Iqtisodiyot va turizm


Turistik dasturni bron qilish sistemasi va uni boshqarish usullari



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə12/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

4.2. Turistik dasturni bron qilish sistemasi va uni boshqarish usullari
Mehmonxonada joy yoki nomerini bron qilishning bir necha usullari mavjud:

  • Yozma

  • Og’zaki

  • Kompyuter orqali

Pochta yoki faks orqali mijoz mehmonxonada xat-ariza jo’natadi. Xuddi shunday arizani mehmonxona bron qilish bo’limida rasmiylashtirish mumkin. Arizalar bilab ishlash katta e’tiborni talab qiladi. Bron qilish yoki bronni bekor qilish to’g’risidagi arizalarning barchasi royxatga olinadi.
Bron bo’yicha menejerlar buyurtmani vaqtida bekor qilmasalar , xato yuzaga chiqmaguncha, nomer sotilmay qolishi mumkin. Faqat firma blankasidagi ariza , buyurtma qilingan nomer to’langanligini tasdiqlaydi. Nomerni bron qilayotgan tashkilot arizasida albatta , ushbu tashkilot rekvizitlari ko’rsatilishi shart. Arizada quyidagi ma’lumotlar kiritilishi zarur:

  1. Nomer soni va kategoriyasi

  2. Mehmonxonada yashash muddati

  3. Tashrif buyuruvchi F.I.Sh

  4. To’lov shakli

So’ngra arizalar royxatga olinadi va tasdiqlanadi, yoki rad etiladi.
Telefon orqali bron qilish jarayonida mijoz bilan suhbatda e’tiborli bo’lish o’ta muhim, chunki bu suhbatda mijozning mehmonxona haqidagi taassuroti shakllanadi . Qoida qo’yicha go’shakni maksimum 5 ta gudokdan so’ng ko’tarish kerak va albatta, ushbu xodim mehmonxonaning nomerlari bandlik holati haqida ma’lumotga ega bo’lishi shart. Nomerlarga buyurtmani telefon orqali qabul qiluvchi mehmonxonalarda maxsus blankalar ishlab chiqilgan. Unda faqat kerakli grafalar belgilanadi, arizani to’liq yozib olish shart emas. Bunday blankalar bron bo’limi kompyuterida ham bo’lishi mumkin .telefon orqali bron qilishda yozma tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Bron qilishning kompyuter usuli mehmonxonalar va mijozlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Jahon amaliyotida bron qilishning kompyuterli tizimlari mavjud: bron qilishning korporativ tarmog’ida zanjirga kiruvchi mehmonxonalar birlashtiriladi, boshqa bron qilish tarmog’ida esa, zanjirga dahlsiz mehmonxonalar kiradi.
Tarmoq orqali bron qilishda boshqa shahar va hatto boshqa davlatga joylashgan mehmonxona nomeriga buyurtma berish mumkin. Avtomatlashtirilgan tarmoqning avzalligi shundaki , bron qilish shu shaharda joylashgan, shu zanjirning xoxlagan boshqa mehmonxonasiga ham manzillashtirishi mumkin.
Kompyuter tarmog’i orqali mehmonxonada joy buyurtma berish telefonda ham amalga oshirilishi ham mumkin. Kompyuter tarmog’I dispecheri mehmonxona bilan bog’lanadi va bron qilish imkoniyatlarini aniqlaydi. Bu usul noqulayroq, chunki bron va joylashtirish shartlarini aniqlashda ko’p vaqt talab qilinadi.
Kompyuter orqali bron qilishning yana ikkinchi varianti mavjud: Mehmonxonada o’zining internet sahifasiga ega yoki mehmonxona internet bron qilish tizimining azosi saosan bookin.com sayti orqali. Taklif etilgan imkoniyatlar kengligi tufayliu (kam harajat evaziga) tizimlar hozirda ommalashib bormoqda. Mijozlarni jalb qilishning bunday usuli samaradorligi oshgani sari, qabul qilingan buyurtmaga javob berish vaqti shuncha kamaymoqda. Tasdiqlashni jo’natish tezligi kelib tushayotganarizalarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashganlik darajasi, mehmonxona va agent o’zaro hamkorligining aniqligiga bog’liq.
Bu tizimda quyidagicha amalga oshadi: Mijoz internet bron tizimining WEB saytiga kiradi va bron qilish qoidalari bilan tanishadi. So’ngra mehmonxonani tanlaydi . Bo’sh nomer mavjudligiga ishonch hosil qilgach, zaruriy ahborot maydonchalarini to’ldiradi, email orqali buyurtmani tizimga jo’natadi.
Tizim buyurtmani avtomatik tarzda saralaydi va oldindan to’lov shartlari bilan oldin tasdiq jo’natadi, mijoz esa kutish varag’iga kiritiladi. Mijozdan kerakli kafolat olinganidan so’ng mijoz mehmonxonadan bron haqida tasdiq oladi. Bron bandlik grafasida nomer fondi statusining avtomatik o’zgarishi bilan kiritiladi. Internet uydan chiqmasdan, vositachilarsiz, mehmonxona haqida axborot olish, nomerlarning jihozlanganligini ko’rish imkonini beradi. Telefon yoki kompyuter orqali bronda rezerv qilishning kutilmaganda to’xtab qolish xavfi mavjud, bunday paytda mijoz tasdiq ololmaydi, mehmonxonaga kelganda esa, bo’sh nomer bo’lmasligi mumkin. Arizalar bo’yicha bron bo’limi kelgusida mehmonxonaning to’lishi rejasini tuzishi mumkin ( oylik, kunlik, yillik ). Buronlash xizmati bo’limida 2.12.2023 kunga qadar amalyotimni davom etirdim. Buronlash xizmati xaqidagi barcha ma’lumotlarni o’rgandim.

Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə