Ishlab chiqarishda boshqaruv



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə3/14
tarix20.05.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#87429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Жасурбек Сирожиддинов. курс иши

Mundarija
Kirish

  1. Xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyatdan daromadlarning shakillanishi

  2. Operatsion faoliyatdan daromadlar hisobining tarmoq xususiyatlari va vazifalari


  3. “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJ maxsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili

  4. “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJ ning asosiy faoliyatidan olingan daromadlari hisobini milliy va xalqaro standartlarda hisobga olish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilova


Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoyitda O’zbekiston Respublikasida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda eng avvalo tadbirkorlik sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish chralari ko’rib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga keng eshiklar ochilgan, mamlakatimizning har bir fuqorosi tadbirkorlik bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda banklarimizning tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida berilayotgan eng kam foiz stavkalarda belgilangan kreditlarni misol qilishimiz mumkin. Shunday ekan bu imkoniyatlardan foyalangan xolda mamlakatimizning iqtisodiyotiga xissa qo’shish yoshlar hamda umuman barcha fuqorolarning eng oily burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag’a bo’lmaydi.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anevich Karimov: “Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir”1 deb takidlagan edilar.
Bundan tashqari prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik sohasini qo’llab - quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi”2 deb takidlagan edilar. Bu, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subektlarining foyda ko’rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar ko’rsatishini talab etadi.
Respublikamizda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun tadbirkorlik subektlarimizni yanada rivojlantirish va ularni dunyo bozorida o’z o’rinlarini topishi uchun, bundan tashqari mamlakatimizda import o’rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish, hamda eksport bob tovarlarni ko’paytirish bevosita xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy (operatsion) faoliyatidan olinadigan daromadlarini hisobini yuritish bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki har bir xo’jalik yurituvchi subekt foyda olarkan albatta o’z faoliyatini kengaytirishga, yanada ko’proq foyda olishga intiladi bu esa bevosita mamlakat iqtisodiyotini o’sishiga va import mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojni kmaytirishga olib kelishi bilan bir qatorda chetga eksport qilish imkonini ham yaratadi. Bu esa chetdan valuta kirib kelish imkoniyatini yaratadi buning uchun mamlakatimizda imkoniyatlar yitarli darajada deb o’ylaymiz. Mamlakatimiz uchun tadbirkorlik yangi soxa emas bu soxa bilan qadimdan ajdodlarimiz shug’ullanib kelishgan, bunga misol sifatida birgina “Buyuk ipak yo’li”ning markazi mamlakatimiz hududidan o’tganligini misol qilishimiz yitarli deb o’ylaymiz. Bizning oldimizda turgan vazifa bu soxani yangi strategik maqsadlarini belgilashdir. Bu maqsadlarga erishish uchun oldimizda turgan qator to’siq va kamchiliklarni bartaraf etib mamlakatimizni jaxon bozoridagi iqtisodiy mavqiyini yanada yuksaltirish va mustahkamlashdan iboratdir. Bunda bizga xo’jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyati daromadlari hisobini yanada takomillashtirish yordam beradi. Mamlakatimizning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida mamlakatda tadbrkorlik subektlarini ko’paytirish hamda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarini rivojlantirib jaxon talablariga mos keladigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Isloxatlarning bugungi kundagi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hisobiga uzlusiz iqtisodiy barqarorlikka erishishdek ulkan dolzarb vazifa qo’yilgan. Bunda bizga “Buxgalteriya hisobi”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” va “Amaliy audit” fanlarini yanada chuqurroq o’rganib chiqish, yanada kengroq tushunish imkonini beradi.
Xo’jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyatidan daromadlar hisobini o’rganish xo’jalik yurituvchi subektning foydasi, uning imkonyatlarini o’rganish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik foyda keltirishi hamda mamlakat iqtisodiyotida ushbu korxona yoxud firmaning o’rni qanday ekanligini bilish hamda kelajakda uning o’rnini mustaxkamlashga qaratilgan chora tadbirlar, daromadlar hisobini o’rganishning qanchalik dolzarbligini belgilaydi

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə