Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə83/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Dp=dH-2( V+xv)=dn-zB;
dp2 = dpl- 2( B +xB) = dn -2zv
dpn = dpn-1-2( B + xv) = dH- nzB.
O’xshash ko’rinishda va detaldagi teshik uchun bir qator ta’mirlash o’lchamini tuzish mumkin.
Mexanik ishlov berilgan detallarni qayta tiklashni bir necha marta amalga oshirish mumkin. Ta’mirlash sonini aniqlash uchun p detalning mustahkamligini hisobga olgan holda joiz eng kam diametrini bilish dM, tsementlangan yoki yuza qatlamini toblash, shuningdek tutashma o’lchamini
dn –dm =2( v + xv)n. ( )
qaerda valni ta’mirlash soni:
Markazdan siljimasdan
n1= n2= ( )
Markazdan siljimasdan
n2= (15.6)
Ta’mirlash o’lchami ostida detalga ishlov berishni tanlashda uni materiali va termik ishlov berish, eskirish kattaligi, ishlov berishni uzaytirish va dastgohli park soni hisobga olinadi.
Ta’mirlash operatsiyalari eng ahamiyatga molik bo’lgani qo’yidagicha: yo’nish, yoyish va ta’mirlash o’lchamiga mos teshiklarni silliqlash (shu bilan val diametri tegishlicha ko’payadi); ta’mirlash o’lchamiga mos valni yo’nish va silliqlash ( diametr bo’yicha teshik mos ravish kichrayadi); detalni payvandlashga qadar va undan keyin ishlov berish, suyultirib qoplash, metallizatsiyalash, xromlash, temirlash; shlitslarni to’g’rilash, rezьba, ariqcha va boshq. Ko’pchilik hollarda uncha katta bo’lmagan uzaytirishlar olib tashlanadi va toza ishlov berish olib boriladi. SHuning uchun qirqish asbobi geometriyasi va ishlov berish ' o’sha holatida qoladi, so’nggi ishlovdagidek mexanik ishlov beriladi.

Ta’mirlash o’lchamiga mos detalga ishlov berishni ana shunday operatsiyalardan keyin texnologik jarayonning oxirida bajarish maqsadga muvofiqdir, tuzatish,teshik-yoriqlarni payvandlab yamash va boshq. Toza ishlov berilgan yuzalarni shikastlanish va uncha katta bo’lmagan deformatsiyani bartaraf etish, bukilish va qiyshayishdan ehtiyot qilishga imkon beradi.
Ta’mirlash o’lchami usuli ta’mirlash korxonalari sharoitida keng qo’llaniladi, boshqa usullar bilan taqqoslagan u ancha arzon bo’lib, murakkab va qimmatbaho detallarni qayta tiklash imkonini beradi, ta’mirlash o’lchami chegarasida o’zaro almashishni ta’minlaydi, universal uskunalardan foydalanishni ta’minlaydi. SHu bilan ko’p marta detallarni qayta tiklashda ana usul xizmat qilish muddatini qisqartiradi, ehtiyot qismlar nomenklaturasini oshiradi va shu munosabat bilan ta’mirlash, rejalash, saqlashni murakkablashtiradi.
Tutashmalarni ta’mirlash qo’shimcha detallar yordamida bajariladi, bunda stakan shaklidagi maxsus kirgizmani eskirgan teshiklarga o’rnatish, vtulkaning o’tish joyi, halqa, ish qo’yma va boshqa to’ldiruvchi detallardan iborat.
Buning uchun ishlov berilgan teshiklar vtulkaga presslanadi va zarur o’lchamga ega bo’lguncha yo’niladi. Valga ishlov berishni 6- (kvalitet) detallarga ishlov berish aniqligi darajasi(g, R, S), vtulkaga bo’lsa 7- kvalitet (R, S) yoki U8. Vtulkani mustahkamlash, rezbali shtift o’rnatish, vint, shuningdek svarkalash taranglik bilan o’tkaziladi.
Qo’shimcha detal (vtulkalar) uchun materiallar qayta tiklanayotgan detalning materialini hisobga olgan holda tanlanadi. Ushbu yo’l bilan detalning qismlarini ham qayta tiklash mumkin. SHunday qilib, agar val-shesterna val uchun tuzatib bo’lmaydigan eskirishga ega bo’lsa, unda shesterna kesiladi, undagi teshik yo’niladi unga yangi val bostiriladi (presslanadi).
Valning shlitsli qismida tuzatib bo’lmaydigan eskirish holatida u kesib tashlanadi va yangisiga almashtiriladi (15.2, a rasm.). SHesterna yaroqsiz holga kelsa tishli g’ildirak blokida u qirqiladi va gardishga almashtiriladi. (15.2, b rasm.).

Amaliy mashg’ulot-2


Kon uskunasi detallarini qayta tiklash jarayonlarini loyihalash.
Detallarni tiklashning texnologik marshrutini loyihalash.
1 Polimer materiallar va sintetik yelimlardan yeyilib ishdan chiqqan yuzalarni tiklash, suv, havo va moy bilan ishlaydigan apparatlarni ta’mirlash, yoriqlar, teshiklarni bekitish, friktsion (chig’iriqli) detallarni yopishtirish, metallar, plastmassalar, shishalar va boshqa materiallarni bir-biri bilan va turli boshqa materiallar bilan birgalikda yelimlashda foydalaniladi.
Ta’mirlash korxonalarida detallarni tiklashda ED-6 va ED-5 markali epoksidli qatron (smola)lar asosidagi plastmassalar va VS-10T, VS-350, BF va boshqa sintetik yelimlardan foydalaniladi.
VS-10T yelimi organik eritgichlardagi sintetik qatronlarning eritmasidir. Bu o’tkir qizil rangdagi bir xil shaffof (tiniq) suyuqlik bo’lib, metallar, shisha testolit va boshqa materiallarni istalgan birikmalarda yelimlash uchun ishlatiladi. Mustahkamlik chegarasi 16-19 MP po’lati bo’yicha 20 S haroratda.
VS-350 yelimi ko’p tarkibli hisoblanadi va po’lat. Dyuralyuminiyni yelimlash uchun ishltiladi. Siljishda mustahkamlik chegarasi 200-350 S haroratda 6,5-11 MPa.
BF yelimi – bu termoreaktiv qatronlarning spirtli eritmalaridir. BF-2, BF-4 va BF-6 yelimlari keng tarfalgan. BF-2 va BF-4 yelimlaridan ham VS-10T yelimi kabi foydalaniladi. BF-6 yelimidan rezina, fetr va kigiz (namat) va boshqa materiallarni yelimlash uchun foydalaniladi. Yelimlarning qotishi haroratga qarab 0,25 dan 4 soatgacha o’zgaradi. BF-4 yelimi bilan yelimlangan po’latning mustahkamlik chegarasi taxminan 45-60 MPa.
Yelimlashdagi texnologik jarayon quyidagi operatsiyalardan iborat: yuzani yelimlashga tayyorlash; yelimlash; detalni joylashtirish va quritish; sifatini tekshirish.
Detallarning yelimlanadigan yuzalari metall yaltiragancha tozalanadi va atseton yoki benzin yordamida yog’sizlantiriladi. So’ngra unga qalinligi 0,1-0,2 mm bo’lgan yelim surtiladi va xona haroratida 15-20 daqiqa ushlab turiladi. SHu tartibda ikkinchi marta yelim surtiladi va quritiladi. SHundan keyin yelimlanadigan yuzalar moslama yordamida 0,3-0,4 MPa bosim ostida siqiladi va quritish shkafi yoki shaxta pechiga joylashtiriladi va u yerda 170-180 S haroratda 1,0-1,5 soat davomida ushlab turiladi. Yelimlangan detallar pechь bilan birgalikda sovutiladi.
Yoriqlarni bekitishda uning chetlaridagi dami 60-70 s burchak ostida 2-3 mm chuqurlikda olinadi va tozalangan, ikki marta atseton bilan yog’sizlantirilgan yuzasiga 8-10 daqiqa quritilgandan keyin yelim surtiladi va texnik xomsurp qo’yiladi. Qoplamaning eni yoriqni har tomondan 20-25 mm dan yopib turishi kerak. Rolik bilan o’tilgandan so’ng, yangitdan yelim surtiladi, ikkinchi qoplama qo’yiladi (birinchisidan 10-15 mm kengroq) va yana rolik bilan o’tiladi. Surtilayotgan yelimning qalinligi 0,1-0,2 mm. Yelimning qotish davomiyligi 20 S haroratda 3 kun.
Detallarning yeyilib ketgan yuzalarini polimer materiallar bilan tiklash yolg’ondakam suyultirilgan qatlam, gazli va boshqa usullarda amalga oshishi mumkin.
Detallarni tiklashda ularni 280-320S haroratgacha qizdiriladi va mikrog’ovakli to’siqlar bilan bo’lingan ikki kamerali qurilmaga joylashtiriladi. Yuqori kameraga 0,1-0,25 mm li kukunli kapron sepiladi va osib qo’yiladi. Pastki kameraga siqilgan havo yoki 6 ballondan inert gazi uzatiladi, ushbu inert gazi kukunni muallaq holatga olib keladi. Kukunning qismlari aralashgan holda detalni bir tekis qoplaydi va 1,5 mm gacha qalinlikdagi qatlam hosil qilgan holda eriydi. Kameradagi havo bosimi 0,15-0,25 MPa ni tashkil qiladi. Kamerada detallar 5-10 soat davomida ushlab turiladi
.
Yolg’ondakam suyultirilgan qatlamdagi polimer qoplamalarni surtish uchun qurilma sxemasi: 1-kamera; 2- so’rish qurilmasi; 3-detalь; 4-to’siq; 5-changyutgich; 6-ballon; 7-reduktor.
Gazalangali jarayonda kichik polietilenli, polistirol, kapron ko’rinishidagi material purkagichli gorilkadan o’tkaziladi. Alangadan o’tayotgan kukunlar qismlari yumshaydi yoki eriydi va siqilgan havo orqali detal yuzasiga surtiladi. Qismlar detalning qizdirilgan yuzasi bilan tutashganda, qoplama hosil qilgan holda eriydi. SHu usul bilan antifriktsion va friktsion, elektr va issiqlik izolyatsiyasi, dekorativ xossalarg ega qoplamalar surtiladi.
Detalь yuzasini notekis qizdirish qoplamada nuqsonlar paydo bo’lish manbai hisoblanadi. Plastmassali detallarga VK-8 va VK-6 qattiq qotishmali plastinkalar bilan jihozlangan qisqichlar bilan ishlov beriladi. O’tkirlash 300-600 m/dets kesish tezligida va qattiq ishlov berilganda 0,2-0,4 mm va toza ishlov berilganda 0,05-0,15 mm da uzatilganda amalga oshiriladi.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə