Ишлаб чикариш дастури


Detallarni tiklashning texnologik marshrutini loyihalash



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə84/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

2. Detallarni tiklashning texnologik marshrutini loyihalash.

Ta’mirlash korxonalari sharoitlarida texnologik jarayonlar asosan yeyilib ishdan chiqqan detallarni ta’mirlashda yoki yangilarini tayyorlashda ishlab chiqiladi. Agar yangi detallarni tayyorlashda yarim mahsulot tayyorlanadigan metall ishlov berish ob’ekti bo’lsa, ta’mirlashda yuza qismi hajmlari shakli va xossalari o’zgargan detallar ishlov berish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi, bu esa ma’lum qiyinchiliklar bilan bog’liq.


Detalni tiklash texnologik jarayonining maqsadi - bu tiklashning kam qiymatida zaruriy chidamlilikni ta’minlaydigan o’ta oqilona usul bilan yo’qotilgan ishchanlikni qaytarishdir.
Detallarni tiklash jarayonini partiyalar yordamida tashkil etish maqsadga muvofiq, ular quyidagi belgilar bo’yicha butlanadi: umumiy va turli nuqsonlarga ega bo’lgan detallarning nomlari bilan; bir xil detallarda turli nuqsonlarning mavjudligi bilan; turli detallardagi nuqsonlarning bir turdaligi bilan. SHunga muvofiq butlashning har bir usuliga ma’lum bir texnologik jarayon mos keladi.
Tiklashning nuqsonli texnologiyasida detallar partiyasi ularning bir turdaligi va mavjud nuqsonlarni hisobga olmagan holda, faqat nomlanishi bo’yicha butlanadi. Nuqsonning har bir turini tuzatish uchun alohida texnologiya ishlab chiqiladi. Bunda detallarning ulkan partiyalarini ishlab chiqishni yo’lga qo’yish, maxsus jihozlar va asbob-uskunalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi. Detallarning uchastkalar bo’yicha harakati qiyinlashadi, tiklash davri davomiyligi va ishlar qiymati o’sadi. SHu sababli nuqsonli texnologiyadan faqat yagona va kam seriyali ishlab chiqarishlarda foydalaniladi.
Marshrutli texnologiyada texnologik jarayon nuqsonlarning ma’lum yig’indisini tuzatish uchun ishlab chiqiladi. Bunda texnologik operatsiyalarni bajarishning o’ta foydali ketma-ketligi va detallarning tsexlar bo’yicha harakatining eng yaqin marshruti belgilanadi. Kon mashinalari detallari turli nuqsonlarga ega bo’lganligi va ularni tuzatishning turli yo’llari mavjudligi sababli, bunday nuqsonlarning birikuvi va xususan, har bir marshrut uchun detallarni nazorat qilish uchastkasida alohida texnologik jarayon ishlab chiqiladi.
Nuqsonlarning birikuvini aniqlash uchun defektatsiya kartasi tuziladi, unda barcha mumkin bo’lgan nuqson (ishdan chiqish, sinish. Yorilish, egilish va b.)lar ko’rsatiladi.
Bir biridan uncha keskin farq qilmaydigan nuqsonlarning birikishi variantlari bitta marshrutda birlashtiriladi, bu uchun 3.1601-74 va 3.115-7a DST bilan tavsiya etilgan shakl bo’yicha detalni tiklashning texnologik kartasi ishlab chiqiladi.
Ushbu nomlanishdagi detallar uchun marshrutlarning umumiy soni minimal (5 dan ko’p bo’lmagan) bo’lishi lozim, aks holda rejalashtirish va ishlab chiqarish hisobi qiyinlashadi, omborxona xonalarining kengayishi talab etiladi. Detallarni tiklashning marshrut texnologiyasidan yirik maxsuslashgan korxonalarda foydalanish maqsadga muvofiq emas, bu korxonalarda ko’p seriyali yoki ko’plab ishlab chiqarish sharoitlarini yaratish imkoniyati bor.
Texnologik jarayonlarni tiplarga ajratish printsipiga asoslangan guruh texnologiyasi shundan iboratki, mashinalar detallari tiklash operatsiyalarini bajarish uchun muhim bo’lgan umumiy konstruktiv va texnologik belgilar bo’yicha tavsiflanadi. Bunda barcha detallar sinf va guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhda texnologik jarayon har bir detalь uchun ishlab chiqiladi. Detallarni shunday tasniflash bo’yicha misol 15-16 jadvalda keltirilgan. Bu yerda guruhdagi har bir detalga nuqsonlarning ma’lum bir birikuvi mos keladi.
Guruh texnologiyasi detallar guruhini tiklash guruh moslamalari va jihozlarining keng imkonyatlarini yaratadi, bu esa nomenklatura va uskunalash miqdorini qisqartiradi. Guruh texnologik jarayonlaridan detallarni tiklash bo’yicha uzluksiz (konveyer) ishlash usulini tashkil etishda foydalaniladi.

Detallarni tiklash bo’yicha texnologik jarayonni ishlab chiqish uchun quyidagi boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’lish zarur; ta’mirlanayotgan detallarning yillik dasturi, detalning ishchi chizmasi, tiklanadigan detalь kiritiladigan yig’ish birligining chizmasi, uchraydigan nuqsonlar va ularni tuzatish yo’llari ko’rsatilgan detallarning tasnifi, tiklash usullari tasnifi, jihozlar, kesish, o’lchash va yordamchi asbob-uskunalar kataloglari, tiklash materiallari rejimi, vaqt me’yori bo’yicha ma’lumotlar.
Tiklashning texnologik jarayonlari quyidagi ketma-ketlikda loyihalanadi:
- detalning geometrik shakli, o’lchami va materiali, nuqsonlarning xususiyati va miqdori, foydalanish sharoitlari bilan tanishish;
- tiklash usuli tanlanadi va baholanadi; ishlarning barcha turlarini bajarish ketma-ketligi belgilanadi;
- zaruriy jihoz, moslama, asbob-uskuna tanlanadi;
- materiallar va tiklashning mos rejimlari tanlanadi;
- detalь yuzasi sifatining ishchi chizmaga mos kelishi nazorat qilinadi;
- ishchilar tasnifi va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun vaqt me’yorlari aniqlanadi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqishning o’ta mas’ul bosqichi - bu detallarni tiklash usullarini tanlash va baholashdir, ular qator mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Kon mashinalari detallarini tiklashning oqilona usulini tanlashda quyidagi mezonlaridan foydalaniladi: texnologik, uzoq muddatli va texnik-iqtisodiy.
Texnologik mezon tiklashning bir yoki bir qancha texnologik usullaridan foydalanish imkoniyatini tavsiflaydi, u yoki bu usul bilan tiklanadigan detallarning ro’yxatini aniqlash imkonini yaratadi. Bu mezon son bilan ifodalanmaydi va dastlabki hisoblanadi.
Uzoq muddatlilik mezoni detallarning ishlash qobiliyatini ta’minlash nuqtai nazaridan tiklash usullarini baholash imkonini beradi. Tiklanadigan detalning o’ta uzoq muddatliligini ta’minlaydigan usul eng oqilona usul hisoblanadi. SHu bilan birga, har bir tiklanadigan usulning detallarni uzoq muddatliligini belgilaydigan xususiyatlar ajratib turadi. Masalan, ta’mirlash o’lchamlari usuli uchun - yeyilmaslik barqarorligi (iznosostoykostь), metall bilan qoplash usullari uchun - ulanish pishiqligi (mustahkamligi), asosiy metall qoplamalari uchun - mahkamlikni yo’qotish. Uzoq muddatlilik mezoni Kyu uzoq muddatlilik koeffitsienti orqali, ya’ni ta’mirlangan detalning xizmat qilish muddatining yangi detalning xizmat qilish muddatiga bo’lgan munosabati bilan ifodalanadi. Texnik-iqtisodiy mezon detalning tiklash usulini tanlash to’g’risidagi masalani uzil-kesil hal qilish imkonini beradi:
Sv Kd K1, bu yerda Sv – yangi detalь qiymati, Kd – detalni tiklash qiymati, K1 – uzoq muddatlilik koeffitsienti
SHubhasiz, uzoq muddatlilik koeffitsienti qancha yuqori bo’lsa, tiklash usuli shuncha mukammal. Uzoq muddatlilik koeffitsientlari tiklash usullarining xizmat xususiyatlarini tavsiflaydi, qoplamalar ulanishining detalning asosiy metali bilan mustahkamligiga yuza qatlamlarning yeyilishga chidamliligiga bog’liq.
Detallarni tiklash narxi va usullarini tanlash, shuningdek ishlab chiqarish hajmiga, ya’ni ta’mirlash korxonasining yillik ishlab chiqarish dasturiga bog’liq.
Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari va ta’mirlash korxonalarining ish tajribasi detalni tiklashning oqilona usullarini tanlash bo’yicha ayrim umumiy tavsiyanomalarni berish imkonini beradi. Agar harakatsiz birikmalar guruhiga kiradigan detallarda tiklash jarayonida 0,02-0,08 mm li qalinlikdagi qatlam oshib borsa. Unda elektralangali oshish va po’latlashishni qo’llash maqsadga muvofiqdir; harakatsiz birikmalar guruhiga kiradigan va 1 mm gacha oshib boradigan qatlamda ishqalanish sharoitida ishlaydigan detallarni tiklashda oqilona xromlash va qattiq po’latlash; 2 mm gacha bo’lgan o’sib borish qalinligida - tebranma yoysimon eritma metall (vibrodugovaya naplavka) va metallashtirish; harakatsiz birikmalar guruhiga kiradigan va ishqalanish sharoitlarida ishlaydigan detallarni tiklashda oshib o’sib borayotgan qatlamning qalinligi 2,5-3 mm bo’lsa, 3 mm dan ortiq tebranma yoysimon eritma metall qo’llash tavsiya etiladi.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə