Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 67,95 Kb.
səhifə6/9
tarix22.03.2024
ölçüsü67,95 Kb.
#182536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv ja

Mashhur ismni aytish. Jargondan qanday maqsadda foydalansangiz, raqibingiz uchun hurmatli bo‘lgan mashhur ismni aytib ham shunday natijaga erishishingiz mumkin. Siz ish orasida shunday kishini tanishingizni aytib ko‘ysangiz, Sizga e’tibor va hattoki, hurmat ta’minlangani. Ammo, bunda ham oshirib yubormaslik kerak, Sizga tanish kishilar qatoriga boshqa notanish kishilarni ham qo‘shib yubormang.
Sitatalar, manbalar. Ko‘pchilik o‘z qarashlari, fikrlarini ma’qullab - “Men... bilaman” deb aytadilar. Biroq bunda faqatgina shu bilimlaringizni aytib qolmasdan, balki shu bilimlarning manbalarini keltirishingiz mumkin. Maxsus adabiyotlardan sitatalar, ma’lumotlar gapirib berish orqali mazkur sohadagi bilimlaringizni namoyon qilish ortiqcha bo‘lmaydi. Shuning uchun ba’zan “Biror narsaga muvofiq...” yoki “qandaydir qonunga binoan” degan jumlalarni qo‘shish o‘rinlidir. Bu Sizning gapingizga qiziqishni kuchaytiradi. Aniqki, bunday taktikani qo‘llash uchun tayyorgarliklar qurish zarur. Avtoritetlarga (allomalarga) tayanishni yoki kitoblardan sitatalar keltirishni istasangiz, gaplaringizning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishingiz zarur. Buning uchun jiddiy tayyorlaning. Maxsus adabiyotlarni mutolaa qiling, bilimli kishilar bilan suhbatlashing. Axborotni ishlatishdan oldin, uni to‘plang va tahlil qiling. Aralash vositalar. Boshqarishning boshqa vositalarini keng usullar to‘plamidan iborat aralash kategoriyasiga kiritish mumkin. Ulardan ba’zilari:
Yozuvlar. Suhbat chog‘ida oldindan yozib qo‘ygan o‘z yozuvlaringizga qarab quyishingiz mumkin. Yozuvlar bo‘yicha sitatalar keltiring va har qanday bahsda so‘zsiz ustunlik Sizga ta’minlanadi. Bahslashuvning eng muhim lahzalarida raqibingizning so‘zlarini yashirmasdan yozib boring. Bu bilan – Sizning pozitsiyalaringizni mustahkamlovchi narsalarni qaytarib, Siz uni butunlay qurolsizlantirishingiz mumkin.
Yakuniy mulohazalar. Nihoyat, bahslashuv natijasida chiqarilgan xulosalarni o‘zingiz ifodalang va rakibingiz Siz bilan kelishishiga harakat qiling. Siz o‘z nuqtai nazaringizni tan olinishiga faqat uni shakllantirish bilangina erishishingiz mumkin.



Yüklə 67,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə