Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə11/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

IV Bob. Bronlash xizmati
4.1. Bronlash haqida umumiy ma`lumot

Men Yusupbayev Sardor 11.11.2023 kundan boshlab “Asian Plaza” mehmonxonasining Bronlash xizmati bo’limida amalyotimni davom etirishni boshladim. Bronlash - mehmonxonadagi nomer va joyga oldindan buyurtma berishdir. Shu jarayondan mehmonga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Nomerni bron qilish bilan qabul qilish va joylashtirish xizmati yoki bron bo‘limi menejeri shug‘ullanadi. Aynan shu bo‘limlarga mehmonlardan bron qilish haqida ariza (zayavka) tushadi. Arizalarni rasmiy yig‘ishdan tashqari, bron bo‘limi mehmonxona joylariga bo‘lgan talabni o‘rganib chiqishi shart. Mehmonxonaning ko‘p yillik ish faoliyatini mazkur regionda o‘tkaziladigan tadbirlar (festival, karnaval, sport musobaqalari) rejasini hisobga olib, nomerni o‘tgan va kelgusi davrda bandligini tahlil qilgach, bron bo‘limi marketing xizmati bilan birgalikda mehmonxona faoliyatini rejalashtiradi.
Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda mehmonxona joylariga bo‘lgan talab bir necha barobar oshadi. Mehmonxona uchun ko‘p sonli qatnashuvchilarga ega tadbirlarga joy bron qilish foydaoidir, chunki bunday hollarda buyurtma tadbirdan ancha oldinroq amalga oshiriladi va uni bekor qilish riski katta emas.
Mehmonxona bandligi mavsum, mazkur hududning ishchan faolligi, iqtisodiy, siyosiy vaziyatga bog‘liq. Siyosiy barqarorsizlik ro‘y berayotganda xavfsizlikni taminlash sustlashishi tufayli turistlarning ushbu hududga qiziqishi pasayadi. Mavsum tig‘iz paytida mehmonxona ikkikarrali (dvoynoye) bron qilishni amalga oshiradilar. Ikkikarrali bron-bu birdaniga ikki mijozga bir xil sanada kelajakda mehmonxonadan joy berish tasdig‘idir.Bu yo‘lni tanlab mehmonxona juda katta tavvakkal qiladi. Balkim ularning biri keyinchalik buyurtmani bekor qiladi yoki belgilangan kunda kelmas. Unda tavvakkalchilik oqlanadi. Agar o‘sha kuni har ikki mijoz ham kelsa-chi? Albatta, birinchi kelgan mijoz joyni egallaydi. Ikkinchi mijoz ehtiyoji uchun boshqacha yo‘llar mavjud, bu yo‘llarni ikkikarrali bronni amalga oshirayotganda bo‘lim menejeri o‘ylab qo‘yadi. Har ikki mijoz tashrif buyursa, yoki turist ogohlantirmay kelsa, mehmonxonada joy bo‘lmasa, mehmonxona xodimi ularni mehmonxonaga yaqin joylashgan uy- joyni ijaraga beruvchilar, yoki boshqa mehmonxonalarga jo‘natadilar. Bunday paytda mijozdan mehmonxonani o‘zgartirishi haqida ijozat so‘rash zarur.



Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə