Ишлаб чикариш дастури


Qutisimon detallarga mexanik ishlov berish ketma-ketligi va ularni bajarish tartibi



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə50/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Qutisimon detallarga mexanik ishlov berish ketma-ketligi va ularni bajarish tartibi


Bir butun (yaxlit) tayyorlangan qutisimon detallarga mexanik ishlov berish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:

      • asosiy texnologik yuzalarga ishlov berish: asos tekisligi, qopqoq bilan birikish tekisligi va ulardagi maxkamlash tekisliklariga ishlov berish;

      • qolgan barcha yordamchi tekis yuzalarga ishlov berish;

      • asosiy teshiklarga qora va yarim tuza ishlov berish;

      • qolgan barcha yordamchi teshiklarga ishlov berish;

      • asosiy teshiklarga oxirgi ishlov berish;

Ikki bulakka bulinadigan, ya’ni bulinish tekisligiga ega bulgan qutisimon detallarga quyidagi tartibda ishlov beriladi:

  1. Bulinish tekisligiga ishlov berish;

  2. Ishlov berish vaqtida o’rnatish yuzasi vazifasini bajaruvchi tekis yuzalarga ishlov berish;

  3. Teshiklarni parmalash va rezpba ochish, bulinish tekisligidagi shtift osti teshiklarini ochish;

  4. Uutisimon detalning shtiftlar yordamida qismlarini yiђish;

  5. Asosiy teshiklar va qolgan tekis yuzalarga birgalikda ishlov berish.

Donali va kichik seriyali ishlab-chiqarish sharoitida qutisimon detallarga ishlov berish reysmus yordamida asosiy teshiklarni markazlarini belgilash va ularga nisbatan yordamchi teshiklarni markazlarini hamda detal konturini belgilashdan boshlanadi – ya’ni avvaldan belgilab olib ishlov berish usuli qo’llaniladi. Teshiklarni markazlari kern yordamida uyib quyiladi va uyiqqa shpindelga o’rnatilgan markaz moslanadi, sung markaz kesuvchi asbob bilan almashtiriladi shundan sung mexanik ishlov berish amalga oshiriladi.
Urta va kup seriyali ishlab chiqarish sharoitida qutisimon detallarga ishlov berish maxsus moslamalarda bajarilsa, avtomatik qatorlarda esa yuldosh (sputnik) moslamalardan foydalaniladi.
Uutisimon detallarni tashqi tekis yuzalariga randalash, frezerlash, yunish, katta qatlamni jilvirlash va sidirish usullari bilan ishlov beriladi. Dastgohni suzlash va kesuvchi asbobni soddaligi tufayli donali hamda kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida randalash keng qo’llaniladi. Kichik detallarga ishlov berishda kundalang randalash, katta detallarga ishlov berishda buylama randalash qo’llaniladi (8.1-rasm).

8.1-rasm. Tekis yuzalarni randalash a) buylama, b) kundalang randalash.


Randalashda ish unumdorligi kichik. Ish unumdorligini oshirish uchun dastgoh stoliga bir guruh detallariga birin–ketin joylashtirib yoki buylama randalash dastgohida bir necha supportidan foydalanib detalning bir necha tekisligi bo’yicha joylashgan yuzalarga ishlov berish mumkin.
Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida tekis yuzalarga sirtni frezerlash usulidan foydalanish qul keladi. Ish unumdorligini oshirish maqsadida bir necha detalga kup shpindelli buylama frezerlash dastgohida ishlov berish mumkin (8.2,a-rasm). Bu usul bilan detallarni bir necha yuzasiga bir vaqtda ishlov berish 8.2,b-rasmda kursatilgan. Bundan tashqari, xomashyoni qayta o’rnatish usulidan foydalanilsa ham buladi.

8.2-rasm. Buylama-frezerlash dastgohlaridan yo’qori unumli ishlov berish usullari.
a) kup urinli moslamalarda ishlov berish; b) bir necha yuzalarga bir vaqtni uzida ishlov berish; v) qayta o’rnatish usuli bilan ishlov berish.
Karusel va barabanli – frezerlash dastgohlarini qullab ish unumdorligini oshirish mumkin (8.3-rasm).
Vertikal-frezalash dastgohlarida ikkita moslama qullagan holda mayatnik frezalash- usulidan foydalanib sarflangan vaqtni kamaytirish mumkin.
Yalpi ishlab chiqarish sharoitida qutisimon detallarga maxsus sidirish dastgohlarida ishlov beriladi (8.4-rasm).

8.3-rasm. Yuzalarni uzluksiz frezalash jarayonlari:
a) bir shpindelli karusel-frezalash dastgohida; b) ikki shpindelli karusel-frezalash dastgohida qora va tuza ishlov berish; v) barabanli frezalash dastgohida ishlov berish. 1-freza, 2-ishlov berilayotgan detallar, 3- dastgoh stoli, 4- baraban.


8.4-rasm. Tekis yuzalarni uzluksiz sidirish usullari:
a) karusel sidirish dastgohlarda; b) barabanli dastgohlarda; 1 – ishlov berilayotgan detal, 2 – sidirgich.
Flanetsli qutisimon detallarni ichki va tashqi aylanish yuzalariga tokarlik-karusel dastgohlarida ishlov beriladi. Seriyalab ishlab-chiqarish sharoitida qutisimon detallarni tekis yuzalariga segment kurinishidagi yiђma jilvir toshlarning sirti va likopchasimon jilvir toshlar yoki tekis disksimon dilvir toshini sirti bilan tekis jilvirlash dastgohlarida ishlov beriladi. Bu usullarni dagal ishlov berishda katta qatlamni jilvirlashda ham qullash mumkin (8.5-rasm).
Bulinish (ajratish) yuzalari frezerlangandan sung bu yuzalardagi maxkamlash teshiklari parmalanadi, ulardan ikkitasi albatta razvyortkalanadi, chunki ular keyingi amallarda o’rnatish yuzasi bulib xizmat qiladi. Uutisimon detalning asos yuzasi bo’yicha o’rnatilganda razvyorkalangan teshiklarni biri bo’yicha tsilindrsimon butun barmoqqa ikkinchisi bo’yicha esa tsilindrsimon kesilgan barmoqqa o’rnatiladi.


8.5-rasm. Tekis yuzalarni jilvirlash:
a) segment kurinishidagi jilvir toshining sirti bilan; b) jilvir toshini sirti bilan.
Teshiklarga ishlov berishda konduktor qullansa, radial parmalash dastgohida (donali, kichik seriyali ishlab-chiqarish) yoki kup shpindelli vertikal parmalash hamda agregat parmalash dastgohlarida bajarilish mumkin (kup seriyali va yalpi ishlab-chiqarish). Kup seriyali va yalpi ishlab-chiqarish sharoitlarida parma-razvyortka kurinishidagi yiђma yoki maxsus kesuvchi asbob qullanilishi mumkin.
Uutisimon detallarining asosiy teshiklariga qora va yarim tuza ishlov berish yunib kengaytiruvchi, tokarlik, tokarlik-karusel, radial va vertikal hamda agregat parmalash dastgohlarida amalga oshirilishi mumkin. Diametri 40-50 mmli bulgan teshiklar «o’lchamli» kesuvchi asboblar parma zenkr va razvyortkalar bilan ishlansa katta diametrli teshiklar keskislar kallagi, borshtanga, yunib kengaytiruvchi keskichlar o’rnatilgan opravka yordamida ishlov beriladi. Ishlov berishda o’lcham aniqligini oshirish maqsadida birinchi va ikkinchi hollarda ham kesuvchi asbobni yo’naltiruchi qurilmali yoki tayanchli moslamalar qo’llaniladi (8.6-rasm). Asosiy teshiklarni uzaro joylashish aniqligini oshirish maqsadida donali va kichik seriyali ishlab-chiqarish sharoitida ishlov berib sungra nazorat qilinadi (agarda maqsadga erishilmasa yana bir bor va h.k. ishlov berilib sung nazorat qilib kuriladi). Urta seriyali ishlab chiqarishda shablon yordamida, kup seriyali va yalpi ishlab-chiqarishda maxsus moslamalar yordamida hamda koordinatalar usulidan (koordinatalar bo’yicha yunib kengaytirish dastgoulari va raqamli dastgoular bilan boshqariladigan dastgoular (RDB) uchun) foydalaniladi. Alohida aniqlik talab etiladigan teshiklarga ishlov berishda koordinatalar bo’yicha yunib kengaytirish dastgoularidan foydalaniladi. Ularni koordinatalar bo’yicha aniqligi 1 mkm. Kup seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida qutisimon detallarni asosiy teshiklariga ishlov berishda agregat yunib kengaytirish dastgoulari qo’llaniladi.

8.6-rasm. Uutisimon detallarni teshiklariga ishlov berish jarayonida kesuvchi asbobni yo’naltirish usullari:
a) old yo’naltirgichli; b) orqa yo’naltirgichli; v) old va orqa yo’naltirgichli
Bu dastgoularda parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, rezpba ochish va boshqa ishlarni ham amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, bu dastgoularda bir necha tomonidan bitta holatni (holatni) uzida yoki bir necha holatda ishlov berishi mumkin. Agarda qutisimon detalning bir necha devorlari bo’yicha tayyorlanadigan teshiklarni o’qdoshligini ta’minlash talab qilinsa u holda bu devorlardagi teshiklarga bir utishda ishlov beriladi. Masalan, turtta teshikni zenkerlar yordamida maxsus kengaytirish dastgouida ishlov berish 8.7-rasmda keltirilgan, bunda kesish asboblari maxsus konduktor vtulkalari yordamida yo’naltiriladi.
Uutisimon detallarini asosiy teshiklarining oxirgi mexanik ishlashda yupqa qatlamni yunib kengaytirib ichki yuzalarini jilvirlash, xoninglash va roliklar yordamida teshikni kengaytirib ishlash usullaridan foydalaniladi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə