Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə13/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

V Bob. Buxgalteriya
5.1. Mehmonxonaning buxgalteriya faoliyati bilan tanishish va uni tahlil qilish
Men Yusupbayev Sardor 20.11.2023 kundan boshlab “Asian Plaza” mehmonxonasining Buxgalteriya bo’limida amalyotimni davom etirishni boshladim. Buxgalteriya bo’limi mehmonxonaning barcha hisob kitoblarini amalga oshiruvchi bo’limi bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya bo’limi amalga oshiradigan vazifalar:
1. Mehmonxona ishchilariga ish haqqi hisoblaydi.
2. Mehmonxona kirimi va chiqimini yuritadi
3. Viloyat statistika boshqarmasiga har oylik, choraklik, yillik hisobotlarni taqdim qiladi. Ba’zi bir hisobotlar internet orqali ham yuborilishi mumkin.
4. Hamkor turistik firmalar bilan ishlash jarayonida ular o’rtasidagi pul ko’chirish ishlarini nazorat qiladi.
5. Mehmonxona to’lash kerak bo’lgan soliqlarni amalga oshiradi.
“Asian Plaza” mehmonxonasining barcha hisob - kitoblari buxgalteriya bo’limida amalga oshiriladi. Bosh hisobchi asosan ishchilarga maosh, xizmatlarning kalkullatsiyasi, foyda va zararlarni taqqoslash va sarf – xarajatlarni amalga oshiriladi. Bosh hisobchi o’z ishini soat 9-00 da boshlaydi va soat 17-00 da yakunlaydi. Bosh buxgalterning qilinadigan ishini ham bosh hisobchi bajaradi. U asosan har kunlik xarajatlarni (prixod va rasxod) hisoblab, ularni kalkulyatsiya qilib boradi. Va so’ngra ularni kompyuter ba’zasiga kiritadi. Oyning oxiriga kelib esa ish haqi va kommunal to’lovlar hisob – kitob qilinadi.
5.2. Mehmonxonaga kelgan turistlarning xarajati hisobini olib borish

Mehmonxonaga mijoz kirgandan chiqqunga qadar qilgan barcha xarajatlari Follio degan qog`ozga yozib boriladi. Mehmon check out qilayotganda bir nusxasi yani narxlar unga ko`rsatiladi. Shu orqali qilingan barcha hisob kitoblar qayd qilinib boriladi.


Xarajatlar Tovar tannarxining kalkulyatsiyasi asosida baholanadi. Kalkulyatsiyalash – bu tovarni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xilmaxil xarajatlarni pul o’lchovida ifodalash orqali birlashtirish va ularni mahsulot, xizmat turi bo’yicha tasniflash natijasida tannarxni hisoblash usulidir.
Xarajatlar quyidagi ko’rsatkichlarning asosida baholanadi.
1. umumiy xarajatlar=doimiy xarajatlar +o’zgaruvchan xarajatlar
2. o’rtacha xarajatlar=umumiy xarajatlar :mahsulot miqdori
3. tur mahsulotning to’liq tannarxi=tur mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi+ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari .
4. bir birlik tur mahsulotga kelgan xarajat = tur mahsuloning to’liq tannarxi : tur mahsulotning ishlab chiqarish narxi .
Mehmonxonaga kelgan turistning xarajatlari kalkulyatsiyasini qilishda quyidagilar hisobga olinadi :

  • Mehmonxonada tunash narxi

  • To’ldiruvci xizmatlaridan foydalanishi . Ularning tarkibi

  • Xonaga qo’shimcha ovqat buyurtma qilish

  • Mehmonxona yuvish xizmatidan foydalanish

  • Tibbiy xizmatdan foydalanish

  • Gid xizmatidan foydalanish

  • Konferensiya zali , banket zali , saunadan foydalanish

  • Internet xizmatidan foydalanish

  • Mehmonxonada mavjud bo’lgan boshqa to’ldiruvchi xizmatlardan foydalanishi mumkin .


Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə