Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsiyon faoliyatni tashkil etishnihg asosiy shakllari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə38/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2.Innovatsiyon faoliyatni tashkil etishnihg asosiy shakllari
O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo’l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi:
xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bo’lishi va mulk shakllari teng huquqliligining ta’minlanishi;
  • tadbirkorlik va tanlash erkinligi;


  • foyda va daromad olishga intilish;


  • raqobat va raqobatchilik muhiti;


  • narx erkinligi;


  • davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi;


Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab beradi:


  • mustaqil xo’jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi;


  • ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo’lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;


  • erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;


  • etarli moliyaviy mablag’, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo’lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo’l ura bilish va hokazolar.


Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar teng huquqli bo’lib, raqobat muhitida o’z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo’lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo’jalik yuritish sub’yektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar,doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo’lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo’jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish xo’jalik yurituvchilar zimmasiga anchagina mas’uliyat vazifalarini belgilab, ularni ta’minlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo’jalik yurituvchi sub’yekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo’lishni, rivojlanish yo’lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning bunday sharoitdagi asosiy vazifasi raqobatbardoshlikni ta’minlagan holda o’z maqsadiga erishishdir. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo’jalik yurituvchi sub’yektdan izlanuvchi ijodkor bo’lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo’lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo’jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ’ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo’lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo’lishni, barcha innovatsiyalarini o’z faoliyatiga kiritib boruvchi bo’lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shunday ekan, har qanday xo’jalik yurituvchi sub’yekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. xo’jalik yurituvchi sub’yekt o’z faoliyatini oddiy yo’l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida engiladi, ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo’jalik yurituvchi sub’yekt o’z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Xo’jalik yurituvchi sub’yekt o’z faoliyatini tanlov asosida tashkil etar ekan, u innovatsiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik yo’li bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir.


Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o’zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo’nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o’z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko’p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Innovatsiya strategiyasi korxona, xo’jalik yuritish sub’yektlari uchun aniq yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o’z mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta’minlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta’minlaydi.
Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.
Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo’jalik yurituvchi sub’yekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo’lishga, o’rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog’liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini
Dunyodagi zamonaviy taraqqiyot tendensiyasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini rag‘batlantirish, ilg‘or ilm-fan yutuqlarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilish barqaror iqtisodiy o‘sishning bosh omili hisoblanadi. Masalan, hozirgi kunda GFRda YaiMning 2,7%ini, AQShda -2,8%ini va Ya’oniyada 3,5% ini aynan innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilayotgani yuqoridagi fikrning yaqqol dalilidir.
Ushbu sohada to’plangan tajriba va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish yo‘lida bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular ichida ayniqsa, innovatsiya faoliyatini tartibga soluvchi alohida qonun hujjatining yo‘qligi; ayniqsa, innovatsiyalarni yaratuvchi sub'yektlarga va innovatsiyalardan foydalanuvchilarga tegishli imtiyozlar beruvchi va rag‘batlantiruvchi mexanizmlar ko‘zda tutilmaganligi bu borada zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalardan biri hisoblanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, innovatsiyalarning hayotimizga keng kirib kelishi yo‘lida hali qator tashkiliy-huquqiy ishlarni amalga oshirilishi lozim. Bunda “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tezroq qabul qilishni bugungi davrning o‘zi taqozo etib turibdi.
Shu maqsadda maxsus tuzilgan ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ana shu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi qator progressiv normalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Unda, eng avvalo, innovatsiyalar va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq asosiy tushunchalarning ta'riflari keltirilgan hamda ushbu sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish tamoyillari shu bilan birga mexanizmlari ochib berilgan. Qonun loyihasida shuningdek, innovatsiyalar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi asosiy organlar hamda ularning vakolatlari nimalardan iboratligi birma-bir sanab o‘tilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarning bu sohadagi vakolatlari, innovatsion faoliyat sub'yektlarining huquq hamda majburiyatlari ko‘rsatilgan.Shu bilan birga, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar, ularning huquq va majburiyatlari ham qonun loyihasida ko‘rsatib o‘tilmoqda. Misol uchun, Teglar Mirzo Ulugbek Innovation Center​ va Koreya texnoparklari uyushmasi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni imzoladilar. Hujjat mahalliy bozorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ekotizimlar starta’ini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha taraflarning o‘zaro rejalarini aks ettiradi. Kelishuvni imzolanishi taraflarga joriy yilning iyul oyida Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan qator shartlashuvlarni amalga oshirishga o‘tish imkonini beradi.
Xususan, gaр Uyushmaning yetakchi ekspertlarini MUIC​ qoshidagi texnopark konsepsiyasini ishlab chiqish, Toshkentda uni qurish, shuningdek, texnoparkni boshqarish to‘g‘risidagi nizomni tayyorlashga jalb qilish haqida bormoqda. Koreyalik hamkorlarning texnologik tajribasi g‘oyalarni yo’zaga keltiradigan, ularni ishlaydigan, tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlarga aylantiradigan maydoncha va O‘zbekistonda starta’larni rivojlantirish uchun ‘oydevor bo‘ladigan IT-infratuzilmasining universal obektini yaratishga imkon beradi. Texnopark tuzilmasida tadqiqot laboratoriyalar, R&D-markazlar, kovorking markazlari hamda innovatsion ekotizimning boshqa tarkibiy qismlari bo‘lishi nazarda tutilgan.
Imzolangan kelishuv shuningdek, MUIC​'ni mas'ul xodimlarining Koreya texnoparklarida stajirovkadan o‘tishi, O‘zbekiston Respublikasining «Texnoparklar to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonunosti hujjatlarini tayyorlashda koreyalik mutaxassislarning ekspertlik ko‘magi rejalarini ham qamrab olgan.
MUIC​ va Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik ham tajriba almashuvini, ham qo‘shimcha resurslar safarbar etilishini jadallashtiradi. Jumladan MUIC​ va Gyonbuk texnoparki (Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasining a'zosi) endi birgalikda Knowledge Sharing program (KSP)​ dasturida ishtirok etishga ariza topshirdilar, unga ko‘ra MUIC​ texnoparkini rivojlantirish bo‘yicha har ikkala tarafning birgalikdagi faoliyatiga Koreya Respublikasining hukumati tomonidan qo‘shimcha moliyalashtirish ajratilishi nazarda tutiladi.
Kelishuvning imzolanish payti Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasining 20 yilligini bayram qilinishiga muvofiq belgilangan.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə