Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 34,14 Kb.
səhifə11/14
tarix29.09.2023
ölçüsü34,14 Kb.
#124746
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
INNOVATSION RASHID AKA

Tayanch iboralari:

Birlashish, qo‘shilish, “buzuvchi innovatsiya”, “mudofaa strategiyasi”, biznes sheriklari: xodimlar, aksiyadorlar, ommaviy axborot vositalari, yetkazib beruvchilar, mijozlar.



Nazorat savollari:

1. Iqtisodiy tanazzul paytida va qo‘shilish sabablari nimada?


2.Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali tashqi muhitning jiddiy “zarbalari”dan muvaffaqiyatli o‘tgan kompaniyalarga misollar keltiring
3.Ochiq bozorda texnologiyani sotib olishning asosiy muvaffaqiyat omillari qanday?
4.Ochiq bozorda texnologiyalarni sotib olishda asosiy “afsonalar” nimalardan iborat.
5. Ochiq bozorda texnologiyani muvaffaqiyatli sotib olishga misollar keltiring.

13-SEMINAR. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi.

Zavod ilm-fanining innovatsiyalarni boshqarish mexanizmining muhim bo‘g‘ini sifatidagi rivojlanishi nafaqat ilmiy-ishlab chiqarish tizimlarga xos xususiyatlarni hisobga olishga, balki uning shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlariga ham bog‘liq. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kirishi mumkin:


 ilm-fanning ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarini kuchaytirish;
 “ilm-fan – ishlab chiqarish” siklining ilmiy-texnik faoliyatni tashkil etishning zavod shaklida tugallanganligi;
 innovatsion ishlanmalarining ishlab chiqarish-iqtisodiy tizimlar (korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliyasanoat guruhlari) ning umumiy strategiyasi bilan yaqindan bog‘lanish zarurati;
 ishlanmalar hajmi va ularning amaliy qo‘llanilishi, tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish sur’atlarining orqada qolishi o‘rtasida mos kelmaslik;
 ITI va KB larda bajarilgan ishlanmalarning real ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olishdan nisbatan uzib ketishi, bu esa ko‘pincha ularni o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtirib, ommaviy keng tarqalishi muddatlarini cho‘zadi;
korxona (birlashma)larning uskuna, qurilma va asboblaridan eksperimental va tajribaviy-ishlab chiqarish ishlari uchun foydalanish imkoniyati;
 ish bosqichlari o‘rtasida bog‘lanish va moslashish davrining qisqarishi, yuridik xarakterdagi qiyinchiliklarining bartaraf etilishi;
 ishlanmalar natijalarini tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblari (mahsulot sermehnatligini kamaytirish, foyda o‘sishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy rag‘batlantirish, ma’naviy-psixologik muhitning o‘zgarishi shaklida);
 ilmiy tashkilotlar bilan aloqalar, korxonalarning akademik institutlar, soha ilmiy-texnik tashkilotlar va OTM ilm-fani bilan hamkorlikni kengaytirish;
 ilmiy-texnik xodimlari fe’l-atvorining o‘z ishlanmalarini tatbiq etishdagi ko‘proq manfaatdorligida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik motivlari rolining ortishi;
 turli ijtimoiy guruhlarning zavod ilm-fani faoliyat ko‘rsatishi sharoitida yaqinlashish imkoniyati, bu esa butun jamiyat yanada birxillashuviga yordam beradi.
Zavod ilm-fani umumiy konsepsiyasi, uni boshqarish usullarini uning faoliyat ko‘rsatishining ko‘p maqsadliligini, ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan o‘zaro aloqalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish nihoyatda muhim. Bu esa zavod ilm-fani doirasida ikki dinamik tizim – fan va ishlab chiqarishning manfaatlari chatishib ketishi bilan murakkablashadi.
Bunda shunday qoidadan kelib chiqish lozimki, zavod ilm-fani ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, texniktexnologik, ijtimoiy-psixologik funksiyalarni bajaradi. Ijtimoiy ehtiyojlarni amalga oshirish uchun u ixtiyoridagi (mehnat, moddiy, texnik, axborot va moliya) resurslardan foydalanadi.


Yüklə 34,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə