Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 131,42 Kb.
səhifə8/19
tarix07.08.2023
ölçüsü131,42 Kb.
#120401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Iqtisodiyot nazariyasi KURS ISHI usl. korsatma

Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo‘qotgan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi.
Ishsizlik turlarini tasniflashda ba’zi adabiyotlarda ma’lum noaniqliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, professor M.N.Chepurin va Ye.A.Kiselevalar umumiy tahriri ostida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada «ixtiyoriy» va «majburiy» ishsizlik turlari ham ajratib ko‘rsatiladi. Ularning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy ishsizlik – bu bo‘sh ishchi o‘rinlari mavjudligi sharoitida ishchini ish haqi darajasi yoki mehnatning tavsifi qoniqtirmaganligi sababli paydo bo‘luvchi ishsizlik hisoblanadi.
Majburiy ishsizlik esa ish haqining bozor muvozanati nuqtasidan yuqori darajada o‘rnatilishi oqibatida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasida tafovut vujudga kelishi bilan bog‘liq.
«To‘liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutloq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini tabiiy deb hisoblaydi, shu sababli «to‘liq bandlilik» ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘liq bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi.
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi) tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi:
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
20-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasi
 

Ko‘rsatkichlar

Yillar

1996

1998

1999

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

Iqtisodiy faol aholi, ming kishi

8588,5

8833,3

8924,1

9018,4

9173,5

9367,8

9621,2

9945,5

10224,0

104922,5

Ishsizlar soni,
ming kishi

27,5

33,3

39,1

35,4

37,5

34,8

32,2

34,9

27,7

25,5

Ishsizlik darajasi, foiz

0,32

0,38

0,44

0,39

0,41

0,37

0,33

0,35

0,27

0,24

Manba: O‘zR DSQ, Yillik statistik to‘plam, 2007 yil.
 


O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy 
himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo‘lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar davrida ushbu masalani hal etish uchun respublikada bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materialllari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek «...kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda uning aholi farovonligi va daromadlari ortishida, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylanishiga erishmog‘imiz lozim»1.
Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo‘yicha xizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o‘rgatishga e’tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o‘quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi.
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.



Yüklə 131,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə