Ishlab chiqarishda boshqaruv


Foydaning tashkil topishi bosqichlari



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə5/14
tarix20.05.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#87429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Жасурбек Сирожиддинов. курс иши

Foydaning tashkil topishi bosqichlari


Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar.
Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar.
Shu o’rinda buxgalteriya foydasiga ham to’xtalib o’tmoqchimiz buxgalteriya foydasi- bu tashkilotning daromadlari ( uning aktivlari umumiy qiymatining oshishi) va uning xarajatlari ( aktivlarning jami qiymatining pasayishi va ayni paytda mulkdor kapitalining kamayishi, bu kapitalni maqsadli o’zgartirishga bog’liq operatsiyalar natijalari bundan mustasno) o’rtasidagi ijobiy farqdir. O’z kapitalini maqsadli o’zgartirishga bog’liq operatsiyalarga mulkdorlarning qo’shimcha kiritmalari, qo’shimcha emissiya, hayriyalar, beg’araz moliyaviy yordam va boshqalar kiradi. Buxgalteriya foydasi ko’rsatkichi kamchiliklardan holi emas: turli mamlakatlarda buxgalteriya standartlarida daromadlar va xarajatlar tarkibini belgilashda turli yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlari ko’zda tutilgan, shuning uchun turli korxonalar tomonidan hisoblab chiqilgan foyda ko’rsatkichlarini bir-biriga solishtirib bo’lmasligi mumkin. Narxlar umumiy darajasining o’zgarishi (infilyatsion tarkib) turli hisobot davirlar uchun foyda haqidagi malumotlarni solishtirishni cheklaydi.
Yuqorida foydani mazmun mohiyatini uni nima eknligi va qayirdan kelishiyu qayirga sarflanishi haqida to’xtalib o’tdik. Endi daromad nima? degan savolga to’xtalib o’tsak:
“Daromadlar-bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko’ payishi shaklida o’sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o’sishiga olib keluvchi kamayishidir”4. “Daromadlar-bu hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning kamayishi”
Bizningcha yuqoridagi keltirilgan tariflarga tayangan xolda daromadlarga quydagicha ta’rif bersak maqsadga muvofiq bo’ladi:
Daromadlarning ham o’ziga xos bo’lgan turlari mavjud ularni kichik bir chizma shaklida ko’rsatib o’tmoqchiman
Daromad turlari
Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə