Ишлаб чикариш дастури


Mashina detallari sirtlari sifatlari sifatining ahamiyati



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə92/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Mashina detallari sirtlari sifatlari sifatining ahamiyati.
Zamonaviy mashinalar uchun xos bo’lgan ish parametrlari va sharoitlari tutashuvchi detallar sirtlari sifatiga yuqori talablar qo’yiladi. Bunga quyidagilar kiradi:
a) mashinalarning tez yurarligi
b) yuqori solishtirma yuklanishlar
v) nisbatan kichik vaznda mashinalarning katta quvvati
g) yuqori bosimlar va haroratlar
d) mashina ishining uzoq ishlashi va ishonchligiga talablar
e) mexanizmlar va butun mashina ishining aniqligi.
Sirtlar sifati detallar eksplatatsion xossalariga katta ta’sir o’tkazadi. Sirtlar yeyilishga bardoshliligi ko’p boshua omillar uatorida uning sifatiga boђlik bo’ladi. Detallar sirtlari yeyilishiga makronotekislik, to’lkinsimonlik va mikronotekisliklar ta’sir qiladi.
Makronotekislik va to’lkinsimon sirtlarning yeyilishi notekis kechadi. Avval sirtning ishlab turadigan uismlari yeyiladi, makronotekisliklarda birinchi navbatda sirtning chuuuilari deformatsiyalanadi va uvalanadi. Yeyilish uiymatining ishkalanuvchi sirtlar ishiga boђlikligi grafikda (rasm) berilgan. Ishualanuvchi sirtlar sifatining oshishi mashina xizmat muddatini oshiradi, ularning ish davomiyligini chuzadi.
Sirt g'adir-budirligining klassifikatsiyasi va mezonlari 2789-73 GOST i bilan belgilangan. Ishlov berish natijasida hosil bo’layotgan sirt g'adir-budirligi deganda sirt relyefini tashkil etuvchi va uzunligi sirt tabiatiga bog'lik ravishda tanlanib, bazaviy uzunlikka teng uchastka chegaralarida uaralayotgan nisbatan kichik uadamli notekisliklarning jamlanmasi tushuniladi.

Amaliy mashg’ulot-9-10
Kon mashina detallarini qayta tiklashda quyimlarni loyihalash

  1. Detallarni qayta tiklash usullari

Konchilik mashinalari detallarini ta’mirlashda ularni yaroqligi, geometrik shakli va o’qqa uzviy joylashuvi, o’lchami, o’tkazish, mustahkamligi, qattiqligi va boshqalari qayta tiklanadi. Detallarni qayta tiklashni uchta guruhga bo’lish mumkin: detalning eskirgan joyida metallni uzaytirish: suyultirib qoplash (gal, elektrdug, plazmali); yo’nish (elektr, gaz, yuqori sifatli va plazmali metallizatorlar, o’tirishi (cho’kishi) (elektrli, xromlash va po’latlash, kimyoviy nikellash); plastik deformatsiyalash (cho’qish, tarqatish,siqish) amalga oshiriladi;
Detal eskirgan elementi yangisiga almashtirish uchun olib tashlanadi; kompressiyalangan detallarni almashtirishda foydalanish (vtulka-kompensatorlar); eskirgan elementlarni almashtirish (tishli gardish, bandaj, polimer materialdan qistirg’ich);
Eskirgan joyda metall qatlamining yuzasidagi nuqson mexanik ishlov berish orqali olib tashlanadi ( ta’mirlash o’lchami ostida asosiy detalga ishlov berish va tutashma detallarni tayyorlash va tutashma detallarni ta’mirlashdagi tutashma o’lchami asosida)
2. Mexanik ishlov berish orqali yeyilgan detallani qayta tiklash
Mexanik ishlov berish orqali geometrik shaklning to’g’riligi vadetalь yuzasining g’adir-budirligi uning dastlabki o’lchamini o’zgartirgan holda qayta tiklanadi. Buning uchun bir tutashma detaldagi sirti metallni eskirgan qatlami olib tashalanadi, u ta’mirlangach, nominaldan a’lo, yangi bir o’lchamga ega bo’ladi. Boshqa detalь ham xuddi shunday ta’mirlash o’lchamiga muvofiq yangisiga almashtiriladi yoki uning dastlabki o’lchami asosida qayta tiklanadi. Masalani yechishda, qaysi detal tutashmasini almashtirish kerak va qaysini qayta tiklash kerakligida odatda narxi qimmat bo’lgan detalni qayta tiklash maqsadga muvofiq bo’ladi, kam narxdagi esa almashtiriladi.
Konchilik mashinalari ta’mirlashda uch turli ta’mirlash o’lchamiga ega detaldan foydalaniladi: standart- ishlab chiqarish orqali tayyorlangan, tartiblashgan (reglament) – ta’mirlashda texnik shartlar asosida belgilangan va erkin holda.
Standart detallar oldindan belgilangan ta’mirlash o’lchami( porshen, porshen barmoqlari, yupqadevorli qistirgich va boshq) asosida zavod tomonidan tayyorlangan ishlab chiqarish uskunalari va ehtiyot qismlaridir.
SHu o’lcham asosida ta’mirlash korxonalarida tutashma detallarga qayta ishlov beriladi (tsilindr, tirsakli val bo’yinchasi va boshq), yig’ishda o’zaro almashishni ta’minlaydi va ta’mirlash muddatini qisqartiradi.

15.1. Rasm. Valning ta’mirlash o’lchamini aniqlash sxemasi.
Tartiblashtirilgan ta’mirlash o’lchami texnik shartlar asosida shunday bir detallarni qayta tiklash ko’rib chiqiladiki, bular tirsakli val bo’yinchasi va uning vtulkasi, klapani va uni yo’naltiruvchi va boshq.
Detalning erkin ta’mirlash o’lchamida to’g’ri geometrik shaklni olguncha va zarur ishchi yuzaning g’adir-budirlikka ishlov beriladi. Eskirish kattaligi va xarakteriga bog’liqligiga qarab detallar turli o’lchamlarga ega bo’ladi va tutashma detallarga joy bo’yicha oxirgi ishlov berilib, uzaytirgan holda tayyorlanadi.
Uzaytirishni tayinlashda ishlov berish xususiyati, uskuna xili, o’lchami va detal materiallari hisobga olinadi
Detalning ta’mirlash o’lchamini aniqlashni val misolida ko’rib chiqamiz, qaysiki bv belgilangan ta’mirlararo muddatdan keyin eskirish hosil bo’ladi. Valning eskirgan yuzasi to’g’ri geometrik shaklga ega bo’lishi uchun uni uzaytirish bilan qayta ishlash zarur xv. Uncha katta bo’lmagan diametr d-p valning markazini va unda ravon eskirishni ushlab qolgan holda ( 15.1, a rasm) quyidagicha bo’ladi:

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə