Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsion biznesda narx va xarajatlar siyosati



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə40/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

9-MAVZU. Innovatsion biznesda narx va xarajatlar siyosati.
Reja:
1.Innovatsion xarajatlar tarkibi va tuzilishi

2.Innovatsion mahsulotlar tannarxi va ularni shakllanish konseptsiyasi


3.Innovatsion mahsulot samaradorlik darajasini baholash.
4. Narx shakllanishiga ta’sir etadigan omillar.
1.Innovatsion xarajatlar tarkibi va tuzilishi
Hisobot shaklini tijorat korxonalari (kichik tadbirkorlik sub’yektlari va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) taqdim etadilar.
Ma’lumotlar hisobot shaklida ko‘rsatilgan o‘lchov birliklarida keltiriladi.
Ushbu hisobot shaklida yuridik shaxs o‘z tizimidagi texnologik, marketing, tashkiliy innovatsiyalar bilan bog‘liq innovatsiya faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
201-satrda texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga sarflangan jami xarajatlar ko‘rsatiladi. Texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar bo‘yicha ma’lumotlar hisobot davri uchun taqdim etiladi. Bunda innovatsion jarayon (yangilikni joriy qilish) qaysi bosqichda ekanligining ahamiyati yo‘q. 202-satrda hisobot yilida texnologik innovatsiyalarga sarflangan umumiy (joriy va kapital) xarajatlar ko‘rsatiladi. Bu xarajatlar tashkilotning o‘z kuchi bilan yoki boshqa tashkilotlarning ish va xizmatlariga xarajatlarni amalga oshirgan holda texnologik jihatdan yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan tovarlar, ishlar, xizmatlarni yoki ularni ishlab chiqarish (yetkazib berish) usullarini ishlab chiqish va joriy qilish bilan bog‘liqdir.
Asosan tovarlar, ishlar, xizmatlar tannarxi hisobiga amalga oshiriluvchi joriy xarajatlar o‘z ichiga innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriyqilish bilan band bo‘lgan xodimlarning ish haqiga, ularning ijtimoiy ehtiyojlari uchun ajratmalarga sarflangan, shuningdek yil davomida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan innovatsiya faoliyati ta’minoti uchun xom ashyo, materiallar, asbob-uskunalar va boshqalarni sotib olish kabi kapital xarajatlarga kiritilmaydigan xarajatlarni oladi. Texnologik innovatsiyalarga xarajatlar 203 - 212-satrlarda innovatsiya faoliyati turlari bo‘yicha taqsimlangan holda ko‘rsatiladi.
203-satrda tashkilotning o‘z kuchi bilan yoki boshqa tashkilot tomonidan buyurtma asosida amalga oshirilgan tadqiqot va ishlanmalarga qilgan xarajatlari aks ettiriladi.
204-satrda yangi tovarlar, ishlar, xizmatlarning va ularni ishlab chiqarish (yetkazib berish) usullarining, yangi ishlab chiqarish jarayonlarning loyihalashtirilishiga, dizayniga va boshqa (ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar bilan bog‘liq bo‘lmagan) ishanmalariga qilingan xarajatlar ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha-konstruktorlik ishlari texnologik jihozlash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarishning ilk bosqichi bilan bog‘liqdir. Ular sanoatda quyidagi mazmunda bo‘lishi mumkin: yangi tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik bilan bog‘liq sanoat obektini (namunasini) loyihalashtirish; texnologik jihatdan yangi tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va yangi jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muayyan ishlab chiqarish jarayonlari va usullariga, texnik tasniflarga, foydalanish xususiyatlariga mo‘ljallangan boshqa loyiha-konstruktorlik ishlari. Shu bilan birga, texnologik innovatsiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishga texnologik tayyorgarlik ko‘rishga, tekshirish va sinab ko‘rish uchun ishlab chiqarishga qilingan (203-satrda ko‘rsatilmagan) xarajatlar ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar tarkibiga kiritiladi. 205-satrda texnologik innovatsiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq holda mashinalar, asbob-uskunalar, qurilmalar (yaxlit holga keltirilgan dasturiy ta’minotni qo‘shgan holda) va boshqa asosiy vositalarga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalari ko‘rsatiladi. Bu - satrda yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonlarni joriy qilishda kerak bo‘ladigan mashina va asbob-uskunalarning ilg‘or (yangi texnologiyalar asosidagi) turlarini, shuningdek ishlab chiqarish quvvatlarini oshirmasa-da, lekin yangi tovarlar, ishlarni ishlab chiqarish, yangi xizmatlarni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan mashina va asbob-uskunalarni (masalan, qo‘shimcha qoliplovchi va qadoqlovchi mashinalarni) sotib olish va o‘rnatishga sarflangan kapital qo‘yilmalari hisobga olinadi. Mashina va asbob-uskunalarni sotib olish bo‘yicha boshqa holatlar texnologik innovatsiyalar sifatidaqaralmaydi va 205-satrda ko‘rsatilmaydi.
205-satrda texnologik innovatsiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan mashinalarga, asbob-uskunalarga va boshqa asosiy vositalarga (texnologik innovatsiyalar bilan bir to‘plamda taqdim etiladigan nou-xou va boshqa patentsiz lisenziyalar qiymatini qo‘shgan holda (bular 206-satrda ko‘rsatilmaydi)) yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalari ko‘rsatiladi.
206-satrda texnologik innovatsiyalarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalarni sotib olishga qilingan xarajatlar keltiriladi. Bu xarajatlar jumlasiga boshqa tashkilotlardan, xususiy shaxslardan sotib olingan va texnologik innovatsiyalarni bajarishga aloqador bo‘lgan quyidagilarni sotib olish kiritiladi: patentli lisenziyalar (patent olish huquqlari, ixtirolardan, sanoat namunalaridan, foydali modellardan foydalanish uchun lisenziya); patentsiz lisenziyalar; “nou-xou”lar; qismlarga ajratilgan ko‘rinishdagi yangi texnologiyalar; tovar belgilari; boshqa injiniring, konsalting xizmatlari (tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘shmagan holda).
207-satrda patentli lisenziyalarni, ya’ni: patent olish huquqlarini; ixtirolardan, sanoat namunalaridan, foydali modellardan foydalanish uchun lisenziyalarni sotib olishga qilingan xarajatlar ajratilib ko‘rsatiladi.
Lisenziyalarni sotib olishga qilingan xarajatlar lisenziarga (lisenziyani sotuvchiga) to‘langan lisenziya haqini o‘zida aks ettiradi. Bu paushal to‘lov (oldindan kelishib olingan qat’iy summani to‘lash) shaklidagi yoki royalti (lisenziat (lisenziyani sotib oluchi) tomonidan lesenziyadan foydalanish natijasida olingan foydaning muayyan qismini to‘lash) shaklidagi xarajatlarni o‘zida namoyon etishi mumkin. 207 (va 206)-satrda faqat hisobot yilida to‘langan summa nazarda tutiladi.
208-satrda innovatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq dasturiy vositalarni sotib olishga qilingan xarajatlar ko‘rsatiladi. Dasturiy vositalar, EHM uchun dasturlar o‘z ichiga ofis qo‘llanmalari, dasturlash tillari va qo‘llanmalarni tayyorlash vositalari, nashriyot tizimlari va grafik muharrirlar, tasvirlar kolleksiyasi va boshqalarni oladi.
209-satrda yangi tovarlarni ishlab chiqarish, yangi xizmatlar va ularni ishlab chiqarish (yetkazib berish) usullarini joriy etish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa turdagi ishlarga qilingan xarajatlar ko‘rsatiladi. Jumladan, bular qatoriga yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda, shuningdek yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni qo‘llashda zarur bo‘ladigan tovarlar, ishlar, xizmatlar, uslublar, standartlarning va ular bilan bog‘liq dasturiy ta’minotning ishlab chiqarilishi va sifatini nazorat qilish tartibotlarini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar kirishi mumkin.
210-satrda texnologik innovatsiyalarni joriy qilish (yangi tovarlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish, yangi texnologiyalar va asbob-uskunalar asosida ishlash, yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan xizmat turlari va ularni ishlab chiqarish usullarini joriy qilish) munosabati bilan xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini o‘zgartirishga qilingan xarajatlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar, odatda, biznesni yuritish, ish o‘rinlarini va tashqi aloqalarni tashkil etishning yangi uslublarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liqdir.



Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə