Iqtisodiyot va servis



Yüklə 363,17 Kb.
səhifə1/22
tarix25.12.2023
ölçüsü363,17 Kb.
#161335
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot MT. Mexmonxona (4)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI

IQTISODIYOT VA SERVIS”
KAFEDRASI




“Tasdiqlayman”


Fakultet dekani________G.Xonkeldiyeva
2023 yil “____”__________

MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT”


FANIDAN
TALABALARNING MUSTAQIL
ISHLARNI BAJARISHIGA OID
USLUBIY KO‘RSATMA

Farg`ona – 2023

Uslubiy ko`rsatma Iqtisodiyot fakultetning 2023 yil “___” avgustdagi 1-sonli yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan)



«Ma’qullangan»
“Iqtisodiyot” fakulteti uslubiy kengashida muhokama
qilingan va ma’qullangan № ___ sonli bayonnomasi

«Tavsiya etilgan»
“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi
yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan
kafedra mudiri_______________ A.Mirzayev
Kafedraning № __ sonli yig‘ilish bayonnomasi
«___» ________ 2023 y.

Tuzuvchilar:
A.Mirsodiqov FarDU “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi katta o‘qituvchisi, i.f.f.d., PhD

MUNDARIJA


1. Tushuntirish xati.
2. Darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun tematik reja.
3. Darsdan tashqari mustaqil ishlar mazmuni.
4. Darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun adabiyotlar.
5. Darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun baholash
mezonlari.
6. Qo‘shimcha va ilovalar.

1. TUSHUNTIRISH XATI
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va uning zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan, bu bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va kasbiy malakasini shakllantirish shartlarini belgilovchi omil bo’lib, o’quv vazifalarini mustaqil ravishda bajarish, tizimli faoliyat yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlar, kelajakdagi mutaxassishi o’z faoliyatini samarali tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
Davlat ta’lim standartlari bitiruvchilarning umumiy ma’daniy va kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish, ta’lim vazifalarini mustaqil bajarish uchun barqaror ko‘nikmalarni shakllantirish shartlarini belgilovchi omil sifatida talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etish zarurligiga asoslanadi.
Kredit-modul tizimida Davlat ta’lim standarti talablari va o’quv rejasiga muvofiq talaba har bir fanni o’zlashtirishi uchun ma’lum miqdordagi auditoriyadan tashqari mustaqil ishni bajarishi shartligi belgilangan. Talabalarning mustaqil ishlarining hajmi davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
"Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot" fani bo‘yicha talabalarning darsdan tashqari mustaqil ishining maqsadi - fanning asosiy bilimlarini, ijodiy, tadqiqot faoliyati, mustaqillik, mas’uliyat va tashkilotchilikni rivojlantirish, ta’lim muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish professional darajada bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ishning vazifalari:
1) talabalarning olingan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini tizimlashtirish va mustahkamlash;
2) nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
3) tanqidiy fikrlashni, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini takomillashtirish va aniglash qobiliyatini rivojlantirish;
5) tadqiqot qobiliyatini rivojlantirish, intellektual qobiliyatlarni shakllantirish;
6) talabaning darsdan tashqari mustaqil ishlash jarayonida to‘plangan va olingan materiallardan imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanish.

Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fani bo‘yicha mustaqil faoliyat natijasida talaba:


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to’g’ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishda “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanining roli beqiyosdir.
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanini o’rganishdan maqsad zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslari; talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmi; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushbu bozorlardagi harakat qilish qoidalari; ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari turlari, tavakkalchilik va uni oldini olish hamda pasaytirish yo'llari, bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanish holatini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shuningdek
- talaba bozordagi talab va taklif to'g'risidagi statistik ma'lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarishni;
- statistik ma'lumotlar asosida talab va taklif funktsiyalarini tuzishni, talab va taklifning elastiklik koefisientlarini xisoblash va ular asosida bozordagi holatni tahlil va prognoz qilishni,
- iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo'llashni; makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilishni; makroiqtisodiy siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlariga baho berishni;
- makroiqtisodiy siyosatning natijalarini prognoz qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi, makroiqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlar va alohida ko'rsatkichlarga ta'sir ko'rsatishi, qonuniyatlarini aniqlash;
- turli makroiqtisodiy vaziyatlarda byudjet-soliq yoki pul-kredit siyosatini qo'llash hamda o'zaro muvofiqlashtirish shartlarini tushuntirib berish;
- tashqi savdo siyosati va valyuta kursini tartibga solish orqali to'lov balansi holatiga, milliy va jahon iqtisodiyoti darajasida bozor mexanizmi qanday amal qilishni izohlab berish ko'nikmalariga ega bo‘lish.

Yüklə 363,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə