinzatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning 

asosiy  mezoni  mulklardan  samarali  foydalanish  tufayli  olinadigan  daromad  bilan 

belgilanadi.  Xo‘jalik  yuritishning  xozirgi  tizimi  sharoitida  foyda  ko‘rsatkichi 

xo‘jalik  yurituvchi  subektning  asosiy  va  aylanma  mablag‘laridan  samarali 

foydalanishni  talab  hamda  ehtiyojga  qarab  ishlab  chiqarishni  muvofiqlashtirishi, 

ya‘ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot foydalanuvchi talabiga javob bera oladigan 

bo‘lishi,  jaxon  andozalari  talabi  doirasida  ishlab  chiqilishi,  jahon  bozorida  o‘z 

o‘rniga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish xaridor uchun xizmat qilishi lozim. Demak, 

asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi subektning 

odatdagi  faoliyati  davomida  vujudga  keladigan  davr  ichida  mulk  egalarining  o‘z 

sarmoyalariga  badali  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ko‘payishlarni  istisno  etganda,  o‘z 

sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. 

Xo‘jalik  hisobini  muhim  tamoyili  xo‘jalik  yurituvchi  subektning  to‘la 

mustaqillikka erishuvi va xarajatlarini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplashidir. 

Demak  bu  ,  xo‘jalik  yurituvchi  subektlar  mahsulot  sotishdan  olgan  mablag‘idan 

o‘zining  hamma  xarajatlarini  qoplaydi  va  undan  tashqari  daromadga  ham  ega 

bo‘ladi.  Yuqoridagi  omillarni  bartaraf  etilishi  natijasida  xo‘jalik  yurituvchi 

subektda  sof  foyda  miqdorini  ya‘ni  daromadning  ko‘payishiga  olib  keladi.  Oziq 

ovqat  sanoati  mustaqillik  yillarida  mamlakatimiz  iqtisodiyotini  yitakchi 

tarmoqlaridan  biriga  aylandi.  Iqtisodiyotimizning  real  sektorini  moderinzatsiya 

qilish,  texnik  texnologik  qayta  jixozlash  hamda  ishlab  chiqarishni  dversifikatsiya 

qilish  borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlar  natijasida  ―GOLD  PREMIUM 

PRODUCT‖  MCHJning  daromad  manbalarining  yildan  –  yilga  salmog‘ining 

oshishiga  olib  kelmoqda.  Respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan 

xo‘jalik 

yurituvchi  subektlar  operatsion  faoliyat  daromadlari  buxgalteriya  hisobini  amalga 

oshirishda  xalqaro  buxgalteriya  hisobini  standartlaridan  samarali  foydalangan 

holda  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Mamlakatimizda  moliyaviy 

hisobotning xalqaro standartlar tizimiga o‘tilishi yangi tizimning amaliyotga tadbiq 

qilinishi operatsion faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga olishda yangicha 




40 

 

yondashuvni  keltirib  chiqaradi,  bu  esa  o‘z  navbatida  mazkur  yunalishni  yanada 



chuqur tadqiq etishni talab qiladi. Yuqoridagi tahlil natijasida №2 BHMSga asosan 

hisob  tizimini  yuritilishini  va  №18  BHXS  tahlili  ko‘rib  chiqildi.  Mazkur 

standartlarning  farqli  jihatlari  shundaki,  xalqaro  hisob  standartlarida  schyotlar 

tizimida raqamlar ishlatilmagan holda faqatgina standart nomlaridan foydalaniladi. 

Xalqaro  standartlarda  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarda  operatsion  faoliyat 

daromadlari hisobi mahsulot qachonki buyurtmachiga borib yitgandagina daromad 

sifatida  tan  olinadi.  Shuni  takidlab  o‘tish  joizki,  bugungi  kunda  respublikamizda 

MHXS  ning  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarda  joriy  qilingan  operatsion  faoliyat 

daromadlarining  oshishiga,  xorijiy  investorlarni  jalb  qilish  yunalishlarini 

takomillashishiga , qulay ishbilarmonlik muhitining yuzaga kelishiga olib keladi. 

Yuqoridagi  mulohazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  mazkur  tadqiqot  ishi  o‘zining 

dolzarbligi  bilan  ahamiyatga  egadir.  Shu  nuqtai  nazardan  nazariy  manbalarni 

o‘rganish,  xo‘jalik  yuritish  subektlari  operatsion  faoliyati  daromadlari  hisobini 

tadqiq qilish amaliy malumotlarni o‘rganish asosida quydagi xulosalarni chiqarish, 

taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi: 

1.

 



Tadqiqot  ishi  davomida  iqtisodiy  adabiyotlarni  monografik  o‘rganish 

asosida  xo‘jalik  yurituvchi  subektlar  operatsion  faoliyati  daromadlari  mohiyati 

o‘rganildi., Demak, daromad bu- iqtisodiyot subektining ya‘ni, xo‘jalik yurituvchi 

subekt faoliyati natijasida uning ixtiyoriga kelgan hamda mulkiga aylangan pul va 

moddiy  shakildagi  tushumlardir.  Xo‘jalik  yurituvchi  subektlardan  olingan 

operatsion  faoliyatdan  olingan  daromadlarga  esa  quydagicha  ta‘rif  berilishi 

maqsadga  muvofiq  deb  topdik:  -  ―ya‘ni,  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarning  asosiy 

faoliyati  orqali  kelib  tushadigan  va  o‘z  sarmoyasi  ko‘payishiga  olib  keladigan 

tushumlardir‖.  Tadqiqot  natijasida  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarda  operatsion 

faoliyat  daromadlari  bo‘yicha  schyotli  bog‘lanishlar  takomillashtirildi,  o‘rganib 

chiqildi. 

2.

 



Xo‘jalik  yurituvchi  subektlarda  operatsion  faoliyat  daromadlari 

samaradorligini  oshirish  xalqaro  standartlar  tizimi  asosini  tashkil  qilish  asoslari 

ko‘rib chiqildi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarining jaxon amaliyotida qabul 



41 

 

qilingan  uslubiy  tamoyillari  uyg‘unligini  taminlash,  bu  bevosita  xorijiy 



investorlarni  jalb  qilishda  muhim  zamin  bo‘lib  xo‘jalik  yurituvchi  subektlar 

salohiyatin yanada oshirishga olib keladi. 

3.

 

Xalqaro  standartlar  doirasida  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarda  hisob 



siyosatini  shakillantirish  sarmoyadorlar  va  har  qanday  foydalanuvchilar  uchun 

tushunarli  bo‘lgan  va  samarali  boshqaruvni  taminlovchi  moliyaviy  hisobotlarni 

tuzish uslubiyatini joriy etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) 

asosida hisobotlar tuzushni yanada takomillashtirish natijasida, xo‘jalik yurituvchi 

subektlarning  moliyaviy  natijalarini  tahlil  qilishda  malumotlarning  ancha  batafsil 

bo‘lishini taminlaydi. 

4.

 

Shuningdek,  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarda  operatsion  faoliyatdan 



daromadlarning  qo‘shimcha  daromadlari  tarkibiga  kiruvchi  asosiy  vositalarning 

eskirishini  hisoblashda  ―GOLD  PREMIUM  PRODUCT‖  MCHJ  xo‘jalik 

yurituvchi  subekti  negizida  tahlil  qiladigan  bo‘lsak  to‘g‘ri  chiziqli  eskirish 

hisoblash tizimi eng samarali va qulay usullardan hisoblanadi. 

 

 

5. 



Mahsulotni  sotishdan  olingan  haqiqiy  natijalarni  aniqlab  toppish. 

Bunda  mahsulotning  haqiqiy  tannarxi  ani  qlanib,  u  sotish  narxidagi  qiymat  bilan 

aniqlanadi  va  olingan  ko‘rsatkich  ishlab  chiqarishning  moliyaviy  natijasini 

bildiradi.  Bu  o‘z  navbatida  xo‘jalik  yurituvchi  subektning  rentabillik  darajasini 

aniqlashda yordam beradi. 

Yuqorida  takliflar  va  tavsiyalarning  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarda  tadbiq 

etilishi  operatsion  faoliyatdan  daromadlar  hisobini  takomillashtirish  imkonini 

berishga xizmat qiladi. 




42 

 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə