Iqtisodiyot nazariyasi


O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 131,42 Kb.
səhifə5/19
tarix07.08.2023
ölçüsü131,42 Kb.
#120401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Iqtisodiyot nazariyasi KURS ISHI usl. korsatma

O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining asosiy ko‘rsatkichlari

Yillar

Ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar, ming kishi

Rasmiy tarzda ro‘yxatga olingan ishsizlar soni, ming kishi

Shu jumladan:

Ayollar

Qishloq joylarida yashovchi shaxslar

Ishsizlik nafaqasi oluvchilar

1996

33,8

27,5

18,2

15,4

13,8

2001

43,6

37,5

22,2

26,0

21,2

2002

40,3

34,8

21,4

22,9

19,3

2003

36,9

32,2

18,2

22,7

17,9

2004

39,2

34,9

21,4

25,6

19,5

2005

32,2

27,7

16,2

19,5

15,7

2006

29,1

25,5

15,8

18,4

13,8









Jadvaldan ko‘rinadiki, agar ish bilan ta’minlanganlarning solishtirma salmog‘i 2000 yilda 66,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yilga kelib 76,2% ga yetdi. 
Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalar sharhi
Neoklassik maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi va unga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi yoki kamayishiga qarab o‘zgaradi. Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi.
Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Davlat yalpi talabni kengaytirish tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishiga imkon yaratadi va buning natijasida bandlikning o‘sishi hamda ishsizlikning qisqarishi ro‘y beradi.
Monetar maktab namoyandalari (M.Fridmen va boshqalar) iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo‘lsa, bu inflyatsiyaning jadallashuviga, agar kam bo‘lsa, deflyatsiyaning jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo‘yicha siyosat ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab chiqarish hajmi va band bo‘lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan foydalanishni tavsiya etadilar.
Institutsional-sotsiologik maktab namoyandalari (T.Veblen, J.Gelbreyt va boshqalar) ishchi kuchi bandligi borasidagi muammolar turli ko‘rinishdagi institutsional islohotlar yordamida hal etilishi mumkin, degan qoidaga asoslanadilar. Ular ishchi kuchi tarkibi va unga tegishli holda ish haqi darajasidagi ijtimoiy, kasbiy, tarmoq, yosh, jins, etnik va boshqa tafovutlar ta’sirida ishchi kuchi bozorida vujudga keladigan nomuvofiqliklarni izohlashga harakat qildilar.
Shartnomaga asoslangan bandlik nazariyasi o‘zida neoklassik hamda keynscha talqinlarni uyg‘unlashtiruvchi konsepsiya hisoblanadi. Konsepsiya mualliflari, bir tomondan, pul ko‘rinishidagi ish haqi qat’iyligi to‘g‘risidagi keynscha qoidani qabul qiladilar va ishchi kuchi bozoridagi muvofiqlashuv narxlar (ya’ni, ish haqi) hisobiga emas, balki ishlab chiqarish moddiy hajmi va bandlikning o‘zgarishi hisobiga amalga oshishini ta’kidlaydilar. Mazkur nazariyaning asosida tadbirkorlar va ishchilar o‘zaro uzoq muddatli shartnoma munosabatlariga kirishishlari to‘g‘risidagi qoida yotadi. Mazkur shartnoma huquqiy jihatdan taqozo etilgani uchun emas, balki har ikkala tomon uchun ham iqtisodiy jihatdan foydaliligi sababli paydo bo‘ladi. Firma ishlab chiqarishning pasayib ketishi davrida mehnatga haq to‘lash hajmini kamaytirmaydi, ishlab chiqarishning o‘sishi davrida esa malakali ishchilarga ish haqini oshirmaydi. Pul ko‘rinishidagi ish haqining o‘zgarishi bir tekisda boradi. Ish haqi darajasi individlar hatti-harakatining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq natijasi sifatida ma’lum me’yorda qat’iy tus oladi.

Yüklə 131,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə