Ishlab chiqarishda boshqaruv


Texnoparklar tizimining tashkiliy tuzilmasi va vazifalari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə39/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

4.Texnoparklar tizimining tashkiliy tuzilmasi va vazifalari.
Texnopark bu innovatsion loyihalarni amalga hududiy, ilmiy, texnologik va texnik baza bo‘lib, u ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat ob’yektlari, biznes markazlari, ko‘rgazma maydonlari, o‘quv muassasalarini o‘zida birlashtiradi, shuningdek, transport vositalari, qo‘riqchilik xizmati va yashash joylari kabi xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini ham ichiga oladi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarishning turli sohalari samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion loyiha va ishlanmalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday texnologik yangiliklar mavjud ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zgartirish, ularning chiqitsiz ishlashini ta’minlash, xarajatlar va yaroqsiz mahsulotni salmoqli darajada kamaytirishga xizmat qiladi. Texnoparklar ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, ichki va tashqi bozorda xaridorgir yuqori texnologiyali, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetakchi sanoat va kichik innovatsion korxonalar tashkil etish ularning asosiy vazifalaridir. Ishlab chiqarishga zamonaviy xorij texnologiyalarini joriy qilish, ushbu maqsad uchun yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etishga qodir mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish bilan ham shug‘ullanadi.


Texnoparklar zimmasiga ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar samaradorligini oshirish uchun oliy ta’lim muassasalari, akademik fan va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yish, bu jarayonga olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, amaliyotchilar hamda talabalarni jalb etish vazifasi ham yuklatilgan.
Birinchi texnoparklar AQShda paydo bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Stenfod universitetida talabalar soni keskin oshib ketib, o‘quv muassasasini moliyalashtirish bo‘yicha muammolar yo’zaga kelgan. Universitet anchagina kattalikdagi yer maydoniga (32 km² atrofida) ega bo‘lgani, ammo uni sotishga haqqi bo‘lmagan. Bu cheklovlarni inobatga olganda muhandislik fakulteti dekani Fredrik Terman universitet rahbariyatiga yerni yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga uzoq muddatli ijaraga berish taklifi bilan chiqqan. Bu har tomonlama foydali g‘oya ko’plab muammolarni hal qilgan: birinchidan, o‘quv muassasasining g‘aznasiga ijara to‘lovlari sifatidagi pulmablag’lari muntazam ravishda tushib turgan, ikkinchidan, universitet talabalarini ish bilan ta’minlangan, uchinchidan, universitet maydonini ijaraga olgan kompaniyalarning kadrlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolariga chek qo‘yilgan.
Termanning g‘oyasi va uning Stenford universiteti hududida amalga oshirilishi Silikon vodiysining barpo etilishiga tamal toshi bo‘lib xizmat qilgan.
Ayniqsa San-Fransisko yaqinidagi Silikon-Velli (Kremniy vodiysi) bu borada hammadan ilgarilab ketdi. Silikon-Vellida shunday tuman paydo bo‘ldiki, unda faoliyatning asosiy turi ilmiy faoliyat edi. Bu yerda hayotning yangi uslubi, qolaversa yangi sifat darajasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunda u jahon elektron sanoatining markazi hisoblanadi.
AQSH yirik “ilmiy park”laridan biri – Stenford ilmiy parki. U universitet bilan hamkorlikda bo‘lgan “yuqori texnologik” kompaniyalarga 51 yilga ijaraga beriladigan yerlarda joylashgan. Tadqiqotchi mutaxassislarning ko‘pchiligi universitetda o‘qituvchilik ham qilishadi. 1981 yilda park to‘la deb e’lon qilindi – 80 kompaniya va 26 ming band ishchi. Kompaniyalar ichida – AQSH geologik xizmatining uchta bosh muassasasi, elektronika gigantlari (IBM, Hewlett Packard), aerokosmik (“Lokxid”), kimyo va biotexnologik kompaniyalar.
Illinoys Texnologik Instituti Markazi, yiliga 68 mln. dollarlik byudjetga ega bo‘lgan xususiy tadqiqot markazi - “Tadqiqot parki”ga tipik misol bo‘la oladi, uning hududida sanoat kompaniyalarining korxona va laboratoriyalari emas, sanoat bilan bog‘liq bo‘lgan, notijorat xarakterga ega tadqiqot institutlari joylashgan.
AQShda, Silikon-Vellidan tashqari, Shimoliy Karolina, Texas, Florida, Kolumbiya okrugi, Shimoliy-sharqda, O‘rta G‘arbda texnoparklar paydo bo‘ldi. Shuningdek Yevropada ham texnoparklar paydo bo‘ldi, xususan: Luven Belgiyada, Sofiya va Grenobl antipolislari Fransiyada, Silikon Glen Shotlandiyada, Milton Keyns va Kembridj Angliyada, Shtutgart va Myunxendagi texnoparklar va h.
Texnopolislar qurilishi Janubiy-Sharqiy Osiyoga ham tarqalgan. Janubiy Koreya Dayeduk fan shahrini barpo etmoqda, Xitoy esa Gonkong yaqinida Shenjen va Guandun texnopolislarini ko‘tarish ishlari olib borilmoqda.
Texnopolislarni barpo etish dasturlari Tailandda, Indoneziyada, Filippinda, Malayziyada amalga oshirilmoqda. Yaponiya va Avstraliya texnik megapolislarga aylanmoqda.
Tadqiqot parkining “ideal” turi sifatida Shotlandiyadagi Xerriot-Uott “ilmiy parkini” keltirish misol: bu ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish ruxsat etilgan va ommaviy ishlab chiqarishga ruxsat berilmagan Yevropadagi yagona “ilmiy park”dir.
80-yillarning boshidan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida texnoparklarning ushbu mamlakatlar uchun yangi bo‘lgan turi – amerikalik “inkubatorlarga” o‘xshagan, “yuqori texnologik” korxonalar uchun mo‘ljallangan innovatsiyaviy markazlar keng tarqala boshladi. Ularning vazifasi – yangi kompaniyalarga “boshlang‘ich davr”ni ta’minlash maqsadida, g‘oya va kashfiyotlarni kapital va ishbilarmonlar bilan birlashtirish, jamoat va xususiy jamg‘armalarni jalb qilishdan iborat.
Innovatsiyaviy markazlarning funksiyalari innovatsiyaviy jarayonning turli bosqichlarini, ayniqsa sinov ishlab chiqarishdan yangi mahsulotni tijorat miqyosida ishlab chiqarishga o‘tishni rag‘batlantirishni, qamrab oladi. Buning uchun har doim ham yangi kompaniya yaratish shart emas. Ko‘pgina hollarda innovatsiyaviy markazlar mavjud ishlab chiqaruvchilarga tadqiqotchi-ishbilarmonlar tomonidan yaratilgan yangi mahsulot lisenziyasini sotishga ham yordam beradi.
Qator innovatsiyaviy markazlar mahalliy hukumat qaramog‘ida, yiriklari esa, bazasi Bryusselda joylashgan Yevropa tarmog‘iga kiradi. Ushbu tarmoq 40ga yaqin innovatsiyaviy markazlarni o‘zida birlashtiradi. Turli mamlakatlar innovatsiyaviy markazlarini bog‘lagan holda, Yevropa tarmog‘i texnologiyalarning mamlakatlararo savdosini osonlashtiradi.
“Ilmiy park”larning yapon modeli, amerikalik modeldan farqli tarzda, umuman yangi shaharlar – “texnopolis”larni barpo etishni nazarda tutadi. Yetakchi va yangi tarmoqlardagi ilmiy tadqiqotlar aynan texnopolislarda mujassamlanadi.
Texnopolislarni yaratish loyihasi – 1982 yilda amalga oshirishga qabul qilingan.
“Texnopolis”larni yaratish uchun, to‘rtta orolda tekis taqsimlangan 19ta hudud tanlab olingan. Barcha “texnopolislar” quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
aholisi 200 mingdan kam bo‘lmagan shahardan, uzog‘i bilan 30 daqiqada yetib boriladigan va Tokio, Nagoi yoki Osakadan 1 kun davomida yetib boriladigan joyda joylashishi;
500 kvadrat milyaga teng yoki undan kichik maydonni egallashi;
zamonaviy ilmiy-sanoat majmualariga, universitet va tadqiqot institutlariga, madaniy va dam olish infratuzilmasiga ega bo‘lgan istiqomat hududlariga ega bo‘lishi;
mahalliy an’analar va iqlim sharoitlari bilan uyg‘unlashishi.
Tokiodan 35 milya uzoqlikda Sukuba “miyalar shahri” joylashgan bo‘lib, unda 50ta davlat tadqiqot institutida va 2ta universitetda ishlaydigan 11500ta kishi istiqomat qiladi. Yaponiyaning 98ta yetakchi davlat tadqiqot laboratoriyalarining 30tasi aynan Sukubada joylashgan va bu shaharchani dunyoning eng yirik ilmiy markazlaridan biriga aylantirgan. “Texnopolis”larning asosiy maqsadi – ilmiy kashfiyot natijalarini tijoratlashtirish bo‘lsa, Sukuba – fundamental tadqiqotlar markaza va undagi xususiy sektorning roli katta emas.
“Texnopolis”larning qurilishi mintaqaviy darajada – mahalliy soliqlar va korporasiyalar badallari hisobiga moliyalashtiriladi. Sukubaga o‘xshash “ilmiy shaharcha”larni barpo etish, qator “texnopolis”larning (Xirosima, Ube, Kagosima) “yadro”si hisoblanadi. Ayrimlari mahalliy universitetlarning ilmiy va muhandislik fakultetlarini kengaytirish bilan qoniqadi. “Texnopolis”larning ko‘pchiligi “chegaraviy texnologiya” markazlarini yaratadi – qo‘shma tadqiqotlar va venchur biznes inkubatorlari.
Agarda AQShda yaqin o‘tmishgacha texnopolislar tasodifiy ravishda paydo bo‘lgan bo‘lsa, Yaponiyada ular davlatning strategik maqsadi sifatida shakllana boshlagan va aniq davlat rejalariga muvofiq rivojlangan.
Aynan yaponiyaliklar birinchi bo‘lib texnopolislarda kelajak jamiyat modelini ko‘rgan va uning shakllanishini davlat vazifasi darajasigacha ko‘targan. Ammo, bu barcha texnopolislar davlat tomonidan moliyalashtiriladi degani emas. Yaponiyada texnopolislarni moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilardan iborat: 30% - davlat, 30% - shahar hokimligi, 30% - korxona va xususiy shaxslar, 10% - chet ellik investorlar.
Sukube birinchi yapon texnopolisi edi. Keyinchalik Yaponiyada faqatgina ilmiy yo‘nalishga ega bo‘lgan yangi shaharlar barpo etilmadi. Hozirgi kunda Yaponiyadagi texnopolislar yirik (masalan 500 mingdan ko‘p aholiga ega Xamamasu), o‘rta (260 mingdan ko‘p aholiga ega Nagaoka) va kichik (bir nechta qishloqlar asosida paydo bo‘lgan Yamaguti) shaharlarga aylangan. Yaponiyalik texnopolislar nafaqat ilmiy, balki ishlab chiqarish yo‘nalishiga ham ega. Texnopolislarning ko‘pchiligi (masalan, Xamamasu) an’anaviy tarmoqlarning markazlarida paydo bo‘ladi, misol uchun avtomobil sanoati markazida.
Yaponiyada texnopolislar quyidagi sxema bo‘yicha yaratilgan Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi (TSSV) texnopolis yaratishga tanlov e’lon qilgan. Texnopolislarda ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining qaysi turlarini rivojlantirish lozimligi tanlov shartlarida aytib o‘tilgan. Rag‘batlantirish maqsadida imtiyozli soliq tizimi va qisman moliyalashtirish shartlari taqdim etilgan. Katta va kichik shaharlarning hokimliklari tanlovda ishtirok etishgan. Ular o‘z universitetlari va texnika institutlari olimlariga texnopolislarning loyihalarini ishlab chiqish bilan murojaat qilishgan. Natijada 16ta shahar hokimliklari g‘olib deb topilgan va ularda 1985-1995 yillar mobaynida 19 texnopolis yaratilgan. Qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng Yaponiya dunyodagi eng samarali iqtisodiyot, eng yuqori hayot darajasi, hamda uyg‘un rivojlangan maishiy va madaniy infratuzilmaga ega ilmiy megapolisga aylandi. Xamamasu texnopolisining g‘oyaviy rahbarlari fikricha “Texnopolislar – bu joy emas, bu aql holatidir”.
Yaponiyada texnopolislarni shakllantirish uchun joy tanlashda, 1983 yilda Yaponiya parlamenti tomonidan qabul qilingan Texnopolislar to‘g‘risidagi Qonunga rioya qilinadi. Davlat talablari, davlat manfaatlari va soliq imtiyozlari aynan ushbu qonun tomonidan belgilanadi.
Texnopolislarning iqtisodiy asosi bo‘lib, davlat, shahar hokimligi, korxonalar va xususiy shaxslar tomonidan innvoasiyaviy banklar bilan birgalikda yaratilagidan aksiyadorlik jamiyatlari xizmat qiladi. Provinsiyalar gubernatorlari texnopolislarni shakllantirish uchun maxsus boshqarmalarni yaratadi. Ularning vazifasi texnopolislar yaratish jarayonida ilmiy tashkilotlar, korxonalar, sanoat assosiasiyalari ishtirokini muvofiqlashtirishdan iborat. Sanoat korxonalari o‘z tarkibida tadqiqot markazalarini ochadi, texnopolis boshqaruviga o‘z vakillarini taqdim etadi. Texnopolislar o‘z Nizomlariga muvofiq, davlat subsidiyalari va kreditlarini hisobga olgan holda xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi.
Yaponiyada texnopolislarni yaratish uchun kreditlar eng kichik foiz stavkasiga ega – 7-8%, boshqa kreditlar uchun bu ko‘rsatkich 20-30%ni tashkil etadi.
Texnopolisning tashkiliy shakllanishi, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan texnopolisni rejalashtirish bo‘yicha direktorni tayinlashdan boshlanadi. Uning asosiy vazifasi texnopolis strategiyasini ishlab chiqish va texnopolis boshqaruvini yaratishdan iborat. Odatda, u mahalliy universitetning yetakchi olimlari qatoridan tayinlanadi. Shuningdek, boshqaruv tarkibiga texnopolis innovatsiyaviy banki direktori, kadrlarni tayyorlash bo‘yicha markaz rahbari, yurist, ayrim dasturlar rahbarlari, yirik homiylarning vakillari kiradi.
Texnopolisga kiritilgan barcha loyihalar vertikal-xo‘jalik boshqaruviga va dasturiy-maqsadli boshqaruv, rejalashtirish va loyihalashtirish tamoyillariga asoslangan bo‘ladi. Mohiyatan, texnopolislar – bu tasodifiy emas, balki eng samarali texnologiyalar yig‘indisidir. Texnopolis g‘oyasining strategik donoligi ham shundan iborat. Ilmiy asoslash va maqsadlarni tanlash, vazifalar va ularni amalga oshirish bosqichlari va zarur mablag’larni aniqlash texnopolislar strategiyasi va taktikasi asosini tashkil etadigan bo‘lsa, dasturiy-maqsadli boshqaruv, rejalashtirish va loyihalashtirish texnopolislar shakllanishi va faoliyat yuritishi texnologiyasini tashkil etadi.
Rossiyada texnoparklar shakllanishining birinchi bosqichi 1980 yillar oxiri 1990 yillar boshida boshlandi. Ularning katta qismi oliy maktablarda tashkil etildi. Ushbu texnoparklar rivojlangan infratuzilma, ko‘chmas mulk, tayyorlangan menejerlar jamoasiga ega bo‘lmagan. Ular, odatda, oliy o‘quv yurtlarining bir bo‘limi sifatida faoliyat yuritgan. Ayrim hollardagina texnoparklar YOAJ shaklida tashkil etilgan va bu ularga bazis tashkilotdan nisbatan mustaqil bo‘lish imkonini bergan. Rossiyadagi texnoparklarning ko‘pchiligi, inkubator emas, balki texnopolis ichidagi korxonalarni agressiv tashqi muhitdan himoyalovchi maydon funksiyasini bajaradi. Kichik korxonalarning texnoparklarda bo‘lishi muddati bugungi kunda 10 yilni tashkil etadi (xalqaro standartlarda bu ko‘rsatkich 2-3 yilga teng).
Rossiya Federasiyasidagi birinchi texnopark 1990 yilda yaratilgan – “Tomsk ilmiy-texnologik parki”. Keyinchalik ularning tashkil etilishi tezlashgan: 1990 g. - 2 texnopark, 1991 g. - 8, 1992 g. - 24, 1993 g. – 43. Bugungi kunga kelib 80ga yaqin texnoparklar faoliyat yuritmoqda va ularning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan.
Texnoparklarni yaratish borasidagi chet el mamlakatlari tajribasini o‘rganib chiqqan holda, quyidagi xulosaga kelish mumkin, Toshkent – Markaziy Osiyoning asosiy ilmiy va ta’lim markazlaridan biridir. Shahar tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar sohasida kuchli potensialga ega, bu yerda ilmiy faoliyat uchun barcha zarur bo‘lgan infratuzilma mavjud – oliy o‘quv yurtlari, laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari va h. Iqtidorli yoshlar ham kam emas. Xullas, texnoparklar va o‘ziga xos texnik-sinov iqtisodiy hududi uchun barcha sharoitlar mavjud.
Oliy o‘quv yurtlari – bu yangi g‘oyalarga ega bo‘lgan, o‘qimishli insonlarni yetkazib beruvchilardir. Shuningdek ular innovatsiyaviy g‘oyalar hayotga tadbiq etilishi va yangi mahsulotlar yaratilishi mumkin bo‘lgan joy hamdir. Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy ishlab chiqarish korxonalari integrasiyasi asosida, buning uchun to‘liq baza yaratiladi.
Jahon standartlariga mos texnoparkni tashkil etish uchun, bir nechta shartlarga rioya qilinishi lozim: mahalliy hokimiyat organlarining qarori, albatta universitet, hamda loyihani moliyalashtirish imkoniyatiga ega yaratuvchi kompaniya mavjudligi. Biz innovatsiyaviy tuzilmalar rivojlanishidan manfaatdormiz. G‘arbiy mamlakatlardan farqli ravishda, bizning shahrimizda bitta emas, balki bir nechta oliy o‘quv yurtlari mavjud.
Texnopark (IT-park) – bu nafaqat uy-joy va biznes-markzalar qurilishi, bu ilmiy texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlarni – texnik mutaxassislar, rahbarlar, menejerlarni tayyorlash hamdir. Shuningdek, yosh kompaniyalarga yordam beradigan kichik jamg‘armalar va faoliyat yuritayotgan korxonalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan yirikroq jamg‘armalar zarur.
TDIUning tuzilmaviy bo‘limi bo‘lmish Innovatsiyaviy-texnologik markazni, IT-parkning bir qismi sifatida ishlatish uchun taklif etishga tayyor. Universitet IT sohasida va iste’dodli talabalarni izlash hamda kompaniyalar rahbarlarini tayyorlashda yetarlicha ish tajribasiga ega.
Agarda universitet texnoparklariga yirik investor kompaniyalar keladigan bo‘lsa, universitet ham, kompaniyalar ham yanada intensiv tarzda rivojlanadi. Natijada IT-tarmog‘i davlatga foyda keltira boshlaydi.
Har bir oliy o‘quv yurti o‘zining texnoparkiga ega bo‘lishi lozim, chunki bu yerda, davlat, tarmoq va mintaqaviy yordam bilan g‘oyalar biznesga aylanadi. Yosh mutaxassisga ish berishning o‘zi bilan kifoyalanmaslik, balki uni o‘z g‘oyalarini pulga aylantirishga o‘rgatish lozim.
Texnopark ixtisoslashtirilgan kengashi esa, qiziqarli g‘oyalarni tanlab oladi va ularni patentlarga aylantiradi. Foyda esa muayyan ulushda kashfiyotchi va texnopark o‘rtasida taqsimlanadi. Chunki aynan ushbu “miya markazi” mutaxassisni moliyalashtiradi. Oliy o‘quv yurtlari salohiyatini ochishga ixtisoslashtirilgan tanlovlar yordam berishi mumkin.
Texnopark yaratish IT-kompaniyalarga axborot, yuridik, iqtisodiy ko‘makni ta’minlash, joriy xarajatlarni qisqartirish, mavjud logistik zanjirlarni soddalashtirish va faoliyatni avtomatizasiyalashtirish imkonini beradi. Tabiiyki, texnopark mavjud infratuzilma bilan uzluksiz aloqada yaratiladi va uning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib ushbu infratuzilmani barcha uchun ochib berishdan iborat. Texnopark – innovatsiyaviy mahsulotlar yaratiladigan – g‘oyadan tortib ishlab chiqarishgacha – “biznes-inkubator” bo‘ladi. Biznes va ilmiy-tadqiqot institutlari alyansi raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradi, fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag’ olib keladi.
Ilmiy-tadqiqot institutlari va biznesning o‘zaro alyansi raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi, fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag’ olib keladi. Yosh IT-kompaniyalar esa bu yerda zarur bo‘lgan yordam topishlari mumkin. Bunday yondashuv butun mamlakat IT-tarmog‘ini yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarishga yordam beradi. Chunki bunda korxona va tashkilotlar nafaqat muayyan buyurtmalarni bajaruvchilar rolini o‘ynaydi, balki butun jarayonga to‘liq jalb qilinadi. Bu biznes va fan qo‘shilishidan ijobiy samara beradi: texnopark nafaqat malakali dasturchilarni yetkazib beruvchi, balki raqobatdosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiquvchiga ham aylanadi.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə