Iqtisodiyot va menejment


O‟zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashning asosiy



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

3.2. O‟zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashning asosiy 
yo‟nalishlari va mexanizmlari 
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi ta‘minlanishini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash va tartibga solish mexanizmi ishlab chiqilgan, mamlakat oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlashning istiqbollari eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini 
bosuvchi strategiya ssenariylari asosida tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, 
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy 
mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan. 
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda davlatning roli muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, u, birinchi navbatda, makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta‘minlash, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish, oziq-ovqat 
xavfsizligiga salbiy ta‘sir etuvchi tashqi va ichki omillarni bartaraf etish, ijtimoiy 


40 
infratuzilmani 
takomillashtirish, 
eksportni 
rag‘batlantirish, 
importni 
maqbullashtirish, soliqqa tortishda imtiyozlar berish, moliya-kredit mexanizmlarini 
rivojlantirish kabi masalalardan iboratdir.
Yuqorida ta‘kidlanganlardan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, 
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda davlatning roli quyidagi 
yo‘nalishlarda o‘z aksini topishi maqsadga muvofiq. Jumladan: oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo‘lgan talabni tartibga solish; oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha 
taklifni tartibga solish; tashkiliy infratuzilma va axborot ta‘minotini 
takomillashtirish; tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish. Shuningdek, uning rolini 
oziq-ovqat mahsulotlari bozorini tartibga solish va agrosanoat ishlab chiqarishi 
sohasini rivojlantirish jarayonlarini boshqarishning ajralmas tarkibiy qismi sifatida 
qarash maqsadga muvofiq. 
Milliy oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda asosan eksport salohiyatidan 
foydalanish o‘zining ijobiy natijasini beradi, biroq bu jarayon iqtisodiy 
samaradorlik jihatidan tahlil qilinganda uzoq muddatli yuqori ko‘rsatkichlarga olib 
kelmaydi. Chunonchi, mamlakatda eksportga yo‘naltirilgan strategiyadan yuqori 
daromad olish maqsadida mavjud tabiiy va mehnat resurslaridan uzluksiz 
foydalanish kutilgan natija bermaydi. 
Ilmiy ishda taklif etilayotgan eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosish 
strategiyasi ssenariylari asosida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning 
2015 yilgacha bo‘lgan prognozi taklif etilgan. Prognoz ko‘rsatkichlari shuni 
ko‘rsatmoqdaki, ushbu ikki strategiyalar ssenariysi nuqtai nazaridan istiqbolda 
mamlakat aholisining tibbiy me‘yorlarda oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabini 
qondirish bilan bir qatorda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarni eksport qilish hajmlari 
ortadi. Biroq shakar, tuxum, kartoshka va mevalar bo‘yicha aholini tibbiy 
me‘yorlarda ta‘minlash imkoni pastligini inobatga olgan holda, ushbu mahsulot 
turlari importining oshishi kutiladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonidagi O‘zbekiston Respublikasi uchun 
oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini 


41 
bosish strategiyalari bir-biri bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi maqsadga 
muvofiq. Bu ikki yo‘nalishning muvozanatlashtirilgan varianti mamlakat aholisi 
iste‘mol darajasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi va natijada oziq-ovqat xavfsizligini 
uzluksiz ta‘minlaydi. 
Yuqoridagilarga 
asoslangan 
holda 
istiqbolda 
mamlakat 
oziq-ovqat 
xavfsizligini ta‘minlash uchun quyidagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy 
mexanizmlarni amalga oshirilishi lozim: 
Huquqiy mexanizm - yer qonunchiligini bozor munosabatlariga asoslangan 
holda yanada takomillashtirish; qishloq xo‘jaligida ipoteka kreditlarini ajratish 
bo‘yicha huquqiy asoslarni shakllantirish; mahsulot sifatini boshqarish va 
xavfsizligini 
nazorat 
qilishning 
huquqiy-me‘yoriy 
mexanizmlarini 
takomillashtirish; mahalliy eksport qiluvchilar huquqini xorijiy davlatlarda himoya 
qilish; zamonaviy bozor institutlari va infratuzilmalarini shakllantirish uchun 
huquqiy bazani yanada takomillashtirish; agrar tarmoqda integrasiyani 
rivojlantirishning huquqiy-me‘yoriy asoslarini takomillashtirish; JST talablaridan 
kelib chiqqan holda tarmoqni isloh qilishning huquqiy asoslarini shakllantirish; 
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash Dasturini ishlab chiqish; «Iste‘mol 
savati to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish. 
Iqtisodiy mexanizm - qishloq xo‘jaligida ipoteka kreditlari ajratishning 
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish; agrar tarmoqqa investisiya jalb qilishni 
oshirish; narx va kredit siyosatini mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash 
nuqtai nazaridan takomillashtirish; byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan oqilona 
foydalanish va uni qat‘iy nazorat qilish; qishloq xo‘jaligini moliyaviy 
sog‘lomlashtirish tizimi va ishlab chiqaruvchilar bankrotligi mexanizmini ishlab 
chiqish; yagona yer solig‘ini yanada takomillashtirish; tez 
buzuluvchi 
mahsulotlarni eksport qiluvchilar uchun transport tariflarini optimallashtirish; yer 
unumdorligini oshirgan xo‘jalik subyektlariga iqtisodiy imtiyozlar berish; qishloq 
joylarida muhandislik va ijtimoiy infratuzilmalarni moliyalashtirishning samarali 
mexanizmini ishlab chiqish; ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qishloq xo‘jaligi 
balansiga o‘tkazish; agrar tarmoqda integrasiyani rivojlantirishning iqtisodiy 


42 
mexanizmini ishlab chiqish; agrosanoat majmui tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada 
erkinlashtirish. 
Tashkiliy mexanizmlar - favqulodda vaziyatlarda aholini oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan barqaror ta‘minlash mexanizmini ishlab chiqish; agrar sohada 
ilg‘or axborot tizimini shakllantirish; oziq-ovqat mahsulotlari savdosida ma‘muriy 
va texnik to‘siqlarni yo‘qotish; milliy sertifikasiyalash tashkilotlarini xorijiy 
davlatlarda akkreditasiyadan o‘tkazish; aerofotomonitoring tizimini ishlab chiqish. 
Jahon miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi kuchayib borayotgan 
sharoitda mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari balansini quyidagi yo‘nalishlar 
bo‘yicha ishlab chiqish maqsadga muvofiq (3.2.1.-rasm). 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə