Ishlab chiqarishda boshqaruv


Innovatsion mahsulotlar tannarxi va ularni shakllanish konseptsiyasi



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə41/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2.Innovatsion mahsulotlar tannarxi va ularni shakllanish konseptsiyasi
Bozor sharoitida narxlarning sotuvchi va xaridor sifatida maydonga chiquvchi ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilarning bir-biri bilan kelishmagan holdagi faoliyati natijasi sifatida stixiyali ravishda shakllanishi hozirda ham, lekin sof holda emas davlat-monopolistik boshqaruvchi bilan uyg‘unlashgan holda saqlanib turadi .Narxlarni tartibga solish maksimal foyda va barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlovchi narx darajasini o‘rnatishga qaratilgan monopoliyalar yoki davlat faoliyatidir.
Narxlarni tartibga solishga narxlar darajasi, ularning dinamikasi va nisbatlarini o‘rnatishga qaratilgan bir martalik amal emas balki tadbir-choralar majmuyi, barcha narx shakllantiruvchi omillarni faollashtiruvchi siyosat sifatida qarash lozim. Davlat va monopoliyalar baho siyosatini yuritishda ma’muriy usullarni ham, iqtisodiy usullarni ham qo‘llashlari mumkin.
Narxlarni ma’muriy tartibga solish asosida sotilayotgan tovarlarga monopoliya yoki davlatning egaligi yotgan bevosita ma’muriy narx tayinlash sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy tartibga solish - baho mexanizmi unsurlari orqali turli iqtisodiy vositalar yordamida narxlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishdir.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishi iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar bartaraf etish uchun ayrim tovarlar mavjud va umumiy narxlarni darajasini saqlab turishi o‘zgartirishi maqsadlarga yo‘naltirilgan hukumat organlari tomonidan o‘tkaziladigan chora-tadbirlar tizimi sifatida maydondan chiqadi.
Narxlarni tartibga keltirish deganda narxlarga ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir emas (u davlat organining u yoki bu amallarining natijasi bo‘lishi mumkin), balki narxlarga, ularning darajasiga, tizimi va dinamikasiga maqsadli, ongli ta’sir ko‘rsatishgina tushuniladi.
Davlat ma’muriy tartibga solish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
1) narxlarni «muzlatib qo‘yish» va ularni ma’lum darajada ushlab turishning boshqa usullari. Bu usul eng oxirgi chora sifatida va qisqa muddatga haqiqatdagi boshqariluvchi narxlar bilan qayta ishlab chiqarish mavjud shart-sharoitlari orqali avvaldan aniqlanadigan baholar o‘rtasida haddan tashqari katta farq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llaniladi.
Narxlarni «muzlatish usuli rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda tovarlarning barchasi yoki katta qismiga nisbatan kam qo‘llaniladi, ammo hozirgi sharoitda, inflyatsiya umumiy va davomiy xarakter kasb qilgan paytda bu vatan davlatlar tez-tez lekin qisqa muddatga murojaat etadigan bo‘ldilar».
2) Ayrim yirik tadbirkorlar va monopoliyalar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar ustidan nazorat. Bunday nazoratning turli usullari mavjud. Asosiysi - baho tayinlarida boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanuvchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usullarini reglamentatsiya qilish hisoblanadi.
3) Narxlarni tartibga solish vazifasi yuklatilgan davlat muassasalari va monopoliyalar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar.
Bu kelishuvlarda tadbirkorlarning o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarlar narxlarni o‘zgarmaslik yoki buni hukumat tasdiqlagan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirishlari ko‘zda tutiladi.
Davlat tomonidan baholarni nazorati avvalambor ishlab chiqarilishi va sotilishi eng ko‘p darajada monopollashgan mahsulotlarga nisbatan amalga oshiriladi. Monopoliyalar narxlarni o‘zlari tartibga solganlari uchun davlat nazoratining maqsadi bunday sharoitlarda mazkur tovarlarni iste’mol qiluvchi boshqa ishlab chiqaruvchilar manfaatini ko‘zlab monopoliya faoliyatiga ayrim cheklovlar qo‘yishidir;
4) Chegara va narxlarning o‘zgarish diapazonini o‘rnatish (eng yuqori, eng quyi, narxlarning tebranishi, intervali (oralig‘i)). Ko‘p hollarda, ayniqsa narxlarning o‘sib borish tendensiyasi sharoitida ba’zi tovarlar narxlarning eng yuqori chegarasi, ayrim hollarda esa quyi chegaralari belgilab qo‘yildi. Eng kam quyi chegara hukumat ichki bozorda narxlarning ma’lum darajasini ushlab turishga yoki tovar eksportini cheklashga intilganida qo‘llaniladi.
Davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullariga quyidagilar kiradi:
1) Tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydaning ma’lum darajasida bo‘lishni ta’minlash uchun yo‘naltirilgan chora-tadbirlar. Bular subsidiyalashning turli shakllari, kreditlash, soliq siyosati, amortizatsiya siyosati bo‘lishi mumkin. Barcha hollarda davlat subsidiyalarning kreditlarning, berilgan soliq imtiyozlarining narxlarga ta’siri narxlarda pasayishi tendensiyasi vujudga kelishdan namoyon bo‘ladi;
2) Ayrim tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlarga ta’sir ko‘rsatish:
a) narxlari tartibga solib turiluvchi ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan tovarlar ya’ni xom-ashyo, yoqilg‘i, materiallar mashinalar narxlarining (odatda namoyish tomonga) o‘zgarishi orqali;
b) ayrim tovarlarni ishlab chiqaruvchilar uchun transport va boshqa xizmat turlari uchun imtiyozli ta’riflar o‘rnatish orqali amalga oshiriladi.
Narxlarni davlat tomonidan ishlab chiqarishni xarajatlarga ta’sir etish orqali tartibga solishda sanoat korxonalari, transport vositalari va infratuzilmaning boshqa usullariga davlat mulkchiligi, shuningdek davlat tomonidan moliyalashtiriladigan keng tarmoqli ilmiy tekshirish muassasalarining mavjudligi katta rol o‘ynaydi.
Davlat korxonalari o‘z mahsulotlarini sotayotgan narxlar ko‘pincha bozor narxlaridan, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish xarajatlaridan ham pastroq bo‘ladi.
3) Alohida olingan talab va takliflarga ular o‘rtasidagi ma’lum nisbatni shakllantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish. Bu usul eng keng ko‘lamlarda qishloq xo‘jaligi va xom-ashyo tovarlariga ya’ni ishlab chiqarilishi va is’temolda davlat ahamiyatli o‘rin egallagan yoki yirik davlat zaxiralari mavjud bo‘lgan tovarlar uchun qo‘llaniladi.
4) Barcha turdagi davlat mulkining faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni xususiy firmalardan davlat xaridlari. Mazkur xaridlar yuqori narxlarda amalga oshiriladi. G‘arbiy maqsadlarda va strategik zaxiralarni yaratish uchun qilingan davlat xaridlari ayniqsa yuqori narxlari bilan ajralib turadi.
Tashqi savdo bo‘yicha narxlarga davlat ta’sirini alohida ta’kidlash lozim. Tovarni eksport qilishda davlatning bahoga ta’siri uning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan va foyda olgan holda eksport narxlarini pasayishiga ko‘maklashadi.
Davlatning ko‘p sonli eksport narxlariga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Tovarning ancha past eksport narxi bilan ichki bozordagi ancha yuqori narxlari farqini tashkil etuvchi eksport tushumiga qo‘shimcha qilinadigan to‘g‘ri eksport subsidiyalari va mukofatlar berish. To‘lovlar davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi: eksport tovarlarini ishlab chiqarishda eksportga ketayotgan tovarlarni soliqlardan ozod qilish; eksport tovarlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan import qilinadigan xomashyoni poshlina (boj)lardan ozod qilish. Agar shunday import poshlinasi (boji) mavjud bo‘lsa, uning to‘langan summasi davlat hisobidan iste’molchiga qaytariladi.
Tovarlarni import qilishda baholar sohasida davlat boshqaruvi olib kelinayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini kamaytirishga va qaratilgan va import narxlarining ko‘tarilishiga yo‘naltirilgandir.
Bunday siyosat bozor himoyasi vazifasini bajarib milliy-mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini ko‘zlab tovarlar importi hajmini cheklash (kamaytirish) imkonini beradi. bu sohada ko‘p sonli ta’sir vositalaridan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: bojxona tarif cheklovlari (bojxona tariflari, chegara soliqlari va yig‘imlari, kompensatsiya yig‘imlari, dempingga qarshi moshinalar - bularning hammasi ichki narxlar tarkibining unsurlari bo‘lgani uchun bevosita narxlar darajasining ko‘tarilishiga ta’sir o‘tkazadi); notarif xarakterdagi cheklovlar (olib kirishning hajmiga miqdoriy cheklovlar, texnik va sanitar normalar, standartlar, minimal, «ostonaviy» import narxlari va boshqalar import tovarlari oqimini kamaytiradi).
Ularning oxirgilari olib kelinayotgan tovarlar narxiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni o‘zgartirish orqali ta’sir etadi.
Tashqi savdo baholarini tartibga solishning muhim vositasi bo‘lib, valyuta depingiga ko‘maklashishni qo‘shib hisoblaganda, davlat tomonidan valyuta boshqaruvi chora-tadbirlarini amalga oshirish ham hisoblanadi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə