Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Innovatsion risklarni boshqarishning integrallashgan tizimi



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə43/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

10-MAVZU. Innovatsion risklarni boshqarishning integrallashgan tizimi.
Reja:
1. Innovatsion risklar va ularning tasniflanishi

2. Innovatsion risklarni boshqarish konseptsiyasi


3.Noaniqlik va risklarni tahlil qilishning iqtisodiy modellari
4. Risklarni miqdor va sifat jihatdan baholash usullari.
1. Innovatsion risklar va ularning tasniflanishi
Risk – italyancha risico - xavf, рисковат – qoyani aylanib o’tish degan ma’noni bildiradi.Bu ta’rifda faqat risk so’zi va riskovat fe’lining lug’aviy ma’nolari keltirilgan. Ko’rib turganimizdek u ham birinchi ta’rifga o’xshash bo’lib, riskning tarixiy mohiyatini ifоdalagan.
Risk – insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo’lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo’lgan yo’qotishlar salmog’ini bildirgan hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo’rqish darajasiga moslashib turgan.3
Yuqoridagi ta’rifda ham riskka tarixan yondashilib, uning kishilik jamiyatining barchф bosqichlarida mavjud bo’lgani aytilgan. Aynan yo’qotishlar salmog’ining bildirgani bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, risk faqat yo’qotish ma’nosini bildiribgina qolmay, ayni paytda kutilmaganda foyda olish ehtimolini ham bildirishi mumkin.
Risk – tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковат fe’li esa tavakkal qilish, biror ishni to’g’ri mo’ljallab ko’rmay qilish, dadillik, qat’iyat bilan ish tutmoq, ma’lum xatarga o’zini urish demakdir. Risk – bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq ehtimollar o’lchamidir.
Bu ta’rifda risk nafaqat yo’qotish ehtimoli, balki ana shu ehtimolning qiymat o’lchovi ekanligi ham aytilgan. Biroq doim ham bu ehtimolning qiymat o’lchovi mavjud bo’lavermaydi. Shu sababli yanda kengroq ta’rif berish maqsadga muvofiqdir.
Risk – sodir etilish mumkin bo’lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli natija umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo’l urmoq, рисковат fe’li esa xav-xatardan qo’rqmay ish qilish degan ma’noni bildiradi.(S. Ojegov)6
Ushbu olim ham V. Dal singari risk tushunchasini faqat xavf bilan bog’lagan. Zarar ko’rish ehtimoli, noaniqlik ma’nolari chetda qolib ketgan. Chunki qanday qilib riskka borish emas, uning natijasi bizga ko’p jihatdan muhimdir.
Risk – tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковат fe’li esa xavf ostiga qoldirishga jur’at qilmoq.7
Bu ta’rifda ham muallif riskka faqat xavf nuqtai nazaridan yondashib, uni xavfli ish qilish deb aytadi. Vaholanki, risk avvalo ijobiy natijani ko’zlab qilinadi. Shunday ekan uni faqat xavf deyish to’gri emas. Bundan tashqari aksariyat turmush tarzimizda risklaga duch kelamiz. Bu degani faqat xavf xatar bilan yonma-yon yuramiz degani emas.
Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, u o’z navbatida oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi.
Risk haqida bildirilgan ushbu fikrda muallif yuqoridagilardan farqli ravishda uni noaniqlik bilan bog’laydi va oldindan ko’rish qiyin voqea sifatida ta’riflaydi. Darhaqiqat, risk oldindan aniq bilish mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liqdir.Aynan shu voqealarning oldindan baholangan natijasi bilan haqiqatdagi natijasi orasidagi farqda risk darajasi namoyon bo’ladi.
Risk – bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola olmaslik yoki zarar ko’rish ehtimolidir.Haqiqatdan ham risk bu rejalashtirilgan natija va haqiqatdagi natija o’rtasidagi farqda o’z ifodasini topadi. Ushbu farq salbiy yoki ijobiy bo’lishiga qarab ko’zlangan daromad ham ko’payishi va kamayishi mumkin.
Risk – bu noqulay (yoqimsiz) hodisaning sodir bo’lish ehtimoli va uning natijasi birlashmasidir.
Bu ta’rif qisqa bo’lsa-da, riskning bugungi kundagi ma’nosini oldingilariga nisbatan kengroq ochib bergan. Chunki risk deganimizda yo’qotish yoki daromad ko’rish ehtimolinigina emas, uning (salbiy va ijobiy) natijasini ham tushunamiz. Risklarni o’rganishimizdan maqsad ham aynan shu natijani boshqarishdir.
Risk – bu korxona resurslarining bir qismini yo’qotish daromad ola olmaslik, qo’shimcha xarajatlar qilish xavfidir.
Muallif riskka korxona nuqtai nazaridan yondashib, uni resurslar bir qismining yo’qotilish yoki xarajat vujudga kelish xavfi deb tushuntiradi. Lekin buni aynan riskning o’zi emas, balki uning natijasi deyish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Risk – bu faqat sirli noaniqlik, u yoki bu jarayon xavfi emas, balki muvaffaqiyatga erishish va salbiy omillarni yengishga ishongan sub’yektning noaniqlik sharoitidagi harakati. Albatta, risk avvalo harakatdir. Chunki barcha xo’jalik sub’yektlari yuqori foydani ko’zlab ish bajaradilar, tahlika yoki xavfni oylab emas. Ularning bu harakati noaniq ma’lumotlarga asoslangan bo’ladi xolos.
Risk – biror zarar yetkazish xavfi bo’lgan tahlika yoki har qanday zarar yetkazish ehtimoli.Bu qisqa ta’rifda muallif riskni xavf va zarar bilan bog’lab tushuntirgan. Yuqorida aytib o’tganimizdek, uni faqat zarar yoki yo’qotish deb izohlash noo’rindir. Chunki risk zarar yoki yo’qotish bilan bir qatorda foyda ham keltirishi mumkin. Shu sababli ta’rifni yanada kengaytirish maqsadga muvfiqdir.
Risk – bu noaniqlik emas, balki noaniqlik sharoitida xo’jalik sub’yektlarining faoliyat yuritishidir. Risk – kelajakning noaniqliqligi sababli kelgusi moliyaviy natijalarning noaniqligini xarakterlovchi kategoriY.
Chunki kelgusi faoliyat qanday bo’lishini bilmaganligi sababli sub’yekt noaniq ma’lumotlar asosida qaror qabul qiladi. Ana shu qarorni amalga oshirishdagi harakat bu riskdir.
Risk bu tarixan xavf-xatarni bildirib, bugungi kunda (iqtisodiy sohada) ijobiy natijaga erishishni ko’zlagan xo’jalik yurituvchi sub’yektning noaniqlik sharoitidagi harakatini ifodalaydi.
Risk barcha tijorat faoliyati, shu jumladan, bank faoliyatining ham ajralmas qismidir.



Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə